Ахмадалиев Ойбек
Download 206.5 Kb.
|
Muzropov Sirojiddin
Inson deyilganda, uning ko‘p ajoib fazilatlari qatorida vijdon bilan irodasi ham ko‘z o‘ngingga keladi. SHuning uchun ajdodlarimiz aytgan:
Vijdon qo‘li, iroda begi bo‘l! XULOSA Xar bir inson bolalikdan o‘z xalqini, millatining qadryatlarini til boyliklarini, uning tarixini, og‘zaki va yozma adabiyotining xamma sa’natini, urf-odatlarini, ilg‘or an’analarini, xalqchilik, ruxiy ma’naviy merosini o‘rgansagina usha xalqqa va millatga mansub bo‘la oladi. Xar bir inson yoshligidanok o‘z millati, xalqning urf odati, qadryati, an’analari, til boyligi, og‘zaki va yozma adabiyoti, san’ati va musiqasini, xulas chukur ma’naviy merosini o‘rganib boradi. SHunday qilmas ekan, u aniq bir xalqqa mansub ekanligini ko‘rsata olmaydi. SHuning uchun xam xalq ta’limi tizimining boshlangich davridayok, ya’ni, bolalar bog‘chani boshlangich maktablardan, yoki xar bir oilaga o‘z xalqining milliy gururi qarashlari, orzu istaqlari, dunyoqarashlarini milliy asoslardagina shaqllantira bormas ekan ko‘zlangan maqsadga erisha olmaydi. Biz dars davomida, darsdan tashqari tarbiya soatlarida o‘quvchilarga marosim va an’analarimizni tushuntirib borishimiz zarur. An’analarimizda topishmok tez aytishlar, dostonlar kuylanishi, shuningdek ertak, afsona, rivoyatdagi voqea-xodisalar bolalar ruxiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. YOsh avlodga dinimizni, tilimizni o‘rganishimiz zarur maktablarda esa an’anamiz, qadrlashimiz lozim. Islom dini g‘oyalari ta’lim-tarbiyaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qur’on-dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarni muqaddas kitobi bo‘lib, arab tilida "Qiroat" ma’nosini anglatadi. "Qur’on" kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga ezgulikka undaydi. SHunga ko‘ra, u katta axloqiy qimmatga ega, u insonning ma’naviy kamolga etishida muxim o‘rin tutadi. SHuning uchun u mana necha asrlardan beri insoniyatning eng ulug‘ qadryati sifatida e’zozlanib kelinmokda. Islom insonni ruxiy tarbiyasiga xam, jismoniy tarbiyasiga xam e’tibor beradi. Islom odamlarni yaxshilikka da’vat etadi, yomonlikdan kaytaradi. Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq, ruxiy-ma’naviy poklik va etuklikka undaydi. U adolat, tenglik, tinchlik,e rkni taranum etadi. Inson shaxsi, jamiyat ilm bilan kamolga etadi, taraqqiy etadi. Islomda tarbiya, aql inson kamolotining mezoni xisoblanadi. Xadislarda xam insoning ma’naviy kamoloti mezoni, uning tafakkur doirasi, dunyoqarashini kengligi, ilmiy bilimlarni qay darajada egallagani, o‘z bilimini atrofdagilarga jamiyatga foyda keltiruvchi shaxs bo‘lib etishishiga muxim omil-tarbiya deb xisoblanadi. Respublikamizning istoqlolga erishuvi natijasida o‘zbek pedagogikasi tarixida uzok davr ta’qiqlangan e’tibordan chettda qolgan madaniy merosga qiziqish kuchaydi. YOshlarni an’analar asosida tabiyat, jamiyat, ruxiyat, qadryatga muxabatini, qiziqish va ixlosini tarbiyalamay milliy kiyofani shaqllantirib bo‘lmaydi. Xadislardan parchalar yodlatish, xayitning qadimgi bayram ekanligini, uni yanada yaxshiroq tayyorgarliklar bilan o‘tkazish, milliy liboslar xaqida suxbatlar o‘tkazish kerak. Musulmonlarga xos udumlar, urf-odatlarga oid xulq - odob qoidalari bayon etilishi, turli marosimlarni o‘tkazish tartibi, marosimlarda yurish-turish, so‘zlab o‘tirish madaniyati xaqida turli tavsiyalar, maslaxatlar berilishi lozim. Donishmand Yusuf Xos Xojib xam insonning turli marosim, yig‘inlar uchrashuv, ziyofatlarda o‘zini tutish, xulq odob qoidalariga rioya etishi xaqida xam fikr yuritib, insonning mezmonlik va mexmonnovozlik qoidalari, shartlari, tartib intizomlari xaqida xam muxim o‘gitlarni beradi. Xalqni ijtimoiy jixatdan ximoyalash xamda ma’naviy isloxatlar o‘tkazish, ya’ni ota-bobolarimiz qadryatlariini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish kabi vazifalarni amalga oshirish yulida Respublikamizda katta ishlar amalga oshirilmokda.Ayniksa,I.A.Karimovning "Milliy istiqlol mafkurasini yaratish va xayotga tadbik etish" xaqidagi fikrlarini biz tarbiyachi - muallimlarning xam xarakat dasturimiz. CHunki, iste’mol mafkurasi biz shu vaqtgacha amal qilib kelgan mafkuradan farq qilib, u xalqimizning azaliy an’analariga udumlariga 6 diniga va tiliga, ruxiyatiga, umuminsoniy qadryatlariga sadoqat, kelajakka ishonch, mexr oqibat, insof, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini kishilar ongiga signdirishga asoslangandir. Xaqikatdan, Respublikaizni taraqqiyot darajasida ko‘taradigan chinakam komil insonni shaqllantirish - bu uning ma’naviyatini shakllantirishdir. Download 206.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling