Aholi geografiyasi – iqtisodiy geografiyaning muhim va alohida tarmog’I
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Mo\'minov D. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
DEMOGRAFIK BASHORAT Demografik bashorat deganda ma’lum HUDUD ahoisining soni, tarkibi va demografik vaziyati istiqbolini itimiy asoslangan holda oldindan aniqlash tushuniladi. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlar, demografik bashorat zaminida tuziladi. Kelajakda ishlab chiqarish lozim bo’lgan maxsulotlar miqdorini rejalashtirish, aholiga xizmat qiluvchi barcha sotsial sohalarni rivojlantirish uchun avvalo kelajakdagi aholi soni, yosh-jinsiy tarkibi, oilalar sonini bilish lozimdir. Ayniqsa, aholining yosh tarkibi bo’yicha bashorati muxim ahamiyatga egadir. Kelajakda maktabgacha bo’lgan bolalar muassasalari, maktablar, oliy va maxsus o’quv yurtlarini qurilishini rejalashtirish uchun kelajakda qancha bola maktabgacha muassasalariga qatnashi mumkin, qancha bola maktab yoshiga yetishi. qancha bola maktabni tugatib oliy va maxsus o’quv yurtlariga borishi xaqidagi ma’lumotlar zarurdir. Aholini yosh-jinsiy tarkibi xaqidagi bashorat tibbiy xizmat ko’rsatish tizimining rivojlanishi uchun ham muxim axamiyat kasb etadi. Aholi yosh-jinsiy tarkibi bo’yicha tuzilgan bashorat asosida kelajakda qancha bolalar va ayotlar shifokorlari, aholining keksa guruhiga xyzmat qiluvchi kardiologlar, onkologlar, nevropotologlar kabi muttaxassislar tayyorlash rejalashtiriladi. Kelajakda, yangi ish o’rinlarini tayyorlash, xalq xo’jaligi sohalarini rivojlantirish istiqbollarini aniqlashda esa mexnat yoshidagi aholi xaqidagi bashorat ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi. Umuman, iqtisodiyot va aholini ijtimoiy xayotining barcha qirralari istiqbolini rejalashtirishda shu sotsial jarayonlarning qatnashchilari, iste’molchilari va yaratuvchilari bo’lmish, aholi guruhlari xaqidagi demografik bashorat zarurdir. Aks xolda kelajak uchun rejalashtirilgan har qanday ijtimoiy- iqtisodiy jarayon ijobiy natija bermaydi. Demografik bashorat, demografiya fani va demografik tadqiqotlarning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. Demografik bashorat-bashorat etilayotgan davrga qarab, qisqa muddatlig o’rta mudddtli va uzoq muddatli bo’ladi. Qisqa muddatli demografik bashorat —5 yilga mo’tljallangan bo’lib, turli xo’jalik va rejalashtirish tashkilotlarida ko’proq qo’llaniladi. Qisqa muddatli bashoratda aniqlik darajasi nisbatan yuqori bo’ladi. Chunki 5 yil davomida aholini o’limi va tutilish jarayonida ham keskin o’zgarish ro’y bermaydi. Mehnat resurslari, farzand ko’rish yoshidagi aholi guruhi, nafaqa yoshidagi aholi guruhlari xaqidagi ma’lumotlar aniq bo’ladi. Asosan tug’iladigan bolalar soni maxsus hisob-kitoblar, uslublar orqali hisoblanadi. O’rta muddatli demografik bashoratlar-30 yilgacha bo’lgan davr uchun hisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug’ilish va o’lim jarayonlari, aholi migratsiyasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar ilmiy asosda o’rganiladi va bashorat tuzishda hisobga olinadi. Uzoq muddatli demografik bashoratlar 30 — 60 yilga mo’ljallanadi. Bunday - 72 - bashoratdar aholi tug’ilishi va o’limining kelajakdagi o’zgarishlar xaqidagi gipotezalarga asoslanadi. Uzoq muddatli demografik bashoratda aholi migratsiyasini hisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migratsiyasi ijtimoiy — iqtisodiy o’zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan tasodifiy jarayonlar bilan ham bog’liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo’lishi mumkin. Demografik bashorat uslublari. Demografik bashoratning eng oddiy uslubi aholi umumiy sonini ma’lum davridagi o’zgarishini aniqlashdir. Bu uslubda bashorat qilinayotgan davrning boshlanishidagi demografik xolat asos qilib olinadi va shu holatga asosan bashorat qilinadigan davr uchun aholi soni hisoblanadi. Ushbu uslub quyidagi formulada o’z aksini topgan: Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling