Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 124.07 Kb.
bet2/15
Sana26.01.2023
Hajmi124.07 Kb.
#1128997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashki

Kurs ishi ob’yekti va predmeti. Kurs ishining ob’yektini Andijon viloyatida yangi ish joylarini tashkil eishni takomillashtirish, qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish tizimi tashkil etish, predmeti esa – viloyatda yangi ish joylarini tashkil etish yo`nalishlarini rivojlantirish, ish bilan bandlikni oshirish bo`yicha iqtisodiy munosabatlarni o`rganishdan iboratdir.
Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy o`sish sharoitida yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish takomillashtirish bo`yicha nazariy va ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqish Kurs ishining maqsadini tashkil qiladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:

  • Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi ish bilan bandligining yangi turlarini shakllanishi shart-sharoitlarini yoritish;

  • Yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni ochib berish;

  • Yangi ish o`rinlari tashkil etishni hisobga olish usullarini yoritish;

  • Andijon viloyatida aholining ish bilan bandligi holatini tahlil qilish;

  • Viloyatda yangi ish o`rinlariga bo`lgan ehtiyojning shakllanishi holatini o`rganish;

  • Andijon viloyatida yangi ish joylarning tashkil etishi holatini yoritish;

  • Yangi ish o`rinlarini tashkil etish yo`nalishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ko`rib chiqish;

  • Iqtisodiy o`sishni ta`minlashda yangi ish joylarini tashkil etishga doir ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;

Kurs ishi ning asosiy masalalari va farazlari. Ish bilan band bo`lmagan shahslar uchun ish joylarini tashkil qilish quyidagi holatlarda samarali bo`ladi:

  • Yangi ish joylarini tashkil qilishda mehnat bozoridagi ishchi kuchining holatini hisobga olinsa;

  • Mehnat bozorida yangi ish o`rinlariga bo`lgan talab istiqbollari aniqlansa;

  • Yangi ish joylarini tashkil etishning sifat mezonlarini ham hisobga olinsa.


Download 124.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling