Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/51
Sana06.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1433133
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51
Bog'liq
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
 
1. Aholi soni nima?
2. Aholi sonini o’rganishda uni qanday turlarga ajratiladi?
3. Doimiy aholi soni nima?
4. Real, mavjud aholi soni deganda nimani tushunasiz?
5. Aholining demografik tarkibiy qismlari qaysilar?
6. Aholining jinsiy tarkibi nima?
7. Aholining yosh tarkibi nima?
8. Aholini qanday yosh guruhlariga ajratish mumkin?
9. Mehnat resurslari salmog’iga ko’ra aholi qanday turlarga ajratiladi?
10. Aholining progressiv yosh tarkibi nima?
11. Statsionar va regressiv yosh tarkibi tushunchalariga izoh bering.


- 38 - 
AHOLINING IJTIMOIY TARKIBI 
 
R E J A
1. Kirish
2. Asosiy qism:
a) Aholining ijtimoiy tarkibi to’g’risida.
b) Aholi ijtimoiy tarkibining shakillanishiga ta’sir etuvchi omillar.
v) Aholi ijtimoiy tarkibining jamiyat rivojlanishiga ta’siri. 
g) O’zbekiston aholisining ijtimoiy tarkibi.
3. Xulosa.
Xar bir mamlakat aholisining ijtimoiy – sotsial tarkibi avvalo o’sha 
mamlakatda xukmron bo’lgan ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishi esa, aholining 
ijtimoiy – sotsial tarkibini ham keskin o’zgartiradi.
Aholining ijtimoiy – sotsial tarkibini xarakterlovchi belgi ishlab chiqarish 
munosabatlaridir.
Mamlakatlarda aholining ijtimoiy – sotsial tarkibining o’zgarishi esa aholi 
tarkibida intelektual salohiyatga ega bo’lgan kishilarning (ko’payishiga olib keladi). 
Miqdoriga bog’liq.
- Bundan buyon aqliy mehnat sohasida band bo’lgan kishilar ko’payib boradi. 
Bu sohaga o’rta maktab ham, oily ta’lim tizimi ham bilimlarni ommalashtirishgan, 
nashriyot faoliyati ham, radio, televidinya ham kiradi.
Aholining ijtimoiy – sotsial tarkibiga kiruvchi ishchilar guruhidan malakali 
mutahassislar, xizmatchilarga talab doimiy ravishda ortib bormoqda, bu talabning 
oshishi XX asrning II – yarmida migratsiyaning yana bir shakli ―oqillar ketishi‖ deb 
nomlangan migratsiya boshlanishi davriga to’g’ri keladi.
Aholining ijtimoiy – sotsial tarkibini belgilovchi yana bir ko’rsatkich – 
aholining bilim darajasidir.
Bilim darajasi , - aholinining sifat ko’rsatkichlaridan biri. Aholining sifat 
tushunchasi turmush va ovqatlanish sharoiti, sog’ligi, yangilanishlarni qabul qilib 
olishi, malakasini o’z ichiga oladi. BMTning bolalar fondi plakatida tasvirlangan 
afrikalik qiz ―Sen katta bo’lganingda qanday bo’lishni hohlaysan?‖ – degan savolga 
eng qisqa qilib ―Tirik bo’lishni‖, - deb javob qiladi. ―XX asr o’lati‖ nomini olgan 
SPID yuqumli kasalligi ham global muammoga aylandi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy – sotsial tarkiblaridan 
yana biri aholining savodhonlik darajasidir. BMT ma’lumotiga ko’ra hozirda 
dunyoda 900 minga yaqin kishi o’qishni ham yozishni ham bilmaydi. Jarayondagi 
ilmiy hodimlar soni 5,5 millionga yaqin.
Industrial mamlakatlar qatoriga G’arbiy, shimoliy va janubiy Yevropa mamlakatlari
AQSH, Kanada Avstraliya, Yaponiya hamda Argentina, Liviya va boshqa davlatlar 
kiradi. Ularda noishlab chiqarish sohasiga jami band aholining 50 – 70% I to’g’ri 
keladi. Butun dunyo aholisining 45% I yoki 2 milliarddan ortiqroq qismi iqtisodiy 
faol aholi hisoblanadi. Shundan 350 milliondan ziyod aholi sanoatda: 1,7 mird kishi 


- 39 - 
yoki iqtisodiy faol aholining 70% dan ko’prog’I qishloq xo’jaligida banddir. Sanoat 
va qishloq xo’jaligida band bo’lgan aholi, aholining ijtimoiy – sotsial tarkibidagi eng 
katta guruhlar hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda talabalarni ham alohida 
sotsial tarkib qilib ajratiladi. Aholining ijtimoiy – sotsial tarkibidan kelib chiqadigan 
yana bir xolat mamlakatlarning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan IYAm dir.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling