Aholi ijtimoiy himoyasida pensiya fondlari rolini


Keywords: pension fund, social protection, social security, decisions.  KIRISH


Download 442.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.06.2023
Hajmi442.39 Kb.
#1640437
1   2   3   4   5
Bog'liq
aholi-ijtimoiy-himoyasida-pensiya-fondlari-rolini-oshirish-yo-llari (4)

Keywords: pension fund, social protection, social security, decisions. 
KIRISH. 
Pensiya jamgʻarmasi bu – aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy 
himoya qilishni amalga oshirish uchun zarur moliyaviy bazani yaratish, pensiya va 
nafaqalarni qonunda belgilangan miqdorlarda toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlashni 
amalga oshiradigan jamgʻarmadir. Dastlab, Oʻzbekistonda Pensiya jamgʻarmasi 
1991yil 14-yanvarda sobiq SSSR Pensiya jamgʻarmasining Oʻzbekiston Respublikasi 
boʻlinmasi maqomida tuzilgan. 1993 yil 4-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga aylantirilgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Oʻzbeksiton Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrda 
“Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi huzurida Pensiya 
jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori bilan Ijtimoiy taʼminot vazirligi 
huzurida tashkil etildi. Shuning munosabati bilan, 2001 yil 1-yanvardan byudjetdan 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
150 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
tashqari pensiya jamgʻarmasiga aylantirildi
1
. Shuningdek, pensiya fondlari rolini 
oshirish maqsadida yurtimizda ham juda koʻp ishlar qilinmoqda. Aholini ijtimoiy 
himoya qilish deganda davlat o’z xalqining asosiy vazifalaridan biri ekanligi 
kafolatidan kelib chiqadi va ijtimoiy himoya tizimi orqali har bir insonning ijtimoiy-
iqtisodiy sohadagi huquq va erkinliklarini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday 
tamoyil davlat qonunlarida mustahkamlangan. Masalan, bu tamoyil orqali 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir nechta moddalarida o’z aksini 
topgan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida «Har 
kim ishlashga, ish joyini erkin tanlashga, adolatli va qulay sharoitlarda ishlashga va 
ishsizlikdan himoyalanishga haqlidir
2
. Mustaqillikdan keyingi davrda O’zbekiston 
davlati ijtimoiy himoya siyosatini mamlakatni rivojlantirish strategiyasi, islohotlarni 
chuqurlashtirish va jamiyatni yangilashning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida tan 
oldi. Ma’lumki, har bir davlat ijtimoiy sohada belgilangan barqaror maqsadlardan 
kelib chiqib, o’zining ijtimoiy himoya tizimini quradi va u davlatning ijtimoiy 
himoya siyosatining ko’rinishini belgilaydi. Shu sababli, har bir mamlakatda ijtimoiy 
himoya tizimining tuzilishi, chora-tadbirlari, mexanizmlari va qo’llab-quvvatlashlari 
turlicha bo’lishi tabiiy holdir, shuningdek pensiya jamgʻarmasi ham bundan mustasno 
emas. Ijtimoiy ta’minot – jamiyatning boshqa a’zolarining ijtimoiy mavqeini 
tenglashtirish maqsadida ayrim toifadagi fuqarolarni moddiy ta’minlash uchun davlat 
byudjeti va byudjetdan tashqari maxsus mablag’lar hisobidan. Ijtimoiy ta’minot 
tizimi – bu davlatning moliyaviy sektoriga kirib keladigan iqtisodiy va ijtimoiy 
mexanizmlardan biri bo’lib, u orqali mamlakatda ishlab chiqarilgan milliy 
daromadning bir qismi ijtimoiy yordamga muhtojlar foydasiga qayta taqsimlanadi. 
Xalqaro mexnat tashkilotning 102-sonli «Ijtimoiy ta’minotning minimal normalari 
haqida»gi konvensiyada aholi ijtimoiy ta’minoti tizimining eng asosiy yetti yonalishi 
belgilab berilgan edi. Bular: tibbiy xizmat, ishsizlik nafaqalari, qarilik pensiyalari, 
ishlab chiqarish jarayonida olingan jaroxatlar bo’yicha nafaqalar, xomiladorlik va 
tugʻish buyi boʻyicha nafaqalar, kasallik nafaqalari, oilaviy nafaqalarga boʻlinadi. 
Shu bilan birga, ijtimoiy ta’minot tizimi qotib qolgan ham emas. Davlatning ijtimoiy 
soxadagi siyosatining ustuvor yoʻnalishlarining o'zgarishi, o’z-o’zidan ijtimoiy 
ta’minot tizimi tarkbiga kiruvchi chora-tadbirlar tarkibining o'zgartirilishi, 
takomillashishini taqozo etadi. Mustaqil Oʻzbekiston davlatining ijtimoiy ta’minot 
soxasidagi siyosati «Inson va fuqarolarning xuquq va erkinliklarining umumjaxon 
deklaratsiyasi», «Inson va fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy 
xuquqlari haqidagi xalqaro pakt» hamda «Bola xuquqlari haqidagi konventsiya»larda 
1
Internet maʼlumotlaridan 
www.lex.uz
 sayti 
2
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasi 



Download 442.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling