Aholi turmush darajasining ko’tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash Mundarija: kirish


Download 71.91 Kb.
bet4/7
Sana24.04.2023
Hajmi71.91 Kb.
#1394152
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aholi turmush darajasining ko’tarilishi va ijtimoiy rivojlanishni prognozlash

4. Sog‘liqni saqlashni prognozlash.

Sog‗liqni saqlash prognozini ishlab chiqishda normativ turdagi modelni qo‘llash maqsadga muvofiq. Sogliqni saqlashni prognozlash uchun asosiy daraja hududdagi aholi sonini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish me‘yorlari prognozini aniqlovchi tenglama hisoblanadi.


Тibbiy xizmat ko‘rsatish darajasini xarakterlovchi asosiy ko‘rsatkichlar quyidagicha: kasalxonalardagi o‘rinlar soni; vrachlik lavozimlari soni, aholi orasida tibbiy muasssasalarga tashrif buyuruvchilari soni, dorixonalar soni, dam olish muassasalarining rivojlanganligi.
Masalan, aholining tibbiyot kadrlari bilan ta‘minlanganligi prognoz qiymatini aniqlash kerak bo‘lsin. Buni murakkab bo‘lmagan yo‘l bilan hal etish mumkin.
1.Aholi sonining prognozini va 1 ming yoki 10 ming kishiga me‘yorlar asosida to‘gri keladigan vrachlar soni (shuningdek, yillar va mutahassislar bo‘yicha) prognozini aniqlash.
2.Mavjud iqtisodiy-matematik modellarni qo‘llash orqali.
Dorixonalarning soni amaldagi me‘yorlar asosida mamlakat miqyosida 9 ming kishiga 1 dorixona, shaharlarda 7 ming kishiga 1 dorixona, qishloq
joylarida va aholi yashash punktlarida ham shaharlarda
10-50 ming aholiga 1-10 ming kishi
50-100 ming aholiga 1-12 ming kishi
100500 ming aholiga 1-13 ming kishi
1mln. va undan ortiq 1-20 ming kishi
Shuningdek, bu yerda me‘yorlarni bilishimiz ham zaruriydir.


1.2. Madaniyatni taraqqiy ettirishni prognozlash.

Madaniyatni taraqqiy ettirish prognozlari va dasturlarida madaniy-ma‘rifiy muassasalarni (klublar, kutubxonalar, madaniyat uylari va boshqalar) rivojlantirish masalasi qo‘yiladi.


Boshlangich qiymatlar quyidagicha:
m adaniy muassasalar bilan aholining ta‘minlanganligi; shahar va qishloq aholisining o‘sish soni; shaharlar sonining o‘sishi; madaniy muassasalarning moddiy bazasi holati va ulardan foydalanish darajasi.
Тa‘minlanganlik me‘yorlari, ya‘ni saqlanayotgan har ming bog yoki 1 kutubxonaga 700 kishi, 1 klub uchun 1000 kishi, shuningdek, shahar aholisi soniga nisbatan hiyobonlar (boglar) va boshqalar hisobiga ko‘ra prognoz amalga oshiriladi.
Nashr mahsulotlarining chiqarilishi soni, o‘quv yurtlari, kutubxonalar talablariga va boshqalarga ko‘ra, qogoz resurslari hamda nashriyotlarning quvvatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bu yerda ishlab chiqarish harajatlarini kamaytiruvchi va ayni vaqtda aholining nashr mahsulotlariga bo‘lgan talabini qoniqtiruvchi modelni qo‘llash mumkin:
Pi-maksimal mahsulotdagi tayyor harajatlar; Xi-i turdagi mahsulotning ishlab chiqarish hajmi; aij- turdagi qogozning har bir mahsulot uchun sarf; B-i mahsulotga bo‘lgan talab xi 0
I jtimoiy rivojlanish va turmush darajasini ko‘tarishni prognozlashning asosiy masalasi eng avvalo axolining kelajakdagi talab extiyojlarini aniqlash va ularni qondirish imkoniyatlarini xisoblashdir.
B u soha prognozlari tizimini umumiy boglanishni va mantiqiy ketma ketlik bo‘yicha prognozlar ishlab chiqishni ta‘minlovchi kompleks ko‘rsatkichlarga asoslanadi.
E htiyojni va chakana toovar ayirboshlash prognozlari turmush darajasining ko‘tarilishi va iste‘mol bilan chambarchas bogliq. Тalab va chakana tovar ayirboshlashni prognozlashda asosan korrelatsion regression tahlil usulidan foydalaniladi.
Maishiy xizmatni prognozlarini ishlab chiqishda murakkab muammo bo‘lib aholini talabini aniqlovchi omillar hisoblanadi.
Тibbiyotni prognozlarini tuzishda normativ turdagi modellardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan. Har bir mamlakat qanday siyosiy va ijtimoiy harakatlarni amaliyotga joriy etishidan qat'iy nazar ularning yakuniy maqsadi xalq manfaatlari, aholi turmush darajasini yaxshilash, yetakchi mamlakatlar safidan joy olishga qaratiladi.
"Turmush darajasi" tushunchasi va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar tizimini rivojlantirishda Birlashgan millatlar tashkiloti sezilarli hissa qo'shdi. 1960 yilda BMTning ishchi guruhi global miqyosda turmush darajasini aniqlash va o'lchash tamoyillari hakida hisobot tayyorladi. Bu keng qamrovli tizimni yaratish yo'lidagi dastlabki qadam edi. BMTning xalqaro statistika sohasidagi turmush darajasi ko'rsatkichlarining oxirgi versiyasi 1978-yilda ishlab chiqilgan va 12 ta asosiy yo'nalishni qamrab olgan.
Bugungi kunda ham mazkur xalqaro tashkilot tomonidan dunyo aholisi turmush darajasini oshirish va kambag'allikdan aziyat chekayotgan mamlakatlarga ko'maklashish maqsadida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, BMTning Bosh assambleyasida 2000 yilda qabul qilingan “Ming yillik rivojalanish dasturi” hamda 2015 yilda tasdiqlangan “2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari dasturi” bevosita dunyo mamlakatlari aholisini iqtisodiy-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ekologiya buzilishining oldini olgan holda, aholining salomatligini asrashga qaratilgan muhim tadbirlar sirasiga kiradi.
Turmush darajasi” atamasining ta'rifi va guruhlari
O'zbekistonda aholining moddiy, ma'naviy hamda ijtimoiy ehtiyojlari ko'rsatkichlarini ifodalaydigan “turmush darajasi” atamasi kengroq qo'llaniladi. Unga to'liq ilmiy ta'rif beradigan bo'lsak, bu jismoniy, ma'naviy va ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanish darajasi, qondirilganlik miqyosi va ularni qondirish uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi kompleks ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Ma'lumki, aholi turmush darajasini barchamiz aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar va iste'mol hajmi miqdorining ortishi yoki kamayishi bilan baholashga odatlanganmiz. Aslida u ancha kengroq tushuncha hisoblanadi. Lekin hozircha bu boradagi kontseptsiyalarni aholining turmush darajasi sifatini har tomonlama xarakterlab beradigan yagona ko'rsatkichga keltirish bo'yicha samarali usul mavjud emas.
Birlashgan millatlar tashkilotining tavsiyasiga ko'ra, tug'ilish, o'lim, umr ko'rish davomiyligi, sanitar-gigiyenik sharoitlarning mavjudligi, oziq-ovqat mahsulotlarining iste'mol darajasi, uy-joy, ta'lim olish va madaniy imkoniyatlar, ish sharoitlari va bandlik darajasi, daromadlar va xarajatlar muvozanati, iste'mol narxlari, transport vositalari bilan ta'minlanganligi, dam olish va hordiq chiqarish, ijtimoiy ta'minot, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanganligi kabi yo'nalishlar turmush darajasini ifodalovchi ko'rsatkichlar tarkibiga kiradi.
Biroq, bu ko'rsatkichlarning hammasini ham qiymat ko'rinishida baholash imkoni bo'lmaganligi sababli, ushbu parametrlardan bir nechtasini qamrab olgan holda, turmush darajasi baholanadi. Ulardan, eng asosiysi, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromadlar hajmi bo'lib, mazkur ko'rsatkich mamlakat aholisi turmush darajasini baholash bilan birga, xalqaro taqqoslamalarda ham foydalanish imkonini beradi.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, aholi turmush darajasining yaxshilanishi, bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari samaradorligining ko'lami, ilmiy-texnik taraqqiyot, aholining madaniy-ma'rifiy saviyasi va tarkibi, milliy xususiyatlar, albatta hukumat tomonidan qabul qilinadigan chora-tadbirlar hamda amaliy harakatlar natijasiga bog'liq bo'ladi.
“Davlat statistika to'g'risida”gi qonunning 3-moddasiga ko'ra, Davlat statistika qo'mitasi ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to'g'risidagi statistika ma'lumotlarini yig'ish, qayta ishlash, to'plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish, e'lon qilish vazifalarini bajaradi. Shuningdek, unda qo'mitaning aholi turmush darajasi ko'rsatkichlari bo'yicha statistik ma'lumotlar yig'ishda yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda statistik hisobot shakllari yoki turli kuzatuvlar orqali ma'lumotlarni olish huquqiga egaligi belgilab qo'yilgan.
Shu nuqtayi nazardan, yillik statistika ishlar dasturiga muvofiq, tegishli vazirlik va idoralar hamda uy xo'jaliklarida o'tkaziladigan tanlama kuzatuvlar ma'lumotlariga asosan, aholi turmush darajasini aks ettiruvchi aholi umumiy va jon boshiga daromadlari, xarajatlari, ta'lim darajasi, sog'liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlari iste'moli, uzoq muddat foydalaniladigan buyumlar bilan ta'minlanganligi, uy-joy sharoitlari kabi bir qancha ko'rsatkichlar shakllantirib boriladi.
Uy xo'jaliklarida o'tkaziladigan tanlama kuzatuvlar respublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan holda, yiliga jami 10000 ta uy xo'jaligida o'tkaziladi. Bunda 120 dan ortiq mutaxassis (interv`yuerlar) tomonidan bevosita oila a'zolari bilan suhbatlashish orqali ma'lumotlar olinadi.
Farovonlik darajasining tahlili uy xo'jaliklarining iqtisodiy resurslarga egalik qilish darajasini, ularni iste'mol qilishga yoki jamg'arishga, shuningdek, ulardan birini tanlashga qodirligini aniqlashga imkon beradi.
Agar raqamlarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, 2020 yilning dastlabki hisob-kitoblariga ko'ra, aholi umumiy daromadlari tarkibida ishlab chiqarishdan kelgan tushumlar ulushi 71,5 foizni, shundan 69,3 foizi mehnat faoliyatidan olingan, 2,1 foizi shaxsiy iste'mol uchun ishlab chiqarilgan shaxsiy xizmatlardan olingan daromadlarni tashkil etgan.
Bozor sharoitida asosiy ish joyidan beriladigan ish haqi aholining aksariyat qismi uchun etakchi daromad manbai hisoblanadi. Aks holda u funksional rolini bajara olmaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ish haqi aholi jami daromadining 60-80 foiziini tashkil etadi, ya'ni ularning me'yoriy hayot faoliyatini ta'minlash asosi bo'lib xizmat qiladi.
Agar MDH mamlakatlarining aholi daromadlari tarkibini ko'radigan bo'lsak, yollanma ishchilarning ish haqi sifatida olgan daromadlari Armaniston, Belarus, Qozog'iston, Rossiya Federatsiyasida 55 dan 69 foizgacha bo'lsa, Qirg'izistonda 40 foiz atrofida, O'zbekistonda 28,8 foizni tashkil etadi. Mol-mulkdan kelgangan tushumlar 3,0 foizni, transfertlardan olingan daromadlar 25,5 foizga teng bo'lgan..
Ma'lumki, keyingi yillarda kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida aholining ishbilarmonlikdan olingan daromadlari ulushi yil sayin oshib borib, 2020 yil yanvar`-dekabr` oylarida 58 foizga etdi. Bu ko'rsatkich 2010 yilda 50 foiz aitrofida bo'lganligi inobatga olinsa, 8 foizga ko'payganligini anglatadi.
Mol-mulkdan olingan tushumlar kam bo'lsa-da, aholining tijorat banklariga bo'lgan ishonchining ortishi, innovatsion ishlanmalarning rivojlanishi, qolaversa, aktsiyadorlik korxonalari daromadlarining ortishi, uy-joy va boshqa ko'chmas mulk ob'ektlarini ijaraga berish va shu kabi bozor mexanizmlarining takomillashuvi tufayli aholining qo'liga kelib tushayotgan foizlar, dividendlar, mualliflik haqlari va shu kabi mulkiy daromadlar ham yil sayin ortib borayotganligini kuzatish mumkin. Masalan, 2010 yilda aholi umumiy daromadlari tarkibida mulkiy tushumlarning ulushi 2,3 foizga teng bo'lsa, 2020 yilda ushbu ko'rsatkich 0,7 foizga ko'paygan.
Aholi jon boshiga daromadlari aholining jami umumiy daromadlarini doimiy aholining o'rtacha yillik soniga bo'lish orqali hisoblanadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2020 yilning yanvar`-dekabr` oylarida mamlakatimizda doimiy aholining o'rtacha yillik soni 34232,1 ming kishini tashkil etgan. Ana shu davrda aholi umumiy daromadlari hajmi 401,5 trillion so'mni va o'tgan yilning mos davriga nisbatan real o'sishi 2,6 foizga oshgan. Aholi jon boshiga o'rtacha umumiy daromadlari esa 11,7 million so'm, real o'sishi 0,7 foizga teng bo'lgan.
Ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar aholi barcha qatlamlari o'rtacha daromadlarining o'sib borishida muhim omil bo'lyapti. Bunda aholining turli guruhlari daromadlari darajasidagi tafovutni aks ettiradigan Jini koeffitsienti 2000-2020 yillarda 0,39 dan 0,26 ga pasaydi.
Kuzatuv natijalariga ko'ra, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining yaxshilanishi natijasida jami iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish salmog'ining barqarorlashib borishi bilan bir qatorda, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlarga sarflanadigan xarajatlar ulushi ortmoqda. Agar 2020 yil yanvar-noyabr oyidagi ko'rsatkichlarni 2000 yil ma'lumotlari bilan taqqoslaydigan bo'lsak, oziq-ovqat mahsulotlariga sarflangan xarajatlar 61,4 foizdan 48,1 foizga kamayganligini, nooziq-ovqat mahsulotlariga — 25,8 dan 32,8 foizga, xizmatlarga — 12,8 dan 19,1foizga oshganligini ko'rishimiz mumkin.
Aholi iste'mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlariga xarajatlarning barqarorlashishi, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlarning ulushi ortib borayotganligi quvonarli hol, albatta.
2000-2020 yillar mobaynida aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta'minlanganlik darajasi ham ortib bormoqda. Shunisi ahamiyatliki, bunday buyumlarning aksariyati o'zimizda ishlab chiqarilmoqda. Jumladan, aholining shaxsiy yengil avtomobillar bilan ta'minlanganlik darajasi 2020 yil yakunlariga kelib har 100 xonadonga 48 taga etdi. Har bir 100 xonadonga to'g'ri kelgan televizorlar soni 161 tani tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 1,8 martaga oshgan. Konditsionerlar — 34 dona (2000 yilga nisbatan o'sish — 3,1 barobar), elektr changyutgichlar — 59 dona (o'sish —2 barobar), kir yuvish mashinalari — 80 dona (o'sish 1,2 barobar) ga tengligini ko'rsatyapti.
Bundan tashqari, AKT vositalari (shaxsiy komp`yuterlar, ya'ni stolga qo'yiladigan, ko'chma kompyuter (noutbuk, netbuk), planshet va boshqa yonida olib yuriladigan kompyuter hamda uyali aloqa telefonlari)ning aholi hayotiga shiddat bilan kirib kelishi va bu vositalarning imkoniyatlari kundan kunga kengayib borishi aholi uchun aloqa qilish, axborot almashish va dunyodagi yangiliklardan tezkor xabardor bo'lish barobarida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini yaratib bermoqda.
2020 yil yakunlariga ko'ra, 100 ta uy xo'jaligiga to'g'ri kelgan shaxsiy komp`yuterlar 56 donani (2000 yilda bu ko'rsatkich 0,2 dona) tashkil etgan bo'lsa, 2000-2020 yillar mobaynida uyali aloqa telefonlari bilan ta'minlanganligi 15,8 barobarga oshdi (2020 yil yakuniga kelib har 100 xonadonga 285 tadan, ya'ni, har bir xonadonga 2,9 tadan uyali aloqa telefonlari to'g'ri keldi).
Ushbu ma'lumotlardan shunday xulosa qilish mumkinki, bugungi kunda aholining kundalik hayotida zarur bo'lgan tovarlar qatorida elektr changyutgichlar, kir yuvish mashinalari, kompyuterlar hamda kondentsionerlar kabi maishiy texnika vositalariga hali hamon ehtiyoj mavjud. O'z navbatida, ushbu ma'lumotlar respublikamizda bu kabi tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda horijiy davlatlardan tovarlarni import qiluvchi sub'ektlar uchun katta hajmdagi iste'mol bozori mavjudligidan dalolat beradi.
Bugungi kunda uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvini takomillashtirish, ma'lumotlar sifatini oshirish maqsadida bir qator xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, Jahon banki vakillari bilan hamkorlikda uslubiyotni takomillashtirish, savolnomalarni xalqaro standartlarga moslashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ya'ni, kuzatuv jarayonida 2020-yilgacha foydalanilgan qog'oz shaklidagi savolnomalardan voz kechib, 2021-yildan boshlab to'liq uy xo'jaliklarida kuzatuvni planshetlar yordamida o'tkazish rejalashtirilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda keng qo'llaniladigan ushbu zamonaviy tizimga ko'ra, kuzatuv so'rovnomalari planshetlarga o'rnatilib, interv`yular ulardan foydalangan holda olinadi. Respondent tomonidan intervyu savollariga berilgan javoblar ana shu planshetda qayd etib boriladi va onlayn rejimda yagona ma'lumotlar bazasiga uzatiladi. Bu, o'z navbatida, kuzatuvlar monitoringini yuritish, sifatni nazorat qilish imkonini beradi.
Jahon bankining malakali ekspertlari bilan birgalikda 2020-2025-yillarda Statistika tizimini takomillashtirish bo'yicha milliy strategiya loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur loyiha tizimimizni tubdan takomillashtirishga zamin hozirlaydi.
Yaqinda Afgʻoniston va Pokiston Islom Respublikasi hududlarida tashkil etilgan xalqaro terrorchilik tashkiloti saflariga borib qoʻshilib, keyinchalik Afgʻoniston Islom Respublikasining hududiga oʻtgan, shuningdek, ushbu hududda yashagan shaxslarning bir guruhi “Mehr operatsiyasi - 4” doirasida yurtimizga olib kelindi.
Afgʻonistonning hamkor tashkilotlari koʻmagida olib kelingan 24 nafar ana shunday shaxslar Surxondaryo viloyatining Termiz tumani hududida joylashgan “Ayritom” chegara posti orqali kutib olindi va tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, viloyat hokimiyati, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamda sogʻliqni saqlash muassasalari rahbarlari ishtirokida Termiz tumanidagi “Davolash va sogʻlomlashtirish” markazi binosiga joylashtirildi.
Mazkur “Davolash va sogʻlomlashtirish” markazi barcha shart sharoitlarga ega boʻlib, shay holga keltirilgan.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi asosiy muammo va toʻsiqlarni aniqlash hamda kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida 2021-2030-yillarda kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha milliy strategiya loyihasini ishlab chiqdi. Unda mamlakatda kambagʻallik darajasi va uni oʻlchash hamda bu boradagi muammo va toʻsiqlar haqida gap boradi. Jumladan, ayni paytda mamlakatda amalda boʻlgan kambagʻallikni jon boshiga kunlik isteʼmol qilinishi lozim boʻlgan kaloriyalar qiymatiga asoslangan holda oʻlchash uslubi – oziq-ovqat kambagʻalligi darajasining oʻlchovi boʻlib, bu uslub odatda daromad darajasi oʻrtacha koʻrsatkichning quyi qismida boʻlgan mamlakatlar uchun qoʻllanilmasligi taʼkidlanadi.
Shu sababli endilikda undan siyosatni shakllantirish jarayonidagi vosita sifatida foydalanish mumkin emasligi, bundan tashqari, maʼlumotlar toʻplash va kambagʻallik darajasini oʻlchashning amaldagi metodologiyasi xalqaro darajada taqqoslash oʻtkazish imkonini bermayotganligi aytiladi.
– oʻta kambagʻallik darajasini xalqaro darajada qabul qilingan kambagʻallik chegarasi (kuniga 1,90 AQSH dollaridan kamroq mablagʻ hisobiga kun kechiradigan aholi ulushi) asosida hisoblash hamda kambagʻallik darajasini daromad darajasi oʻrtacha koʻrsatkichning quyi qismida boʻlgan mamlakatlar uchun belgilangan 3,20 AQSH dollariga teng boʻlgan xalqaro kambagʻallik chegarasi darajasi asosida hisoblash;
– kambagʻallikning turli jihatlarini aks ettirish maqsadida, sogʻliqni saqlash, taʼlim va uy xoʻjaliklarining daromad yoki xarajatlari kesimidagi koʻrsatkichlarni birlashtirgan koʻp oʻlchamli kambagʻallik indeksini ishlab chiqish;
– milliy kambagʻallik darajasini mamlakat uchun minimal turmush darajasining yangi qabul qilingan oʻlchovidan foydalangan holda hisoblash.
Rasmiy statistika maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda kambagʻallikka qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishildi. Xususan kambagʻallik darajasi 2000-yildan beri ikki barobarga kamayib, 2000-yildagi 28% dan 2019-yilda 11% ga tushdi. Shu bilan birga, hududiy tengsizlik saqlanib qolmoqda va hatto yildan-yilga oshib bormoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquqiy maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda batafsil muhokama qilindi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanganidek, qonun loyihasida shu kungacha koʻpchilikni qiziqtirib kelayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yurtimizdagi asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari, shuningdek,siyosiy boshpana berish masalalari aniq normalarda aks ettirilmoqda.
Bugungi kunda bu sohada qonun darajasiga ega boʻlmagan 25 dan ortiq tartibga soluvchi hujjatlar mavjud boʻlib, bularning hammasi yaxlit qonunda oʻz aksini topmoqda.
Har qanday chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs biror bir davlatga sarmoya kiritish, turizm, mehnat faoliyatini yuritish, taʼlim olish yoki boshqa maqsadlarda bormoqchi boʻlsa, oʻzining oʻsha yurtda qonun bilan belgilangan huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini bilishni istaydi.
Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yurtimizdagi huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini yagona hujjatdan bilib olish imkoniyatini yaratadi.
Loyihada Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosining va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish (undan chiqish) va uning hududida boʻlish huquqini beruvchi harakatlanish hujjatlari tushunchalari kiritilmoqda.
Barchamizga ma'lumki hozirgi rivojlangan zamonda, dunyoning eng qudratli mamlakatlari iqtisodiyotida xizmatlar sohasining o'rni yuqori ko'rsatkichlarga ega hisoblanadi. Ushbu sohani rivojlantirish barcha davlatlar oldidagi asosiy maqsadga aylanib qolmoqda. Bunga sabab xizmatlar sohasining rivojlanishi bevosita mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan parallel holatda aholining turmush darajasi va yashash sharoiti ham yuksalib boradi. Yurtimizda aholi sonining oshib borishi bilan birgalikda, yangi xizmat turlariga bo'lgan extiyoji ham ortib borishi hozirgi davr talablaridan biri hisoblanadi. Bularning barchasi aholining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish hamda mamlakatimiz aholisining turmush darajasini oshirishning omili sifatida qarashimizga sabab bo'lmoqda. Bundan ko'rinadiki, xizmatlar sohasi aholi turmush darajasi va sifatini baholash ko'rsatkichlarini aniqlash hamda ularni boshqarish bo'yicha turli xil yechimlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni taqazo etadi. Bundan tashqari davlatimiz rahbarining 2021-yil 3-dekabrdagi "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"[1]gi Farmoni ham ushbu masalaga jiddiyroq yondashishimizga turtki bo'ladi desak mubolag'a bo'lmaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar tahlili. Har bir mamlakatning aholisini yashash sharoitini yaxshilashda xizmat ko'rsatish sohasining o'rni beqiyosdir. Mamlakatda xizmatlar sohasining ortib borishi aholining yashash sharoitining yaxshilanishiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir etadi. Xizmat deganda biz avvalo insonning mehnat mahsulotini tushunish lozim. Ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo'lib, insonlarning aniq talabini qondirish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, xizmatni
insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan faoliyat turi desak bo'ladi. Amerikalik iqtisodchi olim K.R.Makkonnell, xizmatga quyidagicha ta'rif berib o'tgan: "Xizmat - bu sezib bo'lmaydigan (ko'zga ko'rinmaydigan) va uning o'rniga qiymatga ega bo'lgan qandaydir narsani iste'molchi, firma yoki hukumat tomonidan taqdim etilishidir"[2] deya takidlab o'tgan. Bundan ko'rinadiki xizmatlar keng qamrovli jarayon hisoblanib, aholining yashash tarzini ularsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Misol tariqasida birgina aksiyadorlik tijorat banklarining bank xizmatlari markazini oladigan bo'lsak, aholiga bank xizmatlarini ko'rsatishda hattoki chekka hududlardagi aholilarning viloyat markazlariga kelib ketishlaridagi vaqt va yo'l bilan bog'liq bo'lgan muammolarini bartaraf etishga xizmat qilish bilan bir qatorda bosh bankning deyarli barcha bank xizmatlarini aholiga ko'rsata olishi bilan ham samaraliroqdir. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor J.Qurbonov xizmatlarga quyidagicha ta'ris beradi: "Xizmat inson(lar)ning inson(lar)ga yaxshilik, ezgulik, manfaat keltirish yo'lidagi xarakatidir"[3], deya takidlab o'tgan. Ushbu iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarini o'rganib tahlil qilganizmizda, xizmatlar sohasining asosiy maqsadi bu aholining turmush darajasini yaxshilash, insonlarning og'irini yengil qilish hamda turmush sifatini yaxshilashdan iborat.
Xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida, hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2018 yillarda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to'g'risida"gi hamda "2017-2019 yillarda qishloq joylarda xizmat ko'rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida"gi Qarorlari qabul qilindi. Xizmatlar ko'rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va chora - tadbirlar natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o'sdi. Ushbu ko'rsatkich 2020 yilda 50,5 % ni tashkil etgan bo'lsa, 2021 yilning yanvar -iyun oylarida mazkur ko'rsatkich 43,1 % ni tashkil etgan. Sohada band bo'lganlar bugungi kunda jami band aholining 50% dan ortig'ini tashkil qiladi. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining 80,4 mingtasini yoki 81 %i aynan xizmat ko'rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda. Respublika bo'yicha sohada faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq korxonalar dastur doirasida begilangan imtiyozlardan foydalanmoqda. Dasturlarni amalga oshirish hisobiga jami xizmatlar xajmi 1,7 barobar, aholi jon boshiga xizmatlar esa 1,6 barobarga oshgan. Sohada rivojlanishning asosiy yuqori suratlari moliya, qurilish, sog'liqni saqlash, aloqa va axborotlashtirish, kompyuterda dasturlash, qishloq xo'jaligi texnikalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash hamda maishiy xizmatlarida kuzatiladi. Alohida shuni ta'kidlab o'tish lozim, soha o'sishiga ta'sir ko'rsatayotgan asosiy omillardan biri - bu kichik biznes sohasiga yaratib berilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar, qulay investitsion iqlim hamda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag'lari hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-yanvardagi PQ-1046 sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" davlat dasturida belgilangan barcha chora-tadbirlarni amalda bajarilishi, aholi daromadlarining oshishi va turmush darajasining ko'tarilishi, qishloqlarda ijtimoiy
infratuzilmani yanada rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma shaxobchalarini tashkil etish, yangi ish o'rinlarini barpo etish, xizmat ko'rsatish va seгvis sohasini, ta'lim tizimini, aholining tibbiy madaniyatini yanada rivojlantirishga yo'l ochib beгmoqda.
Infratuzilmani yanada rivojlantirish natijasida qishloq aholi punktlarini transport kommunikatsiyalarini yaxshilash, toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, tibbiy xizmatlar ko'гsatish, ta'lim-taгbiya xizmatlaгi, ayniqsa borish qiyin bo'lgan olis qishloq aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasi bilan qamrash ishlari rivojlanib bormoqda. Qishloq joylarda xizmatlar sohasini va servisni гivojlantiгish bo'yicha qabul qilingan qator qaгoгlaгda (2019-yil 20-yanvaгdagi №PQ-1041-sonli, 26-yanvardagi №PQ-1046 - sonli, 28-yanvaгdagi №PQ-1050- sonli, 17 martdagi №PQ-1073 - sonli) belgilangan topshiгiqlaгning bajaгilishini ta'minlash maqsadida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Qoгaqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2021-yilga mo'ljallangan xizmat ko'rsatish va seгvis sohasini гivojlantiгish hududiy dasturiga o'zgaгtiгishlaг kiгitildi, qishloq joylarda xizmatlarni гivojlantiгish bo'yicha qo'shimcha vazifalar qabul qilindi, qishloqlardagi tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, shahar bilan qishloq o'rtasidagi tafovutlarni qisqaгtiгish choгa-tadbirlari ishlab chiqildi. Qishloqlarda infratuzilmalarning tashkil etilishi natijasida qishloq aholisiga zamonaviy va sifatli xizmatlar ko'rsatilmoqda hamda joriy yilning oxiriga qadar faqat shu sohaning o'zida 140 mingdan ortiq ish o'rinlari tashkil etilishi mo'ljallangan. Dasturda belgilangan qo'shimcha choгalaгning bajarilishi umumiy xizmatlaг hajmining 2020 yilga nisbatan o'sish surati O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-640-sonli qaгoгida belgilangan 118,9% o'miga 123,4%ga o'sish imkoniyatini beradi. Olib borilayotgan monitoringni kuchaytirish hisobiga bu sohada qishloq aholisiga ko'rsatiladigan xizmatlaг hajmining ulushini 26,8%dan 30 %gacha ko'taгish ko'zda tutilgan. Amalga oshirilayotgan ishlaг natijasida joriy yilning yanvaT-aprel oylaгida dastuгda 4 oyga belgilangan 116,2% prognoz ko'rsatkichi 116,3%ga bajaгildi, qishloqlaгda ko'гsatilgan xizmatlar гespublika umumiy hajmining 23,5%ni tashkil etdi. Respublikaning qishloq xududlarida infratuzilmalarni rivojlantirishga katta ahamiyat beгilmoqda. Yilning o'tgan davrida qishloq joylarda prognoz bo'yicha 752 ta xizmat ko'rsatish shaxobchalari tashkil etilishi belgilangan bo'lib, amalda 1561 ta shaxobchalar tashkil etildi. Qishloqlarda ko'гsatilayotgan xizmatlarning sifati oshganligi, tuгlaгining ko'payganligi hisobiga aholining xizmatlardan foydalanish daгajasi o'sib bormoqda. Respublikada chakana savdo va umumiy ovqatlanish tizimlarida ko'гsatilayotgan xizmatlaг yuqori ko'гsatkichlaгda гivojlanmoqda. Jami tovar aylanma hajmi 2021 yilning yanvar-aprel oylarida avvalgi yilning shu davriga nisbatan 17,7% ga o'sib, umumiy tovaraylanma hajmining 36% qishloq joylarga to'g'ri keladi. Yildan-yilga statsionaг do'konlarning ko'payishi natijasida ular oгqali eгishilgan chakana tovaraylanma hajmi 38,4%ga o'sgan. Qishloq joylarida joгiy yilning 1 may holatiga xizmat ko'rsatayotgan statsionaг do'konlar soni 20 mingdan oгtiq bo'lib, ulaming 40%i oziq-ovqat mahsulotlari, 32%i nooziq-ovqat tovarlari va 28%i aralash mollar chakana savdo do'konlaгidiг. Qishloqlarda yanvaг - aprel oylaгida aholi jon boshiga sotilgan jami tovarlar hajmi 94 ming so'mni tashkil etgan.
Qishloq joylarda aloqa va axborotlashtirish, moliya va bank xizmatlari borgan sari rivojlanib bormoqda. Joriy yilning 1 may holatiga respublikada jami 367 ta, shu jumladan 87 ta qishloq joylarda axborot texnologiyalari orqali pochta xizmatlarini ko'rsatuvchi pochta bo'limlari tashkil etilgan. Kompyuter klublarining soni ortib bormoqda. Elektron pul o'tkazish uslublari rivojlanib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26-yanvardagi PQ-1046 sonli qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" davlat dasturida 2019-2020 yillar davomida ijtimoiy ahamiyatga ega ob'yektlarni telefonlashtirish, masalan 3363 ta maktab, 2388 ta maktabgacha muassasalar, 1249 ta qishloq vrachlik puntlari, 93 ta kollej va 70 ta kasalxona telefonlashtiriladi. Joriy yilda ushbu vazifalar bo'yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida aloqa va axborotlashtirish xizmati PQ-640 qarorida belgilangan 130% o'rniga 131,3%ga o'sadi.
Statistika ma'lumotlariga tayanadigan bo'lsak 2021 - yilning yanvar - iyun oylarida O'zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy narxlarda 318.5 trl so'mni tashkil etgan bo'lib, o'tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 6,2 % ga o'sganini ko'rishimiz mumkin [4].
Yalpi ichki mahsulotning o'sishi iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi -qishloq, o'rmon xo'jaligida 1,8%, sanoatda 8,5%, qurilishda 0,1% va xizmatlar sohasida 8,0 % darajasida qayd etilgan va ijobiy o'sish suratiga ega bo'lindi.
O`zbekiston Respublikasi aholisining turmush darajasi va farovonligini o`rganish maqsadida, davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xo`jaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar o`tkaziladi. O`z navbatida, uy xo`jaliklarida kuzatuv o`tkazish uslubiyoti Jahon Banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining tavsiyalariga asoslangan bo`lib, O`zbekiston Respublikasining barcha hududlarida o`tkaziladi. Bir yil davomida respublika bo’yicha 10 000 dan ortiq uy xo’jaliklarida, jumladan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha 588 ta, Andijon 780 ta, Buxoro - 648 ta, Jizzax - 492 ta, Qashqadaryo - 828 ta, Navoiy - 516 ta, Namangan - 756 ta, Samarqand - 936 ta, Surxondaryo - 720 ta, Sirdaryo - 432 ta, Toshkent - 840 ta, Farg’ona - 936 ta, Xorazm - 624 ta va Toshkent shahrida 912 ta uy xo’jaliklarida kuzatuv o’tkaziladi. 2017 yilda o`tkazilgan uy xo`jaliklari tanlama kuzatuvlarida 53 mingdan ortiq aholi qamrab olingan bo`lib, o`rtacha bir uy xo`jaligiga 5,1 kishidan to`g`ri kelganini ko`rsatdi. Jami kuzatilgan aholidan 50,4 % ni erkaklar va 49,6 % ni ayollar tashkil etdi. "Aholi turmush darajasi" tushunchasi juda murakkab va ko'p qirrali bo'lib, uni tavsiflash uchun biror indikatorni tanlash qiyin, shuning uchun bu atamaning turli jihatlarini tavsiflaydigan bir qator statistik ko'rsatkichlar hisoblab chiqiladi. Bugungi kunda aholining turli guruhlari manfaatlari hisobga olinmoqda, ish bilan bandlikning samarali tizimi va ish haqi to’lash tizimi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ko’rish orqali har bir insonga munosib hayot bilan ta’minlanmoqda. So`nggi yillarda hukumatimiz tomonidan aholi daromadlari va turmush darajasini yanada oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar, ish haqi va pensiyalar izchil ravishda o`sib borgani yaqqol namoyon bo`lmoqda. Quyida keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, 2000-2017 yillarda aholi jon boshiga daromadlar, ish haqi va pensiyalarning yildan yilga o`sib borish tendensiyalarini kuzatish mumkin. Ammo so`nggi yillarda daromadlarning tarkibidagi asosiy manbalaridan hisoblangan ish haqi hamda pensiyalarning o`sish sur`atlari pasaygan bo`lib, bu holat aholining umumiy daromadlariga ham o`z ta`sirini ko`rsatgan. O`z navbatida, daromadlar tarkibida mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi 68,5% ni (2010 yilda 71,6 %), transfert shaklida olingan daromadlarning ulushi 25,2 % ni (2010 yilda 24,3 %), mol-mulkdan olingan daromadlarning ulushi 4,1 % ni (2010 yilda 2,3 %), shaxsiy iste`mol uchun o`zida ishlab chiqarilgan xizmatlardan olingan daromadlarning ulushi esa 2,2 % ni (2010 yilda 1,8 %) tashkil etgan. Mehnat faoliyatidan olingan daromadlar ulushi ko`payishining asosiy omili bo`lib yangi ish o`rinlarini yaratish orqali aholi bandligini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida yuzaga kelganligidir. Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o’sish sur’ati Xorazm viloyatiga (16,0 %) to`g`ri keladi. Shuningdek, Namangan viloyati (13,5 %), Qoraqalpog’iston Respublikasi (12,6 %), Andijon viloyati (11,7%), Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatlarida (9,6%) aholi jon boshiga umumiy daromad ko’rsatkichlarining real o’sish sur’atlari respublika darajasidan yuqorini tashkil etgan. Daromadlar konsentratsiyasi Djini koeffitsienti (KG) mamlakat aholisi daromadlarining taqsimlanishini ko'rsatadi. O`rganilayotgan davrda daromadlarning taqsimlanishida ham ijobiy o`zgarishlar kuzatilmoqda. Aholi guruhlari o`rtasida daromadlarning teng taqsimlanishini aks ettiruvchi Djini koeffitsienti respublikasida 2000 yildagi 0,39 dan 2017 yilda 0,26 gacha kamaydi. Bu esa o`z navbatida jon boshiga to`g`ri keladigan daromadlar bo`yicha aholining tabaqalanishini sezilarli darajada kamayishidan darak beradi. Bu o`zgarishlarni yana boshqa ba`zi ko`rsatkichlar yordamida, ya`ni aholini daromadlari bo`yicha detsil hamda kvintil guruhlari kesimida ham ko`rish mumkin. Jumladan, 2000-2017 yillarda detsil koeffitsientining 21,1 barobardan 6,2 barobargacha, kvintil koeffitsientining esa 9,9 barobardan 4,1 barobargacha kamayish tendensiyasini keltirish mumkin. Aholi daromadlarini oshib borishi bilan bir vaqtda mamlakatimizda iste`mol tovarlarining mahalliylashtirilishi hamda ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholiga xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish hisobidan ushbu daromadlardan samarali foydalanish uchun sharoitlar yaratib kelinmoqda. Shuningdek, aholining iste`mol xarajatlari tarkibi yildan yilga optimallashib, oziq-ovqat mahsulotlari uchun xarajatlar barqarorlashib, nooziq-ovqat va xizmatlarga qilinayotgan xarajatlar ulushi ortib bormoqda. Buni quyida keltirilgan grafikda ham ko`rish mumkin. 2017 yilda 2000 yilga nisbatan aholining iste`mol xarajatlari tarkibida oziqovqat mahsulotlarining ulushi 14,2 birlikka kamaygan bo`lsa, nooziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga qilingan xarajatlar 7,0 birlikka va xizmatlarga qilingan xarajatlarning ulushi 7,2 birlikka oshgan. Aholi turmush darajasini baholashda jon boshiga to`g`ri keladigan daromad, xarajatlarning tarkibiy o`zgarishi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste`moli va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta`minlanganligi bilan bir qatorda uy-joy sharoitlari, aholining obod va zamonaviy uy-joylar bilan ta`minlanganligi, aholi istiqomat qiladigan muhitni rivojlantirish hamda obodonlashtirish, zarur infratuzilmaning mavjudligi va uning samarasi, zamonaviy talablar asosida ta`lim olish hamda sog`liqni saqlash tizimidan qoniqish kabi muhim ko`rsatkichlardan foydalaniladi. 0,2 5 12 50 0 20 40 60 Shaxsiy kompyuterlar 2017 y. 2010 y. 2005 y. 2000 y. 14 2017 yil kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra respublikamiz aholisining 97,9% shaxsiy hovli yoki kvartiraga ega. Bu ko'rsatkich qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholi bo'yicha 99,3% ni tashkil etmoqda. Ushbu ko'rsatkichlar 2000 yilda mos ravishda 93,7 va 95,4% ni tashkil etgan edi. Undan tashqari, 2000 yilda bir oila a'zosiga 20 kv.m va undan ko'p turar-joy maydoni to'g'ri keladigan uy xo'jaliklarining ulushi jami o'rganilgan uy xo'jaliklariga nisbatan 17,1% ni tashkil etgan bo'lsa, 2017 yil yakunlari bo'yicha ushbu ko'rsatkich 28,6% ni tashkil etdi. Bu ko'rsatkichlarni aholini uy-joy bilan ta'minlash, bevosita kam ta'minlangan va yosh oilalarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning samarali natijasi sifatida ko'rishimiz mumkin. So'nggi yillarda Hukumatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muxtoj, ko'p bolali hamda yosh oilalarni qo'llabquvvatlash maqsadida ularni arzon uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda, shuningdek, birgina 2018 yilning o'zida bunday uylarni qurish hajmi 1,5-2 barobarga oshirilishi rejalashtirilmoqda. O'zbekiston iqtisodiyotining bugungi rivojlanish bosqichida aholi turmush darajasining muammolari va uning dinamikasini belgilovchi omillar juda muhim va dolzarb bo'lib bormoqda. Mamlakatni yanada isloh qilish va oqibatda, jamiyatda siyosiy, binobarin, iqtisodiy barqarorlik yo'nalishi va sur'ati asosan ularning hal qilinishiga bog'liq. Ushbu muammolarni hal etish davlat tomonidan ishlab chiqilgan muayyan siyosatni talab qiladi, uning asosiy markazida inson, uning farovonligi, jismoniy va ijtimoiy salomatligi turadi. Aynan shuning uchun hayot tarzining o'zgarishiga olib keladigan barcha o'zgarishlar, aholining turli qatlamlari orasida katta qiziqish uyg'otadi. Shu jumladan, uy xo'jaliklari tanlama kuzatuvi ma’lumotlariga ko'ra, O'zbekistonda 25 yosh va undan katta aholining savodxonlik darajasi 2012 yildan buyon 100 foizga yetdi. So’nggi yillarda ta'lim darajasida o'zgarishlar kuzatildi. Jumladan, oliy ma'lumotli aholining ulushi barqaror o'sib bormoqda, natijada ta'lim tizimining faoliyati asta-sekin mehnat bozorining yangi talablariga muvofiq kelmoqda hamda O'zbekiston oliy ma'lumotli malakali mutaxassislar bilan ta'minlanmoqda.

Download 71.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling