Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/51
Sana06.05.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1433133
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51
Bog'liq
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari

 
DEMOGRAFIK SIYOSAT. 


- 74 - 
Demografik siyosat - aholi siyosatin ing asosiy’ qismi bo’lib, jamiyat 
taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o’ziga xos xususiyatlarga, 
yo’nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli 
bo’lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib boriladigan ijtimoiy - iqtisodiy siyosat 
yo’nalishi hisoblanadi. 
Aholi rivojlanishi esa, o’z navbatida uning ham miqdoriy ham sifatiy jihatlarini 
o’zgarib borishida namoyon bo’ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda
ma’lum davrda, ma’lum hudud aholisi yoki millatning son jixatidan o’zgarib borishi 
tushuniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatlmgi, o’rtacha 
umr ko’rishi, bilim darajasi va ta’lim tarbiya olishi va komilligida o’z ifodasini 
topadi. Aholi rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo’lib, u o’z 
ichiga aholining takror barpo bo’lish jarayonini ham oladi. 
Aholi siyosatinnng maqsadi davlat tomonidan aholining xam mikdoriy 
(normal, optimal darajada) ham sifatiy rivojlanishini ta’minlashdir. 
Aholi rivojlanishiga ma’lum darajada ta’sir etib borish tarixiy jarayondir.
Ushbu jarayon jamiyat taraqqiyotining xar bir bosqichida, shu davrning 
ijtimoiy - iqtisodiy sharoitiga mos holda, alohida mazmunga ega bo’lgan. 
Jumladan, feodalizm sharoitida aholi rivojlanishining asosiy elementi bo’lgan ta’lim 
tizimi, nisbatan kam taraqqiy etgan edi. Masalan, O’zbekistonda masjidlar,
madrasalar qoshida ta’lim tizimi joriy etilgan. Ularni moddiy ta’minlash 
maqsadida davlat va ayrim mulkdorlar tomonidan vaqf mulklari ajratilgan. Insonni 
mexnatga tayyorlash, jamiyat a’zosi uchun zarur bo’lgan bilimlarni axloqiy sifatlarni 
yosh avlod; asosan oiladan, oila muxitida olar edi. Keyinchalik sanoat asta - sekin 
rivojlanib borishi natijasida mexnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat 
zarur bo’lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta’lim tizimini yanada rivojlanishiga, 
yoshlarga maxsus bilim berib, kasb - xunar o’rgatishga extiyoj yaratdi. Natijada. 
O’lkamizda ta’lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. Hozirgi davrda
O’zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil
etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o’z ichiga 
oladi: 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling