Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- AHOLI GEOGRAFIYASINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI . R E J A
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Aholi deganda nimani tushunasiz? 2. Iqtisodiy geografiyaning vazifa nima? 3. Aholini geografik jihatdan o’rganilishida qaysi jihatlarga e’tibor berish zarur? 4. Aholi geografiyasi nimani o’rganadi? 5. Aholining hududiy joylashishi formalari deganda nimani tushunasiz? 6. Aholini birinchi fuksional guruhini kimlar tashkil qiladi? 7. Migratsiya qanday amalga oshirilsa, muvoffaqiyatli chiqadi? 8. Tarixiy aholi geografiyasi nimani o’rganadi? 9. Maktablarda o’lkashunoslik ishlari qanday amalga oshiriladi? 10. Aholi geografiyasining vazifalari nimalardan iborat? AHOLI GEOGRAFIYASINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI. R E J A: 1. Geografiya fanining boshqa tarmoqlar bilan aloqasi. 2. Aholi geografiyasi bilan chambarchas va har tomonloma aloqador bo’lgan fanlar. 3. Aholi geografiyasi o’zaro aloqada mavjud bo’ladigan fanlar. Aholi geografiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi juda keng va har tomonlamadir. Chunki aholiga taaluqli bo’lgan masalalarga katta e’tibor beradigan fanlar va fan tarmoqlari juda ko’pdir. Aholi geografiyasining o’z tadqiqotlari jarayonida aloqa qiladigan yoki hamkorlikda ishlaydigan fanlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin: 1) Geografiya fanining boshqa tarmoqlar bilan aloqasi. Xo’jalik geografiyasi orqali u tabiiy geografiya bilan aloqada bo’ladi. Har qanday ishlab chiqarish – muayyan tabiiy sharoitda va har xil tabiiy resurslardan foydalangan xolda vujudga keladi va rivojlanadi. Xo’jalikning ixtisosi va boshqa ayrim xususiyatlari ko’p jihatdan tabiiy sharoit bilan belgilanadi. Aholi geografiyasining tibbiyot geografiyasi bilan aloqalari ham tez rivojlanmoqda. Tibbiyot geografiyasi ikki fan tibbiyot va geografiya fanlari chegarasida vujudga kelib, u tabiiy muxitning hamda turli tumanlarda yashash va mehnat qilish sharoitining aholi sog’ligiga ta’sirini, shuningdek, ayrim kasalliklarning geografik tarqalishini o’rganadi. Turli tumanlarga aholining gigienik yashash sharoiti nuqtai nazaridan baho berish, ovqatlanish, kiyinish xususiyatlari bo’yicha tavsifnomalar berish ham tibbiyot geografiyasining - 7 - muhim vazifalari qatoriga kiradi. Aholi geografiyasi bilan xizmat doirasi geografiyasining aloqadorlari va o’zaro hamkorligi ayniqsa mustaxkamdir. Xizmat doirasi geografiya aholining barcha extiyojlariga xizmat ko’rsatuvchi xizmat doirasi tarmoqlarining rivojlanishi darajasi va xududiy joylashishini geografik taqsimlash usulida o’rganadi. Xizmat doirasi geografiyasi o’rganishi kerak bo’lgan barcha masalalarning hammasi faqat aholi va aholi punktlari haqidagi batafsil ma’lumotlar asosidagina analiz qilinishi va xal qilinishi mumkin. Shuning uchun ham u dastavval aholi geografiyasi tarkibida vujudga kelgan bo’lib, ular o’rtasidagi aloqalar har tamonlamadir. Aholi geografiyasi geografiya fanining yangi vujudga kelayotgan turizm geografiyasi, iste’mol geografiyasi kabi yo’nalishlari bilan ham mustaxkam aloqador. Bu har ikkala yo’nalishda ham aholining soni, yoshi, jinsi tarkibi va boshqa ko’rsatgichlar muxim ahamiyatga ega. Aholi geografiyasi bilan tarixiy geografiya o’rtasidagi aloqa shundan iboratki, o’tgan tarixiy davrlar aholi geografiyasi ichidagi maxsus yo’nalish – tarixiy aholi geografiyasi shug’ullanadi va u yo’nalish shu bilan birga tarixiy geografiyaning ajralmas bir qismidir. Geografiya fanining barcha tarmoqlari va yo’nalishlari singari aholi geografiya ham kartografiya bilan chanbarchars bog’liqdir. Aholi geografiyasida aholi va aholi punktlarining maxsus xaritalari tuziladi, ulardan keng foydalaniladi. Chunki, aholi va aholi punktlariga xos bo’lgan xilma-xil ko’rsatkichlar, ularning xududiy joylashuvi hamda regional farqlarini xaritaga tushirish yo’li bilan yaqqol ko’rsatish mumkin. 2) Aholi geografiyasi bilan chanbarchas va har tomonlama aloqador bo’lgan fanlarning ikkinchi guruhi lemografiya va etnografiya fanlaridir. Demografiya va etnografiya fanlarini alohida guruhga ajratamiz, buning boisi shundaki, ular ham aholi geografiyasi singari aholini o’rganadi. Ularning har qaysisi aholini o’z nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. Ammo shunday masalalar borki, ularni bu fanlarning har uchchalasi o’rganadi, biri ikkinchisining materiallaridan foydalanadi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling