Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


ANDIJON VILOYATDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHGA BO`LGAN EHTIYOJNING TAHLILI


Download 124.07 Kb.
bet8/15
Sana26.01.2023
Hajmi124.07 Kb.
#1128997
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashki

ANDIJON VILOYATDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHGA BO`LGAN EHTIYOJNING TAHLILI

Ma`lumki, ish bilan bandlik va ishsizlik bir-biriga o`zaro bog`liq ravishda o`zgarib turadi. Chunki ish bilan bandlikdagi har qanday o`zgarish ishsizlikka ham ta`sir ko`rsatadi. Aholining ish bilan bandlik darajasining oshishi ishsizlikning kamayishiga olib keladi yoki aksincha. Shu sababli aholining ish bilan bandlik holatini atroflicha o`rganishda ishsizlik holatiga ham baho berish kerak bo`ladi.(6-jadval)
Viloyatda ro`yhatga olingan ishsizlar quyida keltirilgan 5-jadvalga kora 2019 yilda 2015 yilga nisbatan 17.1%ga oshgan, tumanlardagi bandlikka ko`maklashuvchi markazlar hodimlarining o`tkazib brogan so`rovlari natijalariga ko`ra mustaqil tarzda ish izlab yurganlar soni 111.4% ga ortgan, shu bilan birga mehnat organlarida ro`yhatga olingan rasmiy ishsizlar soni 17.1%ga ortgan.
6-jadval
Andijon viloyatida ishsizlar holati, kishi

Ko`rsatkichlar

2015yil

2016yil

2017yil

2018yil

2019yil

2019yil 2015yilga nisbatan %

Jami mehnatga muxtij ishsiz aholi soni

66 342

68 465

73 663

75 643

77 485

117,1

Shundan







Mustaqil tarzda ish izlayotgan ishsizlar

66 239

68 366

73 568

75 536

77 376

117,1

Mehnat organlarida ro`yxatga olingan rasmiy ishsizlar

103

99

95

107

109

111,4

Manba: Andijon viloyati Mehnat Bosh boshqarmasi ma`lumotlari asosida tuzilgan.
Bugungi kunning dolzarb bo`lgan vazifasi mehnat resurslarini iqtisodiyot tarmoqlari o`rtasida intensive ravishda qaytadan taqsimlash, aholining mehnatda band bo`lsh tarkibini, tuzilishini aholiga xizmatko`rsatuvchi sohalar va yakka tadbirkorlik hisobiga o`zgartirishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda.
Ish o`rinlariga bo`lgan ehtiyoj ishga joylashishga muhtoj band bo`lmagan aholi bilan birga mehnat bozorida ilk bor ishchi kuchini taklif qiladigan shaxslar (akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlari va boshqa ta`lim muassasalari bitiruvchilari bo`lmish mehnatga layoqatli yoshdagilar) hisobiga shakllantiriladi.Shunday ekan viloyatda kasb-hunar ko`llejlari bituruvchilari monitoringini olib borish natijalari orqali jami bitiruvchilar sonini aniqlash orqali qancha yangi ish o`rinlarini tashkil etish zarurligi aniqlanadi. (7-jadval)

Download 124.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling