Tibbiyot geografiyasi referat
geografisiga oid bo’lgan dastlabki yirik tadqiqot – ―Обобщениевсеобщеймедицинскойпрактическойгеографии‖ – nemis olimi
Download 33.56 Kb.
|
Tibbiyot geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiyot geografiyasining rivojlanishiga xorijiy olimlardan Finke, Shnurrer, Buden, Rayt, Girsh, Fuks, Mey, Masako, Ratwel, Stemp, Bojyo-Garne, Layt va boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar.
- S.P.Botkin, I.P.Pavlov, E.X.Ikavitts, N.I.Litunovskiy, A.F.Zmeyev, P.I.Preobrajenskiy, D.V.Mertsalov, K.P.Andreyev, P.A.Bursev, N.A.Korjavin
- Ta’kidlash joizki, O’zbekiston FA Geografiya bo’limi tomonidan 90-yillarda respublikaning tibbiy-geografik atlasiga oid ishlar olib borilgan edi.
geografisiga oid bo’lgan dastlabki yirik tadqiqot – ―Обобщениевсеобщеймедицинскойпрактическойгеографии‖ – nemis olimi
Finke tomonidan 1792-yilda amalga oshirilgan. Bunda, u tibbiyot geografiyasini ―Joyning aholi salomatligi va kasalliklariga ta’sirini o’rganuvchi fan‖, deb hisobladi. Tibbiyot geografiyasining rivojlanishiga xorijiy olimlardan Finke, Shnurrer, Buden, Rayt, Girsh, Fuks, Mey, Masako, Ratwel, Stemp, Bojyo-Garne, Layt va boshqalar o’z hissalarini qo’shdilar. XX asr boshlariga qadar Rossiyada tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari P.Z.Kondoidi, N.I.Toropov, N.I.Pirogov, I.M.Sechenov, S.P.Botkin, I.P.Pavlov, E.X.Ikavitts, N.I.Litunovskiy, A.F.Zmeyev, P.I.Preobrajenskiy, D.V.Mertsalov, K.P.Andreyev, P.A.Bursev, N.A.Korjavin, K.S.Morkotun, S.P.Lovsov, G.I.Arxangelskiy, P.A.Peskov, I.A.Peskov, N.I.Avgustovkiy, P.I.Shmakov, A.A.Bunge, Ye.V.Bek, V.L.Yakimovlarning ishlarida yoritilgan. Binobarin, B.B.Proxorov tomonidan Baykal-Amur magistrali qurilishi zonasi miqyosida ilk bor doktorlik dissertatsiyasi darajasidagi tibbiygeografik tadqiqot amalga oshirilgan. O’zbekistonda esa aholining salomatligi, kasalliklar hamda sog’liqni saqlash masalalari bevosita tibbiyot nuqtai nazaridan bajarilgan ishlar mavjud. O’tgan asrning 90-yillaridan boshlab, O’zbekiston va uning ayrim regionlari bo’yicha tibbiyot muassasalarini hududiy tashkil etish masalalari M.I.Nazarov (1996), nozogeografik vaziyat esa N.Komilovalar (1999) tomonidon ilk bor o’rganilgan. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston FA Geografiya bo’limi tomonidan 90-yillarda respublikaning tibbiy-geografik atlasiga oid ishlar olib borilgan edi. Shuningdek, mamlakatimizda tibbiyot geografiyasi bo’yicha 2 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinganligini alohida ta’kidlash joiz. Bular, N.Komilovaning ―O’zbekiston tibbiy geografik sharoitining hududiy tahlili va aholi salomatligi muammolari‖ (2012-y.) va I.Turdimambetovning ―Qoraqalpog’iston Respublikasi nozogeografik vaziyatini yaxshilashning ijtimoiyiqtisodiy xususiyatlari‖ (2016-y.) mavzuidagi doktorlik dissertatsiyalari. Ushbu tadqiqotlarning yaqin o’tmishda amalga oshirilganligi respublikada tibbiyot geografiyasining jadal rivojlanib borayotganini bildiradi. Tibbiyot geografiyasining predmeti turli davrlarda olimlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Bunda, ko’pchilik tadqiqotchilar tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodly omillarga katta ahamiyat bergan holda, tibbiyot geografiyasini geografiya fanlari qatoriga qo’shsa (E.I.Ignatyev, Y.P.Pavlovskiy, B.B.Proxorov, Y.L.Rayx), boshqalari tibbiy omillarning ustuvorligini ta’kidlab, tibbiyot geografiyasini tibbiyot fanining bir tarmog’i, deb biladilar (D.K.Zabolotniy, A.I.Sisgin va b.). Tibbiyot geografiyasining mohiyati va vazifalarini ilk bor o’rgangan N.I.Toropov (1864): ―Har qanday kasallikni yer yuzasi bo’yicha tarqalishi masalalarini tibbiyot geografiyasi o’rganadi‖, deb ta’kidlagan. E.Ikavitts esa, (1885) ―Yer sharining turli mamlakatlari va xalqlari orasida hayot va o’lim, salomatlik va kasalliklarning turli-tuman hodisalari tibbiyot geografiyasining predmetidir‖ degan xulosani bildiradi. Shuningdek, ba’zi bir olimlar, jumladan, D.K.Zabolotniy: ―Tibbiyot geografiyasi tibbiyotning bir tarmog’i sifatida yer yuzida turli kasalliklarning tarqalishini o’rganuvchi fan‖, deb tibbiy omillarni ustun qo’ysa, Y.I.Ignatyev ―Tibbiyot geografiyasi geografik muhitning inson tanasiga ta’sirini o’rganuvchi geografiyaning bir tarmog’idir‖, deb ta’kidlaydi. Y.P.Pavlovskiy (1955, -89 b.) ham geografiya fanining muhim tarmog’i bo’lgan tibbiyot geografiyasi ―yer yuzida inson kasalliklarining tarqalishi sabablarini o’rganadi‖ deb masalaninig geografik jihatlariga katta e’tibor qaratadi. Tibbiyot geografiyasining hozirgi rivojlanish bosqichida olimlar tomonidan uning nozogeografiya, salomatlik geografiyasi va sog’liqni saqlash geografiyasi kabi bo’limlari ajratiladi. Shuningdek, V.P.Byakov va Y.I.Veselovlar Sobiq sovet tibbiyot geografiyasining quyidagi asosiy yo’nalishlarini ham ajratadilar: tabiiy va sotsial-iqtisodiy omillarni tibbiy-geografik baholash; tibbiyot landshaftshunosligi; tibbiyot mamlakatshunosligi; nozogeografiya (inson kasalliklari geografiyasi); tibbiyot kartografiyasi. Tibbiyot geografiyasining nazariy-metodologik va amaliy masalalarini o’rganishda sobiq Ittifoq olimlarining xizmatlarini ta’kidlash lozim. Jumladan, Y.N.Pavlovskiyning kasalliklarni tabiiy o’choqlari va landshaft epidemiologiyasi g’oyalari va ishlanmalari sobiq Ittifoq tibbiyot geografiyasining fundamental asoslaridan biridir. A.A.Shoshin va boshqa mualliflar tomonidan esa, tibbiy geografiyaning nazariy-metodologik asoslari ishlab chiqildi. Zamonaviy tibbiy-geografik tadqiqotlarga, avvalo, mazkur fanga doir nazariymetodologik tadqiqotlarning tez rivojlanishi; tibbiy-geografik tadqiqotlar natijalarining amaliyotda qo’llanishini kuchaytirish; mintaqaviy tibbiy-geografik tadqiqotlarni avj olishi hamda tibbiyot kartografiyasini tez rivojlanayotganligi xosdir. Hozirgi tibbiy-geografik tadqiqotlarda rayonlashtirish masalalari tobora ko’proq amalga oshirilmoqda. Binobarin, uning ilmiy asoslari, tamoyillari A.A.Keller tomonidan 1962-yildayoq ishlab chiqilgan edi. Chunonchi, tibbiygeografik rayonlashtirish bu kompleks tadqiqotlarning natijasi bo’lib, aholini salomatlik holati, tabiiy va sotsial-iqtisodiy shart-sharoitlarni inson salomatligiga ta’siri, inson kasalliklarini vujudga kelishi va tarqalishi jarayonlarini qamrab oladi. Download 33.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling