Ahmad Yassaviyning pedagogik g'oyalari. Umar Xayyomning ta'lim tarbiyaga oid fikrlari Bajardi: Qo'chqorova Fayoza


Download 286.85 Kb.
bet1/2
Sana13.03.2023
Hajmi286.85 Kb.
#1265966
  1   2
Bog'liq
Ahmad Yassaviyn-WPS Office

Ahmad Yassaviyning pedagogik g'oyalari. Umar Xayyomning ta'lim tarbiyaga oid fikrlari

Bajardi: Qo'chqorova Fayoza

Ahmad Yassaviy haqida

Ahmad Yassaviy ta’lim-tarbiya to’g’risida.

Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog’ida SHayx Ibrohim xonadonida tug’iladi. Yetti yoshida otasidan, so’ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo’lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o’rganib, so’ng Turkistonga qaytadi va o’z tariqatiga asos soladi. U so’fiylik g’oyalari, shuningdek, o’z tariqati asoslarini targ’ib etishda she’rlaridan foydalanadi

Ahmad Yassaviyning pedogogik g'oyalari

Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg’ambar Muhammad Alayhis-salom ta’limotida ulug’langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo’ylik targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo’lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko’zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e’tirof etiladi.


Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan “ko’risha” oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. SHuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan “ko’risha” oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on,
Har kim topsa, rozi bo’lib, bo’yi sung’on
Yaxshilarga xizmat qilib duo olg’on,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo’q.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlikrazolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.
Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.
Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo’lini targ’ib qilar ekan, insonni jaholat botqog’idan xalos qilish lozimligiga urg’u beradi. U “SHariatda orif-biloh bo’lishni, tariqatda voqif-asror bo’lishni, haqiqatda komil–mukammal bo’lishni, ma’rifatda daryoi ummon bo’lishni talab qiladi”.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g’oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo’lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.
Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G’azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,-unga muhabbat qo’yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to’g’rilik, rostgo’ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g’olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta’minlanishi uchun turli yo’llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. SHu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta’limoti g’oyalariga ko’ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta’kidlanganligidan guvohlik beradilar.

Download 286.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling