Aholiga yanada zamonaviy sharoitlar yaratish bugungi kun talabi


Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi


Download 126.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana03.02.2023
Hajmi126.96 Kb.
#1153286
1   2   3   4
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Aholiga yanada keng qulaylik yaratish maqsadida Toshkent – Bekobod yo'nalishida
elektrichka qatnovini yo'lga qo'yish bo'yicha topshiriq berildi. 
Xalqimizda "qadrlagan – qadr topar", degan naql bor. Xotirlash esa hayotdan ko'z
yumganlarni eslash va ularning haqiga xayrli duolar qilishdir. Prezidentimiz Bekobod
shahrida istiqomat qiluvchi Muxtor Mirkomilovning turmush o'rtog'i bevaqt vafot etgani
munosabati bilan o'tkazilayotgan ta'ziya marosimida ishtirok etib, xonadon egalariga
chuqur hamdardlik bildirdi, sabr-toqat tiladi. Mutasaddi rahbarlarga boshiga musibat
tushgan ushbu oilaga ko'mak ko'rsatish bo'yicha tegishli topshiriqlar berdi. 
Insonlarning dardu tashvishini o'ylab yashash odamiylikning eng oliy mezonidir.
Prezidentimizning ushbu teran ma'noli so'zlari hayotimizdan tobora keng o'rin
egallamoqda. Davlatimiz rahbarining amaliy faoliyatida, tashabbus va takliflarida bu
haqiqat yaqqol namoyon bo'lmoqda. Bu Bekobod shahar aholisi vakillari bilan bo'lgan
uchrashuvda ham yana bir bor o'z ifodasini topdi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida "Metallurg" madaniyat saroyida yig'ilish bo'lib
o'tdi. Unda Toshkent viloyati va Bekobod shahri faollari, tegishli vazirlik va idoralar
rahbarlari ishtirok etdi. 
Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylardagi Xalq
qabulxonalari aholi bilan muloqotning muhim tizimiga aylangani, turli masalalarga o'z
vaqtida yechim topilib, odamlarni rozi qilayotgani ta'kidlandi. 2017-2021-yillarda
O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha
Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat
qilayotgani qayd etildi. Aholiga barcha zarur sharoitlar yaratish, kommunikatsiya
tizimlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish
masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 
O'zA
5 / 5

Download 126.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling