Aholiga kо‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati faoliyatini yanada yaxshilash va aholiga yaqinlashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida
Download 18.84 Kb.
|
Birlamchi tibbiy yordam
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILAMAN
Aholiga kо‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami xizmati faoliyatini yanada yaxshilash va aholiga yaqinlashtirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida Farg‘ona viloyatida birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini kо‘rsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, aholiga kо‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash borasida muayyan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda viloyatdagi ayrim hududlarining geografik joylashuvida noqulayliklar mavjudligi sababli sog‘liqni saqlash muassasasigacha bо‘lgan masofaning uzoqligi, keksa va yosh bolalarga о‘z vaqtida sifatli tibbiy xizmat kо‘rsatilishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi sababli, ushbu hududlarda yashovchi aholiga qulaylik yaratish hamda birlamchi tibbiy yordam xizmatini yaqinlashtirish maqsadida sobiq qishloq vrachlik punktlari faoliyatini qayta tashkil etishni taqozo etmoqda. Ushbu hududlarda yashovchi aholiga tez va sifatli birlamchi tibbiy sanitariya xizmati kо‘rsatilishini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini yanada mustahkamlash va fuqarolarning kо‘p sonli murojaatlarini ijobiy hal etish, shuningdek, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda о‘tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar bо‘yicha 43-son yig‘ilish bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 6, 25, 27-moddalariga asosan, QAROR QILAMAN: 1. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2022-yil 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida va kengaytirilgan tarzda о‘tkazilgan majlisda berilgan topshiriqlar bо‘yicha 43-son yig‘ilish bayoni xususida qabul qilingan viloyat hokimining 2022-yil 22-avgustdagi 343-11-0-Q/22-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin. 2. Farg‘ona viloyati hokimining mazkur qarori bilan: - О‘zbekiston Respublikasi Preidentining 2017-yil 29-martdagi “О‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-2857-son qaroriga muvofiq faoliyati tо‘xtatilgan viloyatdagi 42 ta birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari bugungi kunda tо‘liq tamirlanib, faoliyatini qayta tashkilllash uchun tayyor holatga keltirilganligi; - birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish maqsadida Toshkent viloyatidagi “Karantin markazi”dan 70 dona konteynerlar olib kelinib, tegishli dislokatsiya asosida mahallalar hududiga о‘rnatilganligi va zarur jihozlar bilan ta’minlanganligi; - Viloyatda qayta tashkil etiladigan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari rо‘yxati 1-ilovaga; - birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda о‘rnatilgan 70 dona mahalla tibbiyot punktlari (konteynerlar) rо‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi; - Viloyat hokimning tegishli о‘rinbosarlari, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Moliya bosh boshqarmasi, tuman va shahar hokimliklari bilan birgalikda besh kun muddatda 1- va 2-ilovalarda keltirilgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari hamda mahalla tibbiyot punktlari faoliyatini samarali tashkil etish, moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash va kuz-qish mavsumini betalofat о‘tkazish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishi; - Sog‘liqni saqlash boshqarmasi: mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq qayta tashkil etilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari faoliyatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib borilishini ta’minlashi; birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarini belgilangan shtatlar jadvaliga muvofiq oliy hamda о‘rta tibbiyot xodimlari bilan ta’minlash va samarali faoliyat yuritishiga mas’ul etib belgilanganligi; - Moliya bosh boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga biriktirilgan aholi soni va mavjud meyoriy hujjatlardan kelib chiqib, Moliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ushbu muassasalar faoliyatini qayta tashkil etish uchun talab etiladigan shtatlar birligini ajratish va ularni ish haqi fondi bilan ta’minlash choralarini kо‘rishi; - 2023-yildan boshlab har yili birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini faoliyat olib borishi uchun zarur mablag‘larni byudjet parametrlariga kiritilishini nazarda tutishi; Download 18.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling