Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
-jadval. 2015-2019 yillarda Andijon viloyatida mehnat resurslari tarkibining o`zgarishi (ming kishi)
Download 124.07 Kb.
|
Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashki
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko`rsatkichlar Yillar 2019 yilda 2015 yilga nisbatan o`zgarishi
- Shahar va tumanlar nomi 2015 yil 2019 yil
- Mehnat resurslari soni Jami aholi soni
- 4-jadval Andijon viloyatida ish bilan bandlik xolati (kishi)
- Adijon viloyati tumanlari kesimida ish bilan bandlar sonining o`zgarishi, kishi
- Hududlar Yillar 2019 yil 2016 yilga nisbatan %
2-jadval.
2015-2019 yillarda Andijon viloyatida mehnat resurslari tarkibining o`zgarishi (ming kishi)
Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan. Andijon viloyatida doimiy aholining o`rtacha soni 2019 yilda 2013 yilga nisbatan 663,7 ming kishiga, 124,1%ga, mehnat resurslari soni 73,0 ming kishi yoki 104,4% ga, iqtisodiy faol aholi soni 132,2 ming kishiga, ya`ni 106,4% ga o`sganligini, iqtisodiy nofaol aholi soni esa 59,3 ming kishiga yoki 85,0% ga kamayganligini ko`rish mumkin. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, o`rganilayotgan davrda Andijon viloyatida mehnat resurslari tarkibida ishlayotgan nafaqaxo`r va o`smirlar mutlaq sonining kamayishini kuzatilgan. Olib brogan Kurs ishi ni natijasida to`plagan ma`lumotlarimni tahlilini amalga oshirib borib shu xulosaga keldimki, Andijon viloyatini miqyosidaham, tumanlar kesimida ham aholi soni barqaror o`sishi tendensiyasiga ega (2-jadval). 3-jadval
Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan. 3-jadval ma`lumotlaridan ko`rinadiki, viloyatning Asaka (110.8%), Baliqchi (109.9%), Buloqboshi (108.6%) tumanlarida doimiy aholi va mos xolda mehnat resurslari soni boshqa tumanlarga qaraganda tez sur`atlarda o`sgan. Shuningdek, viloyatning Xonobod shahri (102.0%), Ulug`nor tumani (104.7%), Andijon shahri (104.9%) hududlarida aholi sonining, qolaversa, mehnat resurslari sonining o`sish sur`atlari birmuncha sekinroq holatda kechmoqda. Ushbu omil sabab viloyat aholisi o`sish darajasi ko`rsatkichini pastroq qilib ko`rsatmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ish bilan ta`minlashning quyidagi yo`nalishlari mavjud: davlat va nodavlat tizimlari mablag`lari hisobidan ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta tuzish dasturlarini amalga oshirish va shunga ko`ra mehnat resurslarini taqsimlash; ishchi kuchi taklifi va unga bo`lgan talabni iqtisodiy va huquqiy vositalar orqali tartibga solish; ishsizlarning va mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan aholi tabaqalarining ijtimoiy himoyasini ta`minlash uchun mahsus tadbirlar ko`rish; ishchi kuchi sifatini oshirish; aholining iqtisodiy faolligini rivojlantirish; yakka tadbirkorlik va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash va boshqalar. Keying yillarda iqtisodiy o`zgarishlar aholini ish bilan band qilish muammosini murakkablashtirimoqda. Chunki mehnat resurslarining mehnatda band bo`lish tarkibi o`zgarmoqda. Bugungi kunning dolzarb bo`lgan vazifasi mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida intensiv ravishda qaytadan taqsimlash, aholining mehnatdan band bo`lishi tarkibini, tuzulishini aholiga xizmat ko`rsatuvchi sohalar va yakka tadbirkorlik hisobiga o`zgartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiy islohotlar sharoitida iqtisodiyot sohalarida band bo`lgan ish bilan bandlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Andijon viloyati iqtisodiyot sohalarida ish bilan bandlik tarkibining tahlili 3-jadvalda keltirilgan. Unga ko`ra, 2016-yilda Andijon viloyatidagi ish bilan bandlik tarkibida rasmiy sektorda ishlovchilar ulishi (59,5%) yuqoridir, shunga mos xolda norasmiy sektorda ish bilan bandlar 36,8 foizni tashkil qilgani xolda 2019-yilda rasmiy sektorda ish bian bandlar ulushi 54,4 foizni tashkil qilgani va norasmiy sektorlardagi ish bilan bandlar 34,2 foiz bo`ldi. 4-jadval Andijon viloyatida ish bilan bandlik xolati (kishi)
Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan. Shu bilan birga, Respublika tashqarisiga ishlash uchun ketganlar ham 2016 yilda jami ish bilan bandlikning 3,7 foizini tashkil qilgan holda 2019 yilda 11.4 foizni tashkil qildi. Viloyatda ish bilan bandlik tarkibi tunanlar kesimida bir tekis emas. Bunda, albatta, viloyat, shahar va tumanlari aholisi soni, hududlarda ijtimoiy-ishlab chiqarish ob`yektlari soni kabi omilllarni hisobga olish zarur. (5-jadval) 5-jadval. Adijon viloyati tumanlari kesimida ish bilan bandlar sonining o`zgarishi, kishi
Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan. Statistik ma`lumotlardan ko`rinadiki, viloyat miqyosida ish bilan bandlar soni 2019 yilda 2016 yilga nisbatan 108.1% ga yoki 18463 kishiga ortgan. Hududlar kesimida bu borada eng yuqori ko`rsatkich Andijon (115.8%) va Honobod (115.9%) shaharlariga tegishli bo`lib, ulardagi bu o`sish sur`ati 2016-2019 yillarda barqaror o`sish tendensiyasiga ega. Viloyat miqyosida ish bilan bandlar sonida 2016-2019 yillarda tebranishni kuzatish mumkin. Chunonchi, 2016 yilda bandlar soni 1 279.2 ming kishini, 2017 yilda 1 318.7 ming kishini, 2018 yilda 1 271 7 ming kishi, 2019 yilda 1 297 696 ming kishini tashkil etgan. Ko`rib turganingizdek, 2017 yilga qiyoslaydigan bo`lsak 2018 yilga 5.6% ga kamaygan. Tahlillardan ko`rinadiki, viloyatda aholi ish bilan bandligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalari har bir tuman va shahar xususiyatlaridan kelib chiqib turlicha bo`lgan. Biloyatda aholi ish bilan bandligini oshirish sohasida quyidagi vazifalarni amalga oshirirsh maqsadga muvofiq, ya`ni: viloyatning noqishloq xo`jaligi tarmoqlarida yangi ish joylarni tashkil etish; amaldagi ishlab chiqarish korhonalarini texnik qayta jihozlash, modernizatsiyalash va qayta ta`mirlash; ishlab chiqarishga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish; yangi yerlarni o`zlashtirish; qayta ishlash sanoati, xizmatlar ko`rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati ko`lamini kengaytirish; hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo`llab-quvvatlash; aholi bandligining yangi shakllarini joriy etish va o`zini-o`zi ish bilan ta`minlashni rag`batlantirish; ishsizlarni kasbga o`qitish, qayta o`qitish va malakasini oshirish. Demak, viloyatda aholining ish bilan bandligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda, ayniqsa, viloyat bandlik dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda yuqoridagi holatlarni va tavsiyalrni inobatga olish maqsadga muvofiq deb o`ylaymiz. Download 124.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling