Ahmad yassaviyning hayoti va ijodi


Download 1.07 Mb.
Sana14.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1196469
Bog'liq
AHMAD YASSAVIYN-WPS Office

AHMAD YASSAVIYNING HAYOTI VA IJODI


1
2
REJA:
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi
Ahmad Yassaviy hikmatlari va asarlari
Yassaviy, Xoja Ahmad Yassaviy (Yassi yaqinidagi Sayram shahri, taxminan 11-asrning 2-yarmi — 1166) — tasavvufning mashhur namoyandalaridan biri, turkiy xalqlarning buyuk shoiri. Otasi Shayx Ibrohim javonmardlik tariqatiga mansub nufuzli zotlardan boʻlgan. Yassaviy chigʻatoy tilida ijod qilgan[1][2][3]. Ijodi ayo doʻstlar nodon birla ulfat boʻlib bagʻrim kuyib jondan toʻyib oʻldim maʼno toʻgʻri aytsam egri yoʻlga boʻyin toʻlgʻar qonlar yutib gʻam zahriga toʻydim maʼno.
Yassaviy tugʻilgach, koʻp oʻtmay onasi — Muso Shayxning qizi Oysha xotun vafot etadi. 7 yoshida otasidan ham ajraladi. Yassaviy tarbiyasi bilan opasi Gavhar Shahnoz mashgʻul boʻladi. Yassaviy opasi bilan Yassiga koʻchib borgach, ustozi Arslon bobo bilan uchrashadi va undan tahsil oladi ("Yetti yoshda Arslon bobom izlab topdim..."). Yassaviy Yassida botin ilmi sirlarini mukammal oʻzlashtirgan. Oʻsha zamonlarda ilm-maʼrifatning Movorounnahrdagi markazlaridan boʻlgan Buxoroda Turkistonning turli tomonlaridan tolibi ilmlar yigʻilishgan.
Alisher Navoiy Yassaviy toʻgʻrisida "Maqomoti oliy va mashhur, karomoti matavoliy va nomahsur ermish. Murid va ashob gʻoyatsiz va shoh-u gado aning irodat va ixlosi ostonida nihoyatsiz ermish", — deydi. Bu fikr Yassaviyning Yassiga qaytib kelib, yangi bir tariqatga asos solgan murshid sifatida shuhrat topgan davrlariga tegishlidir. Yassaviy turkiy xalqlarni islomga yanada kengroq jalb qilish va tasavvuf gʻoyalarini omma koʻngliga chuqur singdirish maqsadida sheʼriyatdan ham foydalangan.
DORBOZ
Bulutlarga yondosh, osmon ostida,
Kiprikdagi yoshday turibdi dorboz,
Qilichning damiday arqon ustida
Ko’zlarini yumib yuribdi dorboz.
Odamlar, odamlar, uni olqishlang,
Qarang, u naqadar epchil va o’ktam,
Biz-chi, eh bazi ko’zi ochiqlar
Eplab yurolmaymiz katta yo’lda ham
DEVONI HIKMAT" - Ahmad Yassaviyning sheʼrlarini oʻz ichiga olgan majmua. Asl nusxasi saqlanmagan. 19-asrdan boshlab Toshkent, Buxoro, Kogon, Qozon, Istanbul sh.larida bir necha bor nashr etilgan. Mavjud qoʻlyozma va bosma nusxalar bir-biridan farq qiladi. Ahmad Yassaviy "D.h." ni shu nom bilan kitob tarzida tartib bermagan. Uni Yassaviyning murid va izdoshlari tuzishgan. Yaʼni ustozlarining hikmatlarini bir joyga jamlab, unga "D.h." nomini berishgan. Yassaviylik tariqatiga kirganlar uchun "D.h."dagi sheʼrlarni oʻqib yod olish, hatto qobiliyati yetadiganlar uchun shunday shaklda sheʼrlar yozish tariqatning daxlsiz talablaridan hisoblangan.
Masjid 1992-yilda mahalla ahli tomonidan hashar yoʻli bilan qurilgan. Masjidga mashhur mutasavvuf, „Turkiston mulkining ulugʻ Shayx-ul-mashoyixi“ deya nomlangan Xoja Ahmad Yassaviy hazratlarining nomlari berilgan. XII asrda Markaziy Osiyoda paydo boʻlgan ilk tasavvufiy tariqatning asoschisi Hoja Ahmad Yassaviy 1041-yilda Sayramda, Shayx Ibrohim oilasida dunyoga kelgan. Uning vafot etgan vaqti koʻpgina qoʻlyozma manbalarda hijriy 562 (1166—1167) yil deb yozilgan. Ahmad yoshligida onasidan, keyin esa otasidan ajraladi. Uni bobosi Arslonbob tarbiyalab katta qiladi. Ahmad dastlabki taʼlimotni Yassida mashhur olim Shahobiddin Isfijobiydan oladi.
Shu oʻrinda Ahmad Yassaviyning barcha hikmatlariga xos yana bir xususiyatni taʼkidlash oʻrinli boʻladi. Bu – nafsga qarshi kurash masalasi. Shoir hamma vaqt nafsdek baloyi azimni yenga olmagan odamga achinadi, unga tanbeh beradi. Nafsini jilovlagan odam sabr-qanoatga erishadi. Agar oshiq boʻlsa, bunday sabrli ishq egasining “mahshar kunida armoni” boʻlmaydi. Ishq muhokamasiga doir ushbu hikmatning boshqa bir bandida “Nafsni tepib dargohiga loyiq boʻlgʻil” deb taʼkidlanadi. Bu ham nafsini yenggan va uning istaklarini bartaraf etgan odamgina chin oshiqlik martabasiga koʻtarila olishiga doir mulohazadir.
Yassaviy har vaqt nafs haqida gapirganida unga insonning kamolotiga xalaqit beradigan yovuz va yaramas kuch sifatida baho beradi. Nafsga “shum” sifati beriladi. Shuningdek, shoir “nafsi bad”, “nafs yoʻli”, “nafs ilgi” singari istioralarni ham qoʻllaydi. Adib toʻgʻridan toʻgʻri nafsga qarshi kurashni, uning yoʻrigʻiga yurmaslikni targʻib qiladi. Nafsning domiga ilinish insonni qanchalik yer bilan yakson qilishini juda yorqin ifodalarda koʻrsatib beradi.
HIKMATLAR
Har subhidam nido qildi qulog‘img‘a
Zikr ayt dedi, zikrin aytib yurdim mano.
Ishqsizlarni ko‘rdim ersa yo‘lda qoldi,
Ul sababdin ishq do‘konin qurdim mano.
O‘n birimda rahmat daryo to‘lib-toshdi,
Olloh dedim, shayton mendan yiroq qochdi.
Hoy-u havas, moumanlik turmay ko‘chdi,
O‘n ikkida bu sirlarni ko‘rdim mano.
O‘n uchumda nafs havoni qo‘lga oldim,
Nafs boshig‘a yuz ming balo qamrab soldim.
Takabburni yerg‘a urib bosib oldim
O‘n to‘rtimda tufroqsifat bo‘ldim mano.
EʼTBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling