Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I


Aholi jon boshi hisobiga yalpi milliy maxsulot (2000 – y.)


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/51
Sana06.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1433133
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51
Bog'liq
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

Aholi jon boshi hisobiga yalpi milliy maxsulot (2000 – y.) 
Ming AQSH dollari hisobiga 
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
1 кв
2 кв
3 кв
4 кв
Восток
Запад
Север
Hozir Respublikamiz xalq xo’jaligining barcha sohalari, shuningdek fan va 
madaniyat uchun zarur kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim o’rta maxsus o’quv yurti 
tayyorlab beradi.
Yildan 
yilga 
Respublikamiz 
xalq 
xo’jaligida 
ishlaydigan 
malakali 
mutaxassislar soni ko’payib bordi. O’zbekiston keyingi vaqtlarda industrial 
taraqqiyotning jadallashuvi bilan hunar – texnika bilim yurtlari (xozirgi kunda 
kollejlar) orqali malakali ishchilar tayyorlashga alohida e’tibor berila boshladi.
Shu yillarda O’zbekiston xotin – qizlar xayotida ham sifat o’zgarishlari sodir 
bo’ldi.
Ma’lumki xotin – qizlarning jamiyatdagi tutgan o’rni va huquqlari turli 
davrlarda turlicha bo’lgan. Inqilobdan avval o’zbek xotin qizlari ishlab chiqarishda 
kamdan – kam qatnashganlar, asosan uy – ro’zg’or ishlari, bola tarbiyasi bilan 
mashg’ul bo’lganlar. Xozirgi vaqtda o’zbek xotin qizlari xalq xo’jaligining barcha 
tarmoqalrida faol mehnat qilmoqdalar.
O’zbekiston endilikda barcha fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalarni 
birlashtirgan 2 ta fanlar akademiyasiga ega.
O’zbekistonda aholining bandlik darajasi juda murakkabdir. Mamlakatimizda 
qadimdan qishloq xo’jaligi rivojlanganligi va tabiiy sharoitning qulayligi tufayli 
aholining 36%dan ortiqrog’I qishloq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keladi.
Shuningdek sanoat ham mamlakatimizda istiqbolli sohalardan biri bo’lib unda 
aholining 12,6% qismi faoliyat ko’rsatadi.
Xozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarda xo’jalik yuritishning reindustrial 
shakli ommalashib boryapti. (Ya’ni nomoddiy sohaning rivojlanishi). O’zbekistonda 
esa xo’jalik yuritishning bu shakli xozirgi kunda ast – sekin rivojlanib bormoqda.
O’zbekistonda 1926 yilda nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida band 
bo’lgan aholining bor yo’g’I 6 % I ishlagan bo’lsa, 90 – yilga kelib bu ko’rsatkich 


- 40 - 
26% ga yetadi ya’ni 4 % ga oshadi.
Musataqilliikdan so’ng O’zbekistonda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari 
yuqori sur’at bilan rivojlanmoqda. Shu bilan birga aholi moddiy va madaniy turmush 
darajasini yuqori bo’lishi hilma – xil xizmat ko’rsatish sohalariga bo’lgan talabni 
oshiradi.
Nomoddiy tarmoqlar ichidan sog’liqni saqlashda aholi tezroq o’sib boryapti. 
Moddiy tarmoqlar ichida bu jarayon qurilish va transportda ko’proq kuzatilyapti.
Barcha band aholining 3
5
qismidan ko’prog’I nodavlat sektoriga to’g’ri keladi. 
2001 yilda mehnat tashkilotlariga 463ming kishidan ziyodroq aholi ish so’rab 
murojat qilgan. Ularning yarmidan ko’prog’I 16 – 30 yoshdagilar 2

qismini umumiy 
o’rta ma’lumotga ega bo’lganlar tashkil etadi. Shu yilda barcha ish so’rab murojaat 
qilganlarning 68,7% ni talabi qondirilgan.
O’zbekiston Respublikasi marko iqtisodiyot va statistika vazirligi ma’lumotlari 
bo’yicha, respublikada rasman ―ishsiz‖ maqomiga 7,5 ming kishi qayd qilingan. Bu 
jami iqtisodiyot faol aholining 0,4% ga teng yoki 2000 – yil darajasida qolgan.
Keyingi yillarda mamalakatda yangi sih o’rinlari yaratishga katta e’tibor 
qaratilmoqda: Masalan, birgina 2001 – yilda 465,3 ming kishilik ish o’rinlari tashkil 
etilgan. Ularning asosiy qismi qishloq joylarga to’g’ri keladi. Bu borada yaniqsa 
Farg’ona, Samarqand, Namangan viloyatlarida ibratli tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Umuman olganda esa mehnat resurslaridan to’la va samarali foydalanish muhim 
muammo hisoblanadi.
Bu muammo eng avvalo davlatning ―bandlik‖ dasturi doirasida ham etilib 
boradi. Ma’lumki jahon mamlakatlarida nomoddiy sohalardagi aholining bandligi 
oshib bormoqda. Bizda esa u hozircha kamroq. Masalan sog’liqni saqlash, jismoniy 
tarbiya, sport, ta’lim, madaniyat, san’at va fan kabi ijtimoiy sohalarda band bo’lgan 
mehnat resurslarini ulushi ko’pgina viloyatlarda oz.
O’zbekistonda ham endilikda nomoddiy sohada band aholi asta sekin o ’lib 
bormoqda.
Ayniqsa o’zbekistonda ilm fanga alohida e’tiborni qaratish o’zbek xalqining 
jahonshumul yutuqlari ifodasisir. Lekin shuni alohida ta’kidlab o’tish zarurki 
respublika aholisining ijtimoiy tarkibi va bilish darajasinini xozirgi talablar doirasiga 
ko’tarish uchun ham ancha ish qilinish kerak. Iqtisodning bundan buyon bozor 
munosabatlari asosida rivojlanib borishi o’zbekistonda zamonaviy sanoat ishlab 
chiqarish malakasiga ega bo’lgan kadrlarni ko’plab tayyorlashni talab etadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling