Aholi statistikasi reja


Download 38.28 Kb.
bet1/6
Sana28.02.2023
Hajmi38.28 Kb.
#1235834
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Aholi statistikasi


AHOLI STATISTIKASI

Reja:


  1. Aholi soni va ularning o‘rtachasini hisoblash.


  2. Aholi tarkibi statistikasi


  3. Aholining harakat ko‘rsatkichlari statistikasi





1. Aholi soni va ularning o‘rtachasini hisoblash

Jamiyat – mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’mol qiluvchilar ya’ni aholi soni va tarkibiga bog‘liq. O‘zbekiston aholisi yildan – yilga yuqori sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Aholi soni va tarkibini o‘rganishning asosiy usuli ro‘yxatga olishdir. Aholini ro‘yxatga olish ularni bir vaqtda yoppasiga (to‘liq) kuzatish usuli bo‘lib, natijada aholining soni, ularning jinsi, yoshi, millati, ma’lumoti va boshqa xususiyatlari bo‘yicha tarkibini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Aholini ro`yxatdan o‘tkazish – ularning har birini hisobga olish bo‘lib, juda katta kuch va mablag‘, hamda tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham aholini ro‘yxatga olish ma’lum muddatlarda, ko‘pincha hukumat qarorlariga asosan o‘tkaziladi. Sobiq SSSR paytida aholi ro‘yxati bir necha bor o‘tkazilgan. Aholi ro‘yxati keyingi yillarda 1970 yil 15 yanvar, 1979 yillarda bo‘lib o‘tgan, O‘zbekistonda oxirgi marta aholini ro‘yxatga olish 1989 yil bo‘lgan edi.
2011-yil aprel oyida aholi soni tanlab kuzatish yo’li bilan aniqlandi. Respublika aholisi yildan – yilga yuqori sur’atlar bilan ko‘paymoqda. 2000-yilda Respublikamiz aholisi 24487.7 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2017-yilga kelib 32120,5 ming kishini tashkil etgan.
O‘zbekiston aholisining yuqori sur’atlar bilan ko‘payishiga to‘g‘ilishning yuqoriligi, o‘limning kamayganligi, nikohning ko‘pligi, oilaning mustahkamligi kabi omillar ta’sir qiladi.
Aholining sonini hisoblashda va ro‘yxatga olish jarayonida doimiy va mavjud aholi, vaqtincha yo‘qlar va vaqtincha yashovchilar sonini hisobga olish zarur.
Mavjud aholi deb ro‘yxatga olish vaqtida (paytda) shu joyda bo‘lgan aholi soniga aytiladi. Lekin aholini ro‘yxatga olish paytida mazkur aholi punktidan boshqa joylarga vaqtinchalik turli sabablar bilan ketganlar
(6 oydan ozroq muddatga) bo‘lishi mumkin. Bunday aholilar vaqtinchalik yo‘qlar deyiladi va ro‘yxatga olishda ular shu punkt doimiy aholi soniga qo‘shiladi. Xuddi shunday aholini ro‘yxatga olishda, mazkur punktda vaqtinchalik bo‘lib turganlar ham bo‘lishi mumkin (xizmat safarida, mehmonda va boshqa sabablar bilan). Ular ro‘yxatga olishda bor bo‘lib, mavjud aholi soniga qo‘shiladi, lekin shu punktda doimiy yashaydigan aholi soniga qo‘shilmaydi.

Download 38.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling