Korxonaning mehtan resurslari Reja Mehnat resurslari


Download 29.18 Kb.
bet1/4
Sana21.11.2023
Hajmi29.18 Kb.
#1792785
  1   2   3   4
Bog'liq
soha 2


Korxonaning mehtan resurslari

Reja

  1. Mehnat resurslari 



  1. Mehnat resurslarini baholash



Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari ban-dligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar (qarang Ishsizlik) hisoblanadi (qarang Bandlik).
21-asr boshlarida Oʻzbekiston Mehnat resurslari tez oʻsishi bilan tavsiflandi. 2003-yilda respublikada Mehnat resurslari 13181,0 ming kishini tashkil etdi

Mehnat resurslarini baholashda ish haqi fondidan foydalanish


Ro'yxat yoki o'rtacha xodimlar soni kabi ko'rsatkichlarni amaliy qo'llash ham korxona ishchi kuchini baholashning bir qismi sifatida amalga oshirilishi mumkin. Keling, bu jihatni batafsil o'rganamiz.
Korxonalarning kadrlar bo'limi va biznes bilan bog'liq boshqa manfaatdor tuzilmalar tomonidan tahlil qilingan ishchi kuchining ko'plab xususiyatlari mavjud. Ishchi kuchi har qanday tashkilotning asosiy resurslaridan biridir.malaka va boshqa muhim xususiyatlar kompaniya biznes modelining raqobatbardoshligini belgilaydi, shuning uchun kompaniya menejerlari uni baholashga katta e'tibor berishlari mumkin.

Download 29.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling