Aholi farovonligini oshirishda aholining turmush darajasi va daromadlar, hamda ularni davlat tomonidan tartibga solish muammolari Reja: Kirish
Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda mehnat bozorini faoliyat ko‘rsatishining iqtisodiy mexanizmi
Download 140.1 Kb.
|
Aholi farovonligini oshirishda aholining turmush darajasi va daromadlar, hamda ularni davlat tomonidan tartibga solish muammolari
Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda mehnat bozorini faoliyat ko‘rsatishining iqtisodiy mexanizmi.
Iqtisodiy o‘sish jarayoni jamiyatdagi bir qator miqdoriy va sifat jihatdagi o‘zgarishlar bilan kuzatiladi. Sulardan birinchi navbatda iqtisodiyotning tarkibiy transformatsiyasini alohida ko‘rsatish kerak. Iqtisodiy o‘sishni ko‘zlagan mamlakatlarda birinchi navbatda qishloq xo‘jaligining milliy mahsulot va bandlikdagi ulushini kamayishi bilan tavsiflanadi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda 1920-yilda ishchi kuchining 70 %i qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan, bu ulush 1941-yilga kelib 20 %dan kamni va 1987- yilga kelib atigi 3 %ni tashkil qilgan. Yaponiyada qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ishchi kuchining ulushi 1879-yildagi 72%dan, 1930- yillarga kelib 30 %gachani, 1980-yillaming oxirlarida 8 %ni tashkil qilgan. Belgiyada 1846-yilda qishloq xo‘jaligida ishchi kuchining 51 % ishtirok etgan bo‘lsa, 1947-yilda 12,5 %, 1970-yilda 7 %ni tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar iqtisodiy o‘sish nafaqat qishloq xo‘jaligining umumiy milliy ishlab chiqarishdagi ulushi qisqarishi bilan, balki ushbu jarayonning tezlashuvi bilan ham kuzatiladi. Agar, qishloqdagi band bo‘lganlaming ulushini 50 %gacha kamaytirish uchun bir necha yuz yilliklar talab qilinsa, ko‘pgana rivojlangan mamlakatlarda so‘nggi 100 yil ichida 40-50 %ga qisqarishi tarkibiy transformatsiyaning yuqori tezligiga guvohlik beradi. Bunday holatning asosiy sababi, avvalambor, iqtisodiyotning agrar sohasidagi mehnat samarasi o‘sishi uchun ko‘p miqdorda zaxiralaming jamlanganligi, ya’ni bir xil sharoitda ma’lum bir turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kam ishchi kuchi sarflagan holda ishlab chiqarish imkonini beradi. Boshqa tomondan, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tovarlarini iste’mol qilinishi chegaralangan bo‘lib, bu aholi jon boshiga daromadlaming o'sishi bilan iste’mol talabi tarkibidagi oziq-ovqatga qilinadigan xarajatlar ulushi kamayishini anglatadi. Bunday xulosa o‘tgan asrda nemis statitistigj Engel tomonidan berilgan va Engel birinchi qonuni nomini olgan.(Engelning ikkinchi qonuni sanoat iste’mol tovarlari va qimmatbaho buyufl)larga taalluqli bo‘lib, aholining jon boshiga bo‘lgan daromadi ko‘paygan sari, uy xo‘jaliklarining ushbu tovar guruhiga xarajatlarining ulushi ham ortadi.) Keyinchalik ingliz iqtisodchisi K.Klark yangi empirik ma’lumotlar asosida Engel xulosalarini tasdiqladi va agrar sohasi ulushining kamayishi boshida sanoat ulushining ko‘payishi hisoblanib, keyin esa xizmat ko‘rsatish sohasining o‘sishi hisoblanadi. Ushbu sohalardagi, avvalambor xizmat ko‘rsatish sohasidagi ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlarining elastik o‘sish koeffitsiyenti yalpi ichki mahsulotning o‘sishiga bog‘liq holda 1 dan yuqori bo‘ladi. Bu YAIM o‘sishiga bog‘liq holda xizmat ko‘rsatish sohasidagi xarajatlar iqtisodiyotning boshqa sohalaridagi xarajatlarga nisbatan tez sur’atlar bilan o‘sadi. Misol uchun, AQSHda YAIMda ulaming ulushi 1929- yilda (j°riy narxlarda) 34,7%, 1960- yilda 38,1%, 1976-yilda 45,6%ni tashkil qilgan. Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatishning ulushi shaxsiy iste’mol xarajatlarida ham ko‘payadi: AQSHda 1950-yilda 51,5%, 1960-yilda 50,4%, 1975-yilda 60,2%dan iborat bo‘Igan. 1990-yillarda rivojlangan mamlakatlarda xizmat ko‘rsatish sohasining YAIMdagi ulushi 55%gacha va shaxsiy iste’mol xarajatlaridagi ulushi 70%gacha ko‘paydi. Jamiyat tomonidan ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan xizmatlar turli kategoriyalarga bo‘linadi: - maxsus bilimlami talab qiluvchi intellektual xizmatlar (ta’lim berish, vositachilik, reklama faoliyat turlari); - sog‘liqni saqlash, ta’lim bilan bog‘liq xizmatlar; - mehmonxona va restoranlar faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar; - aloqa vositalari (transport, pochta, telekommunikatsiya); - moliyaviy xizmatlar (banklar tomonidan taqdim qilinadigan kredit va boshqa xizmatlar, sug‘urtalash); - jamiyat himoyasini ta’minlovchi va uning a’zolari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solib turuvchi umumiy xizmatlar (mamIakat mudofaasi, jamoat tartibini saqlash, adliya, milliy va mahalliy darajadagi umumiy boshqaruv). Iqtisodiyot jabhalaridagi o‘zgarishlar ijtimoiy institutlar, insonlar xatti- harakatlari va mafkuralarida sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi. Mazkur o‘zgarishlar modernizatsiya deb yuritiladi. Shved 18 iqtisodchisi G. Myurtal «uchinchi dunyo» mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotiga bag‘ishlangan «Osiyo dramasi» nomli kitobida modernizatsiyaning quyidagi tamoyillarini ko‘rsatib o‘tgan: 1. Ratsionalizm. An’anaviy fikrlash tarzi va ishlab chiqarish shaklini o‘zgartirish, jamoatchilik va inson faoliyatining barcha sohalarida yangi metod va modellami qo‘llash. 2. Iqtisodiy rejalashtirish. Xo‘jaliklar taraqqiyotini oshirish maqsadida qoilaniladigan iqtisodiy siyosat. 3.Tenglik. Barcha uchun yanada teng ijtimoiy va huquqiy mavqeyi, daromadlar va hayot tarzining yaratilishini ta’minlash. Ijtimoiy institutlar va aql-idrokdagi o‘zgarishlar. Bu yerda mehnat unumdorligini oshiradigan, raqobatni rivojlantirib tadbirkorlikka yo‘l ochadigan, ma’lum ma’noda insonlar xohish va imkoniyatlaridan foydalanishga zamin yaratadigan o‘zgarishlar to‘g‘risida fikr yuritiladi. Institutsional o‘zgarishlar yer islohotlari, monopoliyaga qarshi kurash, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish va davlat boshqaruvining o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. "Mehnat resurslarining shakllanishi" tushunchasi ancha vaqtlardan buyon iqtisodiy adabiyotlarda va statistik amaliyotda qaror topgan bo‘lib, o‘ziga xos tor kasbiy atama sifatida ishlatilib kelinadi. Bu tushunchaning nimadan iborat ekanligi hiqida umumiy tarzda qabul qilingan, munozara talab qilmaydigan tasavvur yo‘q. Biz esa "mehnat resurslarini shakllantirish" deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi, deb hisoblaymiz.Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun biz birinchidan, mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo‘yicha -mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli kishilardan yoshroq va mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni, ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni, uchinchidan, mehnat resurslari va aholining tabiiy va mexanik o‘zgarishdagi umumiy va o‘ziga xos tomonlarni ko‘rib chiqishimiz lozim.Mehnat resurslarining aksariyat ko‘pchilik qismini mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Mehnat qilishga layoqatli yoshdan katta kishilar, ishlovchi pensionerlar va amalda "nol" vazifasini bajaruvchi shaxslar, mexnatga layoqatli yoshdan kichik kishilar, ishlovchi o‘smirlar mehnat resurslarining salmog‘ida u darajada sezilarli rol o‘ynamaydi.Mehnatga layoqatli yoshdagi fuqorolar butun aholining bir qismi bo‘lib, ularning soni demografik omil ta’sirida o‘zgarib turadi. Ularning qancha bo‘lishi tegishli yoshlardagi o‘lim darajasiga bog‘liq. Bu shuningdek, mehnat qilish yoshiga etgan yoshlar bilan pensiya yoshiga etgan fuqorolar bilan soni o‘rtasidagi nisbatga ham bog‘liq.Mehnat resurslari soni (dinamikasi)ning o‘zgarishi bilan butun aholi sonining o‘zgarishi o‘rtasida tabiiyki, bog‘liqlik bor. Biroq u birinchi qarashda unchalik ko‘zga tashlanmaydi. Mehnat resurslarining soni hamisha butun aholi soni kabi o‘zgaravermaydi. O‘zgarishlar turli yo‘nalishlarda bo‘lishi ham mumkin. Biz «mehnat resurslari» tushunchasi to‘g‘risidagi tasavvur kengroq bo‘lishi uchun ularning o‘zaro bog‘liqligini maxsus qarab chiqamiz. Mehnat resurslari butunning qismi sifatida aholining takror ishlab chiqarilishi (ya’ni uning doimiy ravishda tiklanib turishi)ni aks ettiradi. Shuning uchun mehnat resurslari sonining dinamikasi pirovard natijada aholi soni dinamikasini aks ettiradi. O‘smirlar va pensionerlarning mehnat bilan bandlik darajasidagi o‘zgarishlar faqat mehnat resurslariga emas, balki aholining soniga ham dahldordir. Tug‘ilishdagi farqlar darhol aholi sonining oshishiga ta’sir qiladi, mehnat resurslarida esa faqat 16 yildan keyin aks etadi. Qancha kishi pensiya yoshiga etishi faqat mehnat pesurslariga ta’sir qiladi, butun aholi soniga dahldor bo‘lmaydi. Mehnat resurslarining aksariyat qismini mehnat qilishga layoqatli yoshdagi mehnatga qobiliyatli aholi tashkil etadi. Shuning uchun ham mehnat resurslarining dinamikasiga xos xususiyatlar ko‘proq darajada mehnatga layoqatli yoshdagi aholi bilan bog‘liqdir.Butun aholining va uning mehnatkash qismidagi dinamikaning xilma-xil yo‘nalishda yaqqol ifodalangan o‘zgarishi voqealarning normal borishdan chetga chiqish deb qaraladi. Ana shu sababli normal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun noqulay shart-sharoit yaratadi. Shunday qilib, biz mehnat resurslari butun aholiga taalluqli jarayonlar bilan bevosita bog‘liqligini e’tirof etgan holda, mehnat resurslari dinamikasining ma’lum darajada nisbiy «mustaqilligi»ga e’tiborni qaratamiz. U mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan demografik asosni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Shu ma’noda «mehnat resurslari» ijtimoiy va demografik rivojlanishni tahlil qilish va asoslab berishning o‘ziga xos usulologik vositasi bo‘lib maydonga chiqadi. Mehnat resurslari - mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi hamda mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlayotgan shaxslar. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi - ishlamayotgan birinchi va ikkinchi guruh nogironlaridan hamda va yoshiga ko‘ra imtiyozli shartlarda pensiya oluvchi shaxslardan tashqari, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar (16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar). Mehnat resurslari balansi - mehnat resurslari mavjudligini hamda ularning iqtisodiyot tarmoqlari va iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tizimi. Mehnat resurslari hisob-kitob balansini, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi bilan birgalikda ishlab chiqadilar.Tumanlar (shaharlar) bo‘yicha mehnat resurslarining hisob-kitob balansi tegishli Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan hisobot choragining oxirgi oyidan keyingi oyning 20-kunidan kechikmay ishlab chiqiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, shuningdek Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmalariga yuboriladi. Hududiy boshqarmalarga taqdim etiladigan hisob-kitob balansiga tumanlar va shaharlar bo‘yicha uy xo‘jaliklarini o‘rganib chiqish natijalarining tartibga solingan ma’lumotlari (jadval shakllarida) ilova qilinadi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmalari bilan birgalikda olingan ma’lumotlar asosida va mazkur Metodikada nazarda tutilgan tartib-qoidalarga muvofiq har bir tuman (shahar) bo‘yicha hisob-kitob balanslarini ishlab chiqadilar. Bunda umuman respublika bo‘yicha mehnat resurslari yig‘ma balansini ishlab chiqishda takomillashtirilgan bojxona deklaratsiyasi bo‘yicha statistika hisoboti ma’lumotlari, mehnat emigratsiyasi masalalari bo‘yicha o‘rganishlar materiallari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Tashqi ishlar vazirligining chet eldagi konsullik muassasalari ma’lumotlari asosida olingan emigrant mehnatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi. Mehnat resurslarining hisobot balansi,Mehnat resurslarining hisobot balansi har bir yil yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqiladi.Mehnat resurslarining hisobot balansi davlat statistika hisoboti ma’lumotlari aniqlashtirilishi hisobga olingan holda hisob-kitob balanslari ma’lumotlariga asoslanadi. Mehnat resurslarining prognoz balansi.Mehnat resurslarining prognoz balansi bo‘lajak davr uchun (maqsadlarga bog‘liq holda - 1 yilga, 5, 10 yilga va hokazo) Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqiladi.Mehnat resurslarining prognoz balansini ishlab chiqishda quyidagilar hisobga olinadi: ishga joylashtirishga muhtoj bo‘lgan mehnat bilan band bo‘lmagan aholining (ishsizlarning) amaldagi va kutilayotgan soni; ishlayotganlar sonining belgilangan parametrlari, ish bilan bandlikning o‘sishi va investitsiya dasturlarini, tarmoqlar va mintaqalarni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishning mo‘ljallangan natijalari munosabati bilan ish bilan bandlikning o‘sishi va uning tarkibiy o‘zgarishi; mehnat resurslari sonini va iqtisodiy faol bo‘lmagan aholi turli toifalarini (o‘quvchilar, bola parvarishi bo‘yicha ta’tilda bo‘lgan ayollar va boshqalar) shakllantiradigan kelgusidagi demografik jarayonlar dinamikasi.Mehnat resurslarining prognoz balansidan mintaqalarning demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi ish o‘rinlari tashkil etishga ehtiyojlarni va kelgusida aholini ish bilan ta’minlashning hududiy dasturlari parametrlarini aniqlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalaniladi.Mehnat resurslaridan foydalanishning mintaqaviy xususiyatlari ham demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning amal qilishi bilan bog‘liqdir. Mehnat resurslaridan foydalanish tomonlaridan biri mehnat resurslarini taqsimlash bo‘lsa, ikkinchisi tomoni mehnatni tatbiq etish samaradorligidir.Mehnat resurslarini taqsimlash demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning mintaqaviy shart-sharoitlari ta’siriga ancha ko‘proq uchraydi. Demografik omillarning ta’siri aholining yosh tuzilishi orqali namoyon bo‘ladi, u odatda, turli mintaqalarda turlicha bo‘ladi. Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ishlaydigan va ishlamaydigan qismlarga bo‘linishi ma’lum darajada ana shu bilan belgilanadi. Mehnat resurslari shakllanishining va ulardan foydalanishning mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish mehnat resurslarini o‘rganishning eng muhim tomonlaridan biridir. Masalaning bu tomonini bilish mehnat munosabatlarini, mehnat bozorini davlat yo‘li bilan samarali tartibga solish uchun zarur. Hozirgi vaqtda o’tish davri iqtisodiyotining oldiga turgan dolzarb muammolardan biri mehnat bozorini shakllantirish va samarali rivojlantirishdir. Tadqiqotchi V.A.Pavlenkov takidlaydiki, bozor iqtisodiyotida mehnat bozori yollanib ishlashga qodir kishilarning barchasini: ham yollanma mehnat bilan band bo’lganlar, ham band bo’lmaganlarni qamrab oladi. A.A.Nikiforova esa boshqa umumiy ta’rifni taklif etadi: «Mehnat bozori rivojlanishining darajasi va bozorda ishtirok etuvchi kuchlar: tadbirkorlar, mehnatkashlar va davlat o’rtasida ma’lum davrda erishilgan manfaatlar balansini aks ettiruvchi ijtimoiy munosabatlar tizimi sifatida vujudga kelgan». Ba’zi bir tadqiqotchilar mehnat bozorini ish haqi va daromadlarning erkin harakati orqali mehnatga talabni va ishchi kuchi taklifini o’zini-o’zi tartibga soluvchi mexanizm sifatida talqin qiladilar. Boshqa tadqiqotchilarning fikricha, mehnat bozori ish beruvchilar va yollanib ishlashni xohlovchilarni bevosita kelishuvi orqali talab va taklifni qanoatlantirish uchun sharoitlar yaratadi va ishchi kuchini xarid qilish-sotish jarayonlarini bevosita tartibga solmaydi. I.S.Maslovaning ta’rifi bo’yicha «mehnat bozori-bu o’suvchi tizim, unda mulkchilik sub’yektlari ishchi joylari va ishchi kuchi takliflari, xodimga va «yollanma ishga talab hajmi, tarkibi va nisbatini shakllantirib, ishlab chiqarish omillari (mehnat vositalari va ishchi kuchi)ga o’zaro ta’sir etadi.» Mehnat bozori mavjud, ammo «kesik, shakli o’zgartirilgan ko’rinishda, buning ustiga har narsani o’z ichiga oladigan xarakterga ega bo’lmay, balki mehnat munosabatlarining, faqat bir qismini qamrab oladi». Bizning fikrimizcha, mehnat bozori-bu ishchi kuchining «mehnatga bo’lgan qobiliyatini» sotish-sotib olish tizimidir. Mehnat bozori tarkibiy qismining asosiy elementlariga quyidagilar kiradi: -ishchi kuchiga talab va uning taklifi; -qiymati; -bahosi;-yollashdagi raqobat. Mehnat bozori faoliyat ko’rsatishining quyidagi asosiy tamoyillarini to’liq amalga tatbiq etgan holda, mazkur bozorning shakllanishiga samarali ta’sir ko’rsatadi: 1.Ishchi kuchining erkin taklifi. Bu mehnatga layoqatli aholining ish bilan band bo’lish va bo’lmaslikni ixtiyoriy tanlashini, mehnat qonunlari tomonidan taqiqlanmaydigan va har bir xodimning shaxsiy va jamoa manfaatlarini hisobga oluvchi kasb va faoliyatturini erkin tanlash uchun sharoitlar mavjudligini anglatadi; 2.Ish beruvchilarning ishchi kuchiga mustaqil talabi. Bozor iqtisodiyoti xodimlarni barcha ish beruvchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Mehnat Kodeksi amal qilgan holda, ishga er-erkin yollashlari va ishdan bo’shatishlari, hamda, bandlik, mehnat sharoitlari va unga haq to’lashni kafolatlash bilan fuqarolarning manfaatlarini himoya qilishlari uchun imkoniyatlar yaratadi; 3.Yollanma xodimlarni ish beruvchilardan huquqiy va ijtimoiy himoya qilinganligi; 4.Ish haqi va boshqa qonuniy daromadlar chegarasini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan «kun kechirish uchun zarur miqdordan kam bo’lmaslik»ka rioya qilgan holda erkin belgilash. O’zbekiston sharoitida mehnat bozorining samarali shakllanishiga to’siq bo’ladigan bir qator quyidagi cheklovlar ham mavjud:-mehnatni qo’llashning noqishloq xo’jaligi mintaqalarini yaxshi rivojlanmaganligi; -mehnat haqining past darajasi;-iste’mol tovarlarining qimmatlashuvi;-yollanma ish kuchining malakasi va safarbarligining pastligi;-ish beruvchilarning yetarli tajribaga ega emasligi va hokazo. Mehnat bozorida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimida aholining ish bilan bandligi va mehnat sharoitlarini belgilash, u yoki bu muammolarni hal qilish, ijtimoiy-mehnat mojarolarini bartaraf etish bo’yicha ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o’rtasidagi munosabatlar markaziy o’rin egallaydi. Mehnat bozorida mazkur munosabatlar jamoaviy, shaxsiy va hududiy usullar asosida tartibga solinadi. Ta’kidlash joizki, mehnat resurslari ortiqcha hududlarda (masalan, Andijon, Farg’ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlar) mehnat bozorini tartibga solishning ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo’lgan talabning oshishi (ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirishni rag’batlantirish usullarini tadqiq etish-mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga, hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan) va uning taklifi kamayishi (respublikamizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta’lim dasturlarini kengaytirish, va o’qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o’quv yurtlarida kunduzgi ta’lim olinadigan o’quv o’rinlarini ko’paytirish va kechki, hamda sirtqi o’quvdagi talaba o’rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda, o’qiyotganlarga stipendiyani oshirish ayollarga bola parvarishi uchun to’lanadigan nafaqalar va ta’til muddatini ko’paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyozlar berish, pensioner nogironlar, hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish-mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi)ni hisoblash zarur. Mehnat resurslari yetishmaydigan mintalarda (masalan, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi) ishchi kuchlariga talabni kamaytirish (hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarida va tarmoqlarida ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo’shimcha soliqlarni belgilash; qat’iy kredit siyosatini o’tkazish; korxonaga xodimni ishga olganligi uchun bir martalik tulovni joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag’batlantirish va hokazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumdorligini oshirish va tejamkorlikka erishish muhim ahamiyatga egadir), hamda ular taklifini ko’paytirish (hozirgi shart-sharoitlarda mehnat byurosiga ishchi kuchlari taklifini mutloq ko’paytirish mumkin emas) mehnat bozorini tartibga solishning maqsadga muvofiq usullaridir. Download 140.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling