Aholini statistik o‘rganish natijalari asosida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat: - aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash;
- aholini mamlakatning ayrim hududlari bo‘yicha joylanishini (zichligini) tahlil qilish;
- aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi va h.k.) o‘rganish;
- aholini takror paydo bo‘lishi (tug‘ilish, vafot etish, tabiiy o‘sish, nikohdan o‘tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o‘rganish;
- aholi migratsiyasi (ko‘chib kelishi, ko‘chib ketishi) jarayonlarini o‘rganish;
- aholi soni va tarkibi kelajagini prognozlash va h.k.
Aholi statistikasi – aholi soninihg shakllanish qonuniyatlarini, joylanishi va tarkibini hamda demografik jarayonlari: tug’ilish, o’lish, nikohdan o’tish va ajralish, migrasiya kabi ko’rsatkichlarni o’rganadi.
Aholi sonini aniqlash manbai bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
vaqt-vaqti bilan o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxati;
aholining tabiiy o’sishi yoki kamayishi bo’yicha ma’lumotlar
Aholining mexanik harakatlari bo’yicha ma’lumotlar
O`ZBEKISTON AHOLISI
01.10.2022 yil holatiga
35 821 029
26.10.2022 yil holatiga
35 886 547
Erkaklar:
18018635
Ayollar:
17792550
4.Аholi soni va tarkibi statistikasi. Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat hududlari bo‘yicha joylashishini o‘rganishdan iborat. Yuqorida aytilganidek, aholi soni haqidagi asosiy ma’lumot manbai bo‘lib, aholi ro‘yhati hisoblanadi va u aholi sonini ma’lum kun yoki ma’lum momentga (kritik momentga) nisbatan ifodalaydi. Ro‘yhatlar orasida ma’lum aholi punktining aholisi soni avvalgi aholi ro‘yxati ma’lumotlari va aholining joriy hisobi, ularning tabiiy va mexanik harakati ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish yo‘li bilan balans sxemasi bo‘yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |