Kurs ishi ob’yekti va predmeti. Kurs ishining ob’yektini Andijon viloyatida yangi ish joylarini tashkil eishni takomillashtirish, qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish tizimi tashkil etish, predmeti esa – viloyatda yangi ish joylarini tashkil etish yo`nalishlarini rivojlantirish, ish bilan bandlikni oshirish bo`yicha iqtisodiy munosabatlarni o`rganishdan iboratdir.
Kurs ishi maqsadi va vazifalari. Iqtisodiy o`sish sharoitida yangi ish joylarini tashkil etishni rivojlantirish takomillashtirish bo`yicha nazariy va ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqish Kurs ishining maqsadini tashkil qiladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan:
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi ish bilan bandligining yangi turlarini shakllanishi shart-sharoitlarini yoritish;
Yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va mazmuni ochib berish;
Yangi ish o`rinlari tashkil etishni hisobga olish usullarini yoritish;
Andijon viloyatida aholining ish bilan bandligi holatini tahlil qilish;
Viloyatda yangi ish o`rinlariga bo`lgan ehtiyojning shakllanishi holatini o`rganish;
Andijon viloyatida yangi ish joylarning tashkil etishi holatini yoritish;
Yangi ish o`rinlarini tashkil etish yo`nalishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini ko`rib chiqish;
Iqtisodiy o`sishni ta`minlashda yangi ish joylarini tashkil etishga doir ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Kurs ishi ning asosiy masalalari va farazlari. Ish bilan band bo`lmagan shahslar uchun ish joylarini tashkil qilish quyidagi holatlarda samarali bo`ladi:
Yangi ish joylarini tashkil qilishda mehnat bozoridagi ishchi kuchining holatini hisobga olinsa;
Mehnat bozorida yangi ish o`rinlariga bo`lgan talab istiqbollari aniqlansa;
Yangi ish joylarini tashkil etishning sifat mezonlarini ham hisobga olinsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |