Aholi sonining o'sishi, fan va texnika taraqqiyoti, inson ehtiyojlarining ortishi oqibatida er yuzida qator ekologik muammolar yuzaga keldi. Shu bois, bugungi kunda sof tabiat haqida gap yuritish mushkul


Download 0.56 Mb.
bet2/2
Sana07.01.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1081800
1   2
Bog'liq
global ekologik

Farrux IGITOV,
Toshkent kimyo texnologiya instituti sanoat
ekologiyasi kafedrasi mudiri, kimyo fanlari bo'yicha falsafa doktori
Nashr etmoq





Rated 4.67 stars out of 5
Ov qilishning yangi tartib-qoidalari joriy etildi
 Yashil sayyora3 Noyabr 202013909
Matn: Улуғбек Асроров
Joriy yil 10-oktyabrdan Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonuni kuchga kirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tashkil etilgan brifingda shu qonun mazmun-mohiyati haqida maʼlumot berildi.
Qoʻmita boʻlim boshligʻi Alisher Yunusovning aytishicha, qonun bilan ov qilish, ovchilik xoʻjaligini tashkil etish va yuritish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda kamyob va yoʻqolib borayotgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olishning alohida tartibi belgilangan.
Endilikda chet ellik fuqarolar uchun ovni tashkil etish, ovchilik resurslarini va ov qilish joylarini muhofazalash, gʻayriqonuniy ov qilish, tegishli qonun hujjatlarini, xavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar qonun talablari asosida qatʼiy amalga oshiriladi.
Shu bilan birga yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlari tomonidan beriladi.
Hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan barqaror foydalanish maqsadida yovvoyi hayvonlarni sanoat, sport havaskorlik va oʻlja olish, ilmiy tibbiy va nazorat maqsadlarida xamda chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tutish uchun toʻlovlar miqdori bir necha barobar oshiriladi.
Zuhra QARSHIYEVA,
OʻzJOKU talabasi
Nashr etmoq
Rated 4.2 stars out of 5
Oʻzbekiston va Qozogʻiston uchun keng koʻlamli xalqaro loyiha ish boshladi
 Yashil sayyora3 Noyabr 20204845
Butunjahon banki tomonidan Qozogʻiston — Nemis universiteti va Landshaftlar global forumi (GLF) bilan hamkorlikda CAWEP maqsadli fondi moliyaviy koʻmagida “Orol dengizi havzasidagi yerlarning tiklanishi sohasida innovatsion texnologiyalar konkursi” amalga oshirilyapti.

Loyiha Qozogʻiston — Nemis universiteti huzuridagi Tabiiy resurslar institutining 25 tadan ziyod xalqaro va hududiy hamkorlari bilan birgalikda 2021-yil iyuligacha amalga oshiriladi.
Konkursdan koʻzlangan maqsad — Orol dengizi (Oʻzbekiston va Qozogʻiston) havzasidagi yer resurslarini tiklash uchun texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni aniqlash.
Konkurs 5 bosqichda oʻtkaziladi:

  • 1-bosqich — Orol dengizi hududida yerlarning tiklanishi bilan bogʻliq joriy vaziyatni baholash;

  • 2-bosqich — innovatsion gʻoyalar xalqaro konkursida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilish;

  • 3-bosqich — tanlangan konkurs ishtirokchilarining vakolatlarini rivojlantirish (biznes-rejalashtirish asosi boʻyicha oʻqitish, ommaviy chiqishlar koʻnikmalarini rivojlantirish va hokazolar);

  • 4-bosqich — konkurs gʻoliblarini aniqlash va ularni Orol dengizi havzasidagi yer resurslarini tiklash sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun grant bilan taqdirlash;

  • 5-bosqich — hududdagi loyihalarni yana-da tijoratlashtirish va tarqatish maqsadida konkurs gʻoliblarining vakolatlarini rivojlantirish (biznes koʻnikmalar, bilimlar almashinuvi, murabbiylik dasturi).

Konkurs davomida yigʻilgan barcha bilimlar va innovatsiyalar elektron kitob shaklida keng tarqatiladi, deb xabar beradi Qozogʻiston — Nemis universiteti saytida.
Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling