Tibbiyot geografiyasi referat


Download 33.56 Kb.
bet1/5
Sana14.05.2023
Hajmi33.56 Kb.
#1460830
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tibbiyot geografiyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM FAN VA INOFATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIY FANLAR FAKULTET
GEOGRAFIYA TA’LIM YO’NALISH
222-TALABASI
ALIQULOVA MARG’UBA
TAQDIMOD ISHI

TIBBIYOT GEOGRAFIYASI

Reja:


    1. Tibbiyot tizimi – tibbiyot geografiyasining tadqiqot obyekti sifatida.

    2. Tibbiyot geografiyasining fanlar tizimida tutgan o’rni. Tadqiqot obyekti va predmeti. Boshqa fanlar bilan aloqasi.

    3. Zamonaviy tibbiyot tizimining tuzilishi va rivojlanishi.

    4. Nozogeografiya.

    5. Aholining tibbiy xizmatga bo’lgan ehtiyojlari, uning turlari va qondirilishi darajasi.


Tibbiyot geografiyasi geografiya hamda tibbiyot fanlari oralig’ida vujudga kelgan fandir. Uning rivojlanishi bilan iqtisodiy geografiyaning ijtimoiylashuvi jarayonlari yanada jadallashdi. Bularning natijasi o’laroq, tibbiyot geografiyasi zamonaviy iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning sotsial qanotidan o’rin olib, uni yanada rivojlantirdi.
Tibbiyot geografiyasi – inson salomatligi va turli kasaliklarning vujudga kelishiga ta’sir etuvchi omil va sharoitlar, ularning mamlakat hamda rayonlarda tarqalish qonuniyatlari va xususiyatlarini o’rganadi.
Ko’pchilik olimlar tibbiyot geografiyasini mustaqil fan tarmog’i sifatida vujudga kelish vaqtini XIX asrning o’rtalari deb hisoblaydilar. Shu davrdan boshlab, to hozirga qadar tibbiyot geografiyasining tadqiqot obyekti va predmeti borasida olimlar tomonidan turli-tuman fikrlar bildirildi va mazkur fanning predmeti muttasil takomillashib bordi.
Tibbiyot geografiyasining obyekti ko’p qirrali va murakkab bo’lishi bilan birga, u o’z ichiga aholining salomatligi va uning o’zgarishlarini, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash sohasini qamrab oladi.
Tibbiyot geografiyasining ko’pchilikka tushunarli bo’lgan ta’rifi A.A.Keller tomonidan berilgan: ―Tibbiyot geografiyasi, geografik muhitning kompleks tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillarini aholining salomatlik holatiga, inson kasalliklarining vujudga kelishi va tarqalishiga ta’siri qonuniyatlarini o’rganadi‖.
Tibbiyot geografiyasining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqalari juda keng va xilma-xildir. U, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning aholi geografiyasi bilan chambarchas bog’langan, shuningdek, demografiya, sotsiologiya, kartografiya, mamlakatshunoslik, etnografiya, sotsial statistika, landshaftshunoslik, iqlimshunoslik, ekologiya, biogeografiya, sotsial ekologiya, epidemiologiya, parazitologiya, sotsial gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkil etish, kurortologiya, zoogeografiya kabi fanlar bilan mustahkam bog’liq.
Tibbiyot geografiyasining mustaqil fan sifatida tanilishi (garchi ko’pchilik olimlar tomonidan XIX asrning o’rtalari, deb hisoblansa-da), tibbiy-geografik tadqiqotlarga oid masalalar qadimgi Sharq va G’arb olimlarining (Ibn Sino, Gippokrat) asarlarida yoritilgan. Ammo, hozirgi tushunishdagi tibbiyot

Download 33.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling