Ahmadjonova Gulnoza 19-41-guruh 2-seminar topshirig'i


Download 10.24 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi10.24 Kb.
#153273
Bog'liq
2-seminar topshiriq 6e4a38fc4156c3ff0c6bdedcb89e4196


Ahmadjonova Gulnoza 19-41-guruh

2-seminar topshirig'i.

1.Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlari bilan yordamchi metodlari haqida tushuncha bering.

An’anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yoidamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar — kuzatish va eksperiment — bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma’lumot bera oladi. Yordamchi metodlar — test, so‘rov, faoliyat mahsullarini o‘iganish — tasvirlovchi maiumot berib, bu maiumot asosida faqatgina taxminlami ilgari surish mumkin bo'ladi

Kuzatish.

Kuzatish — psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri boiib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish — tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir.

Eksperiment.

Eksperiment — ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o‘rganilayotgan vaziyatga faol ta’sir ko‘rsatadi, bir yoki bir necha o‘zgaruvchilar bilan manipulyatsiyani amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda o‘iganiladi.

Psixologiya fanida hozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy sohasiga xos sifatlar, motivatsion sohasiga tegishli xususiyatlar, individual-tipologik xususiyatlar, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus test to‘plamlari mavjud.

2.Bolalar psixologiyasi fanida sotsiometriya metodining ahamiyati.

Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a’zolari o’rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Jon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o’zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida, kim bilan qatnashishi so’raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko’rsatishlari guruhdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to’g’risida tasavvur hosil qiladi.Uning metodiga koʻra, muayyan guruxdagi har xil xususiyatli shaxslarning uzaro munosabatlarini anik,lash uchun qaysi faoliyatda kim bilan birga qatnashishi soʻraladi. Olingan maʼlumotlar matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi mikdor kursatkichlari guruxdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari toʻgʻrisida tasavvur hosil qiladi. Bu maʼlumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi koʻrinishini aks ettiradi, xolos. Hoz. davrda Sotsiometriyaning modifikatsiyalari ishlab chiqilgan (Ya. L. Kolominskiy, I. P. Volkov). S. ning bu turi test savollari yordamida bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar haqida toʻlaroq axborot toʻplash imkonini beradi.

Sotsiometriyaning nazariy va amaliy natijalari mehnat jamoalarining ijtimoiy rivojlanishini boshqarishda, tarbiyaviy ishda va h. k. da keng qoʻllaiiladi.

3. Psixologik tadqiqot otkazish shakllari.

Bolani o‘rganish ikki asosiy shaklda: “ko‘ndalangiga kesim” va“uzunasiga kesim” metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalgaoshiriladi.Tadqiqot ko‘ndalangiga kesim shaklida o‘tkazilganda turii yoshdagibolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyato‘rganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgantadqiqot natijalari o‘zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichik,o‘rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalaming syujetli-rolli o‘yinlarigaxos xususiyatlarni o‘rganib, o‘zaro solishtirib bolalar o‘yinlaritaraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko‘ndalangiga kesimshaklidagi tadqiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagifarqlarga qaratUishi kerak. Farq qanchalik kichik bo‘lsa, psLxologtadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o‘zgarishlami payqashuchun ko‘proq imkoniyatga ega boiadi.Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o‘tkazilganda bir yoki bir nechabolaning muayyan vaqt oraligidagi hayoti o‘rganiladi. Tadqiqotchiuzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o‘tishda bolapsixikasi va hulq-atvorida ro‘y beruvchi o‘zgarishlami aniqlab boradi.Masalan, maktabgacha taiim muassasasida yangi dastur bo‘yichaish boshlangan boisa, muassasaga endi qabul qilingan bolalami 4-5 yil uzluksiz o‘rganish orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta’sirinianiqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin boiadi. Uzunasigakesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko‘p vaqt talab etadi.

4. Kuzatish metodini amalga oshirishda qayd etiladigan belgilarni korsating? Nima uchun dalilarni qayd etishda unga qoshilib keladigan holatlarni hisobga olish zarur?

Kuzatish.

Kuzatish — psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri boiib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish — tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablaiga javob berishi kerak:

1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim.

2. Kuzatish ob’ektiv bo‘lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu holat, hodisani qayd etish, uni sub’ektiv talqin etishga o‘tmaslik lozim.

3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o‘tkazilishi kerak.

4. K uzatish shunday o ‘tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim.

Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega boiishi zaKuzatishning quyidagi turlari mavjud:

a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;

b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;

c) frontal va tanlanma kuzatish.

Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan hodisalarga faol ta’sir ko‘rsatish, ulami o‘zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko‘rinishda qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metodlardan biri boiib kelmoqda.

Topshiriq

Vazifa: Bolalar psixologiyasida keng qollanadigan quyidagi metodlarning ishlab chiqilishi qaysi olimlar ijodi hamda g‘oyalari bilan bog‘liq ekanini belgilang. Bunda quyidagi jadvalning tegishli satri va ustunik kesishgan joyga muayyan ‘yish talab qilinadi.

1.Egizaklar metodi --- F. Galton

2.Kilinik suhbat metodi -----E. Krepelin

3.Sotsiometriya metodi --- Ya. Moreno

4.Tabiiy eksperiment metodi --- A. F. Lazuriskiy

5.Proektiv metodi ---L. Z. Vigotskiy

6.Genetik kesimlar metodi --- A. Gezell



7.Eksperimental genetik metodi --- J. Piaje
Download 10.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling