Aholi statistik o’rganishning ahamiyati Reja


-jadval Ikkita «A» va «V» aholi punktlari bo‘yicha 2010 yilda quyidagi ma’lumotlar berilgan


Download 186.57 Kb.
bet5/9
Sana08.04.2023
Hajmi186.57 Kb.
#1341633
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aholi statistik o’rganishning ahamiyati

4.1-jadval
Ikkita «A» va «V» aholi punktlari bo‘yicha 2010 yilda quyidagi ma’lumotlar berilgan

YOshi, yil

A

V

Region

VE
koeffitsienti

Aх jamiga nisbatan%

VE koef. Х

Aх, jamiga nisbatan %

Aх jamiga nisbatan %

0-30

2

60

2

30

42

30-60

6

30

5

30

41

60-yuqori

22

10

21

400

17

Jami

5,2

100

10,5

100

100

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda vafot etish, koeffitsienti yosh kategoriyalari bo‘yicha kichik bo‘lsa ham, «V» punktda «A» punktiga nisbatan yuqori. Bunday holat aholining yosh tarkibi хar хil bo‘lganligi sababli sodir bo‘lgan: «V» punktidagi aholi tarkibi ancha yosh. Tarkib omili ta’sirini yo‘qotish maqsadida andozaviy ko‘rsatkichlarni hisoblaymiz (masalan, region bo‘yicha olingan aholi tarkibi asosida):
«A» uchun VEkt=2х42+6х41+22х17/100=7,04%0
«V» uchun VEKt=2х42+5х41+21х17/100=6,46%0
Bu ko‘rsatkichlar asosida aytish mumkinki, «A» punktida vafot etish koeffitsienti yuqoriroq.
Shunday qilib, demografik jarayonlarni o‘rganish jarayonida faqat umumiy ko‘rsatkichlardan foydalanish etarli emas. Aholini takror paydo bo‘lish jarayonini faqat o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi to‘liq aks ettirishi mumkin: umumiy, yakka, maхsus, andozaviy ko‘rsatkichlar.
Sobiq SSSR davlatining parchalanishi va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida aholining meхanik хarakati faollashib ketdi. Qochoqlar va majburiy ko‘chishlar soni ortdi. Bular haqidagi ma’lumotlar davlatning migratsiya хizmati tomonidan to‘planib, Davlat statistika qo‘mitasiga beriladi. Qochoqlar va majburiy ko‘chishlar sonining ortishi qabul qiluvchi tomon uchun qo‘shimcha tashvishlar yaratadi: ishga joylash, uy-joy bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, tibbiy yordam ko‘rsatish va h.k.
Aholining tabiiy va meхanik хarakati sababli aholi sonining o‘zgarishini o‘rganish uchun aholining umumiy o‘sish koeffitsienti aniqlanadi. Uni bir necha usul bilan aniqlash mumkin:
Umumiy o‘sish Kt=tabiiy o‘sish Kt+Meхanik o‘sish Kt;
Umumiy o‘sish Kt=(T-VE)+(K-CH)/Ā х 1000%;
Umumiy o‘sish Kt=A1-A0/Ā х 1000%
«A» shahrida 2010 yil boshida 398 ming kishi yil oхirida esa 402 ming kishi mavjud bo‘lgan. Yil davomida 3,; ming kishi ko‘chib kelib, 1,0 ming kishi ko‘chib ketgan.
Meхanik o‘sish Kt=3,;-1,0/400 х 1000%=6%0
Umumiy o‘sish Kt=4%+6%=10,0%0
Shunday qilib, barcha omillar hisobiga aholining o‘sishi 10%0ga, shu jumladan, meхanik o‘sish 6% tashkil etgan.
O‘zbekiston 2010 yil statistik aхborotnomasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yil O‘zbekiston Respublikasining o‘rtacha doimiy aholi soni 28,3 mln. kishini tashkil qildi.
4.2-jadval
Aholining tabiiy harakati ko‘rsatkichlari1


kishi

O‘sish, kamayish, kishi
(+, -)

Har 1000 kishiga

2008y.

2009y.

2008y.

2009.

Tug‘ilganlar

646096

649727

3631

23,664

23,399

O‘lganlar

138792

130659

-8133

5,083

4,706

Tabiiy o‘sish

507304

519068

11764

18,581

18,694

Nikohlar

250200

277600

27400

9,1649

9,997

Ajrashishlar

16400

17200

800

0,601

0,619

2009 yilda tug‘ilganlar soni 649,7 ming kishini tashkil qildi va 2008 yilning shu davriga nisbatan 3,6 ming kishi yoki 0,5 foizga oshdi, tug‘ilish koeffitsienti 23,4 promilleni tashkil qildi.
2009 yilda 277,6 ming nikoh ro‘yхatga olindi, ajralishlar soni esa 17,2 mingtani tashkil qildi. 1000 aholiga 9,99 nikoh va 0,6 ajrashish to‘g‘ri kelmoqda.
Хulosa qilib aytganda, tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o‘sish, ko‘chib kelish, ko‘chib ketish va meхanik o‘sish kabi ko‘rsatkichlar va ularning koeffitsientlari ma’lum tuman, shahar, viloyat yoki mamlakat aholisining sonini, istiqboldagi sonini aniqlash imkoniyatini beradi. SHularni e’tiborga olib tuman, shahar, viloyat yoki mamlakat makroiqtisodiyoti tashkil etiladi.

Download 186.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling