Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


ANDIJON VILOYATIDA AHOLINI ISH BILAN BANDLIGINI HOLATINI TAHLILI


Download 124.07 Kb.
bet6/15
Sana26.01.2023
Hajmi124.07 Kb.
#1128997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashki

ANDIJON VILOYATIDA AHOLINI ISH BILAN BANDLIGINI HOLATINI TAHLILI

Respublikamiz hududlarida iqtisodiy salohiyat, shart-sharoit, infratuzilmalar ko`rsatkichi va demografik tarkib nuqtai-nazardan bir-biridan tubdan farq qiluvchi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Bu esa mavjud xususiyatlarni chuqur o`rganishni va unda inson omili imkoniyatlarini hisobga olishni talab etadi. Shu sababli, aholi ish bilan bandligini ta`minlashning omili bo`lgan yangi ish joylarini tashkil etish ko`rsatkichlari tizimini tahlil etishda Kurs ishi ob`yekti hisoblangan Andijon viloyatining o`ziga xos xususiyatlariga alohida e`tabor qaratamiz.
Mehnat sahasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar va o`zgarishlar natijasida, hamda qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar, buyruqlarning ijrosi sifatida Boshqarma Andijon viloyatida mehnat resurslarini boshqaradi.
Bugungi kunda Andijon viloyat Mehnat Bosh boshqarmasida aholini ish bilan ta`minlash bo`yicha amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlar quyidagilardan iborat:

  1. Viloyat aholisining ish bilan bandligi tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish hamda ishsiz aholini yangi kasb-hunarlarga o`rgatish.

  2. Viloyatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, ayniqsa tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiya masalalariga e`tiborni kuchaytirish. Bu yangi ish o`rinlari tashkil etish bilan bir qatorda ichki va tashqi iste`molga mo`ljallangan yangi mahsulotlar ishlab chiqiah va xizmatlar ko`rsatishni ham ko`zda tutadi.

  3. Viloyatdagi barcha ish bilan bandlikka ko`maklashuvchi markazlar faoliyatini takomillashtirish, bunda eng avvalo ushbu markazlar tuzilmasini maqbullashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish vazifalaridan kelib chiqqan holda, aholini ish bilan ta`minlash uchun ajratilayotgan moliyaviy mablag`larni oqilona taqsimlash chora-tadbirlarini amalga oshirishni talab etadi.

Respublikaning barcha viloyatlari kabi Andijon viloyatida ham demografik jarayonlarga bog`liq holda mehnat resurslari soni yil sayin ortib bormoqda.


Download 124.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling