Aholini ijtiimoiy himoyalashni takomilashtirish yo’llari


Download 35.08 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi35.08 Kb.
#1153421
Bog'liq
Aholini ijtiimoiy himoyalashni takomilashtirish yo`llari



Aholini ijtiimoiy himoyalashni takomilashtirish yo’llari
Reja:
I.Kirish
II. I bob: Ijtimoiy himoyaning adolat va demokratiya bilan bog‘liqligi

    1. Ijtimoiy himoyaning adolat va demokratiya bilan bog‘liqligi

    2. I.А.Kаrimоvning "Аhоlini ijtimоiy himоya qilish tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish vа mustаhkаmlаshgа оid chоrа-tаdbirlаr to’g’risidаgi" Fаrmоni haqida

III. II bob: Jamiyatda ijtimoiy himoya
2.1 Jamiyatda ijtimoiy himoya
2.2 Aholini ijtimoiy himoyalash va uni kafolatlash masalalarida davlatning roli
2.3 Ijtimoiy-siyosiy barqarorli
IV.Xulosa
V.Foydalanilgan adabiyotlar.


I.Kirish
Bugun O‘zbekiston sharoitida vaziyat butunlay o‘zgardi. 90-yillarning boshidagi iqtisodiy tanazzuldan chiqib ketildi. Endi esa, keyingi yillar davomida jamiyatda demokratik fikrlash va g‘oyaviy tashabbuskor bo‘lish tamoyilini tarkib toptirish jarayoni kechmoqda. O‘zbekiston jamiyati umuminsoniy muammolarga ham o‘z munosabatini dadil bildira boshladi. Mustaqillikni qo‘lga kiritganiga 19 yil bo‘lgan mamlakat uchun bu hol ijobiy holatdir. O‘zbekiston siyosiy barqarorlikning izchil ta’minlanishi jamiyatda o‘zgarishlarning tezda paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu o‘rinda Frantsiyalik yirik mutaxassis Mishel Baronning O‘zbekiston jamiyati to‘g‘risidagi e’tirofini keltirib o‘tish o‘rinlidir: “Mustaqillik haqida gapirganda, avvalo, bu so‘z zamirida yurt ozodligi va xalq erkinligi mujassam topishini aytib o‘tish lozim. Istiqlol tufayli inson o‘zining o‘tmishini, milliy qadriyatlari-yu an’analarini anglaydi, o‘zligini taniydi… SHu o‘rinda mustaqillik O‘zbekiston uchun, o‘zbek xalqi uchun nima berdi, degan savol tug‘iladi. Avvalo istiqlol tufayli jahon xaritasida “O‘zbekiston” degan nom, davlat paydo bo‘ldi. Mamlakatingizni, xalqingizni xalqaro hajamiyat e’tirof etdi, tanidi. Men xorijlik bir xolis kuzatuvchi sifatida hech ikkilanmay mamlakatingizda o‘tgan vaqt mobaynida bir necha o‘n yilga tatiydigan ishlar amalga oshirildi, deb ayta olaman. Tan olish kerakki, endigina istiqlolga erishgan xalqning mamlakatda qisqa fursatda bunday bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishi kamdan-kam davlatlarga nasib etgan. O‘zbekiston iqtisodiyoti ham kundan kunga rivoj topayapti, ildam qadamlar bilan jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashib bormoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda, mintaqaning eng muhim muammolarini yechishda e’tiborga molik tadbirlarni amalga oshirmoqda”. O‘zbekiston tinchlik, barqarorlik va hamkorlik yo‘lidan og‘ishmay olg‘a borayotganligi tufayli bunday e’tirofga munosib bo‘lib turibdi va yuqoridagi xolis baho mamlakatdagi siyosiy barqarorlik bunga misol. O‘zbekistonda islohotlar jarayonini amalga oshirish tamoyillaridan biri – fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashdir. Prezidentimiz Islom Karimov “Biz qurayotgan jamiyat O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy qadriyatlarimiz va madaniyatimiz qayta tiklanishi, insonning ma’naviy-axloqiy barkamolligini ta’minlashi kerak”,33 – deb ta’kidlaydi. Albatta, bunday maqsadga erishish salmoqli iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatni talab etadi. Fikrimizcha, mamlakatimizda bunday imkoniyat mavjud, u 40 foizga ega.34 Bu katta imkoniyat bo‘lib, jamiyatda kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga imkon beradi. Ma’lumki, muayyan jamiyatning ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqarorligini ta’minlash jarayonida shu jamiyatni ijtimoiy muhofazalash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, mamlakatimizning bu sohadagi yo‘lini umumiy tarzda qarab o‘tish o‘rinlidir. Ma’lumki, 1991 yilda sobiq sovet tuzumi inqirozga uchragach, Yevroosiyo qit’asida 15 ta yangi mustaqil mamlakatlar uchun demokratiyaga asoslangan jamiyat barpo etish imkoni paydo bo‘ldi. Buning uchun bu mamlakatlar ikki yo‘lni tanladilar:

I bob: Ijtimoiy himoyaning adolat va demokratiya bilan bog‘liqligi



    1. Ijtimoiy himoyaning adolat va demokratiya bilan bog‘liqligi

Biz yuqorida alohida ta’kidlaganimizdek, xalqimiz demokratiya deganda avvalo ijtimoiy adolatni tushunadi. Ushbu fikrni davom ettirib aytish mumkinki, xalqimiz adolat deganda o‘z navbatida avvalo ijtimoiy himoyani tushunadi. Mustaqillik yillarida bu holat hukumatimizning siyosatida doimiy e’tiborda bo‘lib kelmoqda. Aslida bugungi kunda dunyoda bozor munosabatlari sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati olib borayotgan mamlakatlar soni ko‘p emas. O‘zbekiston ana shu kam sonli mamlakatlar qatoriga kiradi. Bozor munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish esa ko‘p jihatdan ijtimoiy himoyalash tizimini samarali boshqarishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘qqizinchi sessiyasidagi (2002-yil 29-avgust) "O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari" ma’ruzasida fuqarolik jamiyatini barpo etish masalalari muttasil ravishda ijtimoiy himoya yo‘nalishida, jumladan, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, aholining himoyaga muhtoj qatlamlari va guruhlarini ijtimoiy jihatdan muhofaza qilgan holda, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va fuqarolar totuvligini saqlab qolishdek strategik muhim vazifalar bilan hamohanglikda amalga oshirilishini alohida ta’kidlagan edi. Hukumatimiz bu qat’iy siyosatni mustaqillikning dastlabki davridan boshlaboq izchil amalga oshirib kelmoqda. Shu ma’noda mamlakatimizda adolatparvarlik tamoyil sifatida ongli ravishda jamiyatimiz hayotining butun 32 iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singdirildi va u aholi uchun muhim ijtimoiy ko‘maklashuv mexanizmi bo‘lib shakllandi. Bu xalqchil siyosatning samarasi sifatida ijtimoiy muhofaza muayyan tizimga aylandi. Aytish mumkinki, aholining muhtoj qatlamlari va guruhlariga moddiy yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos milliy modeli ishlab chiqildi. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati har bir yilni nomlab, shu asosda davlat dasturlari qabul qilish va uni izchil amalga oshirish orqali ham joriy etilmoqda. Xususan, "Inson manfaatlari yili" (1997), "Oila yili" (1998), "Ayollar yili" (1999), "Sog‘lom avlod yili" (2000), "Ona va bola yili" (2001), "Qariyalarni qadrlash yili" (2002), "Obod mahalla yili" (2003), "Mehr va muruvvat yili" (2004), "Sihat-salomatlik yili" (2005), "Homiylar va shifokorlar yili" (2006), "Ijtimoiy himoya yili» (2007), "Yoshlar yili" (2008), - “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” (2009) dasturi o‘z ko‘lami, ahamiyati va mohiyati bilan bugungi kunimiz va ertangi kelajagimizning nafaqat moddiy tomonlarini, ayni paytda, madaniy va ma’naviy saviyamizni oshirishga qaratigan dasturnilari bilan ham axamiyatlidir. Masalan “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Dasturi ijrosini taminlash uchun 2 trillion 612 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflanganligi, va nihoyat 2010-yilni “Barkamol avlod” yili deb e’lon qilinishi jumladan ijtimoiy siyosat natijasidir. Onalar va bolalar salomatligini himoyalash maqsadida yurtimizda ko‘pgina ishlar amalga oshirilayotganligiga qaramasdan 2010-yilda davlat byujetidan sog‘liqni saqlash sohasidagi xarajatlarga 1 trillion 700 millard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. Bunday ishlarning barchasi ijtimoiy ximoyaning davomiy qismi hisoblanadi. Qolaversa, har yili qabul qilinadigan davlat dasturlarini maqsadli va adolatli amalga oshirishda qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlarining mas’uliyati oshirildi. Inflyatsiyani inobatga olgan holda har yili davlat budjetidan ajratiladigan maoshlar, nafaqa va stipendiyalar barqaror oshirib borilyapti. Muhtoj qatlam va guruhlarga nodavlat va jamoat tashkilotlari tarafidan moddiy yordam ko‘rsatishning ham turli shakllari paydo bo‘ldi va tobora takomillashib boryapti. 33 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yil 19- martda e’lon qilingan "Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi" Farmoni yuqorida so‘z yuritilgan siyosatning uzviy davomi bo‘ldi. Bu Farmon 2007- yil qabul qilingan "Ijtimoiy himoya yili" davlat dasturiga muvofiq hamda aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda aniq yo‘naltirilgan va tabaqalashgan yondashuvidir. Bu kam ta’minlangan oilalarni zarur moddiy yordam ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash maqsadida qabul qilindi. Unda ijtimoiy adolat, xolislik va oshkoralik tamoyillariga qat’iy amal qilgan holda ko‘rsatilayotgan moddiy yordamning aniq yo‘naltirilishini ta’minlash, uni haqiqiy ehtiyojmand oilalarga berish, boqimandalikka yo‘l qo‘ymaslik, oilalar daromadi va mol-mulkini har tomonlama hisobga olish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish asosida amalga oshirish ko‘zda tutildi1 . Farmonga ko‘ra, 2007-yilning 1-sentabridan davlat budjetidan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam to‘lash uchun ajratiladigan byudjet mablag‘lari hajmini, ayni vaqtda uni tayinlash va to‘lash muddatini 6 oygacha uzaytirgan holda, 1,5 baravarga, "Muruvvat" bolalar internat-uylari tarbiyachilari, o‘quv-yordamchi xodimlari va sanitar-enagalari ish haqi, ayni vaqtda bir tarbiyachi uchun ish me’yorini 15-18 nafar boladan 5-6 nafar bolaga kamaytirgan holda, stavkalarni tarif setkasi bo‘yicha bir razryadga ko‘tarish hisobidan bolalar, qariyalar va nogironlarning "Muruvvat" va "Sahovat" internat-uylari, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlar, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlari tashkil qilingan.

      1. I.А.Kаrimоvning "Аhоlini ijtimоiy himоya qilish tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish vа mustаhkаmlаshgа оid chоrа-tаdbirlаr to’g’risidаgi" Fаrmоni haqida

I.А.Kаrimоvning "Аhоlini ijtimоiy himоya qilish tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish vа mustаhkаmlаshgа оid chоrа-tаdbirlаr to’g’risidаgi" Fаrmоni// Хаlq so’zi, 2007, 20 mаrt. 34 yordam ko‘rsatish xizmati xodimlarini moddiy rag‘batlantirish fondi miqdori mehnatga haq to‘lash fondi hisobidan 25 foizgacha oshirildi. Shunisi ham muhimki, 2007-yilning 1-iyulidan boshlab urush va mehnat faxriylari sanatoriylari xodimlarining tarif stavkalariga 15 foiz miqdorida qo‘shimcha, jismoniy rivojlanish imkoniyati cheklangan va jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kollejlarda nogiron-o‘quvchilarning bepul ovqatlanishi, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati xodimlari, shuningdek, nogiron bolalarni uyda o‘qitayotgan pedagoglar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda eng kam ish haqining 1 baravari, Toshkent shahrida 1,5 baravari miqdorida oylik, yo‘l haqi kompensatsiyasi joriy etiladigan bo‘ldi. Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23- yanvardagi 573-qarori bilan tasdiqlangan "Ijtimoiy himoya yili" Davlat dasturi ijtimoiy adolatni to‘laroq ro‘yobga chiqarish uchun yangi bosqichni boshlab berdi. Ana shu dasturni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Prezident Farmoni esa uning amaliy isboti bo‘ldi. Farmonga ko‘ra, 28 ta "Mehribonlik" uyi, shuningdek, 86 ta sanatoriy tipidagi hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan maktabinternatlarni kapital ta’mirlash, jihozlash, ular uchun mikroavtobuslar sotib olish maqsadida davlat byudjetidan qo‘shimcha 8,2 milliard so‘m yo‘naltirilgan1 . SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining bolalar, qariyalar va nogironlarning "Muruvvat" hamda "Saxovat" internat-uylari, urush va mehnat faxriylari sanatoriylari, nogironlar reabilitatsiya markazlarini kapital ta’mirlash, jihozlash, ularning ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha 2007- yilda ushbu maqsadlarga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha 5,2 milliard so‘m yo‘naltirildi. Jamiyat hayoti bir joyda to‘xtab qolmaydi, u yaxlit sotsial tizim (sotsium) sifatida doimo oldinga intiladi. SHunga mos tarzda odamlar ongi ham tinimsiz 1 Bоlа vа Zаmоn // 2007-yil 4-sоn 35 o‘zgarib boraveradi. Ammo ijtimoiy ongni o‘zgartirishga ehtiyoj o‘tish davrida ayniqsa seziladi. Jamiyatni odamlar o‘zgartirar ekan va islohotlar odamlar uchun amalga oshirilar ekan, o‘zgarishlar inson va uning manfaatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Bu esa odamlardan islohotlar mas’uliyatini bab-baravar anglashni taqozo etadi. Shu ma’noda "Islohot islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun" degan tamoyil ijtimoiy mas’uliyatli bo‘lishga da’vatdir. SHu bilan birga hamisha ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar ham bor. Bunday insonlar safi o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi tabiiydir. 2006-yilda xususan, davlat va nodavlat tashkilotlari hamda homiylar ko‘magida yurtimizdagi ko‘p bolali, kam taminlangan oilalarga 10 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflab qora mol olib berilgani, mamlakatimizdagi sahovat va hikmatlilikning yana bir yorqin namoyishi bo‘ldi, deb ta’kidlagan edi Prezidentimiz Islom Karimov o‘z nutqida. Millionlab yurtdoshlarimiz ishtirok etkan umumxalq xayriya hasharidan tushgan mablag‘lar hisobidan 2 ming nafar yolg‘iz keksa va 66 ming kam ta’minlangan oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta’mirlab berilgani ham shunday savobli ishlar jumlasidandir. Ayni paytda qariyb 23 ming nafar qarovchisiz qariya va nogiron kishilarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatilgani, respublikamizdagi barcha “Sahovat” va “Muruvvat”, “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab-internatlarga homiylar tomonidan 3,5 milliard so‘mlik moddiy yordam berilganini bu boradagi muhim ishlar sifatida qayd etish lozim. Shuningdek, 2007 yilda kam ta’minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 16 milliard so‘mlikdan ziyod kiyim – bosh bilan ta’minlandi. Maktabdagi ilk bor qadam qo‘ygan farzandlarimizni darslik va o‘quv qurollari bilan bepul ta’minlash ishlari davom etirilib, 521 ming nafar bolaga qarib 15 milliard so‘mlik darslik va o‘quv qurollari sovg‘a sifatida berildi. 36 Nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun ” jamg‘armasi tashabbusi bilan, xorijiy hamkorlarni jalb etgan holda, tug‘ma nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalarni murakkab jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlari amalga oshirildi1 . “Homiylar va shifokorlar yili” dasturidan ko‘zda tutilgan tadbirlar ijrosi uchun qariyb 284 milliard so‘m, jumladan, 133 milliard so‘m budjet mablag‘i, 151 milliard so‘mdan ziyod idora va tashkilotlar, homiylar mablag‘i sarflangani ham shundan dalolat beradi. 2006 yilning o‘zida 8 ming o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lgan 6 ta akademik litsey va 70 ming o‘rinli 124 ta kasb-hunar kolleji qurib, foydalanishga topshirildi. 8,7 milliard so‘mlik va 15 million AQSH dollari miqdoridagi o‘quv-laboratoriya jihozlari xarid qilindi. Bu jarayonlarning davomi sifatida 2007 yil "Ijtimoiy himoya yili" deb e’lon qilinishi davlat dasturi to‘g‘risida»gi PQ-573-son qaroriga binoan ijtimoiy himoyaga daxldor ijtimoiy toifalar doirasiga quyidagilar kiritilgan: -etim-esirlar; -muhtoj kimsalar; -kam ta’minlanganlar; -ko‘p bolali oilalar; -nogironlar (imkoniyatlari chegaralangan insonlar); -yolg‘iz qariyalar; -faxriylar; -pensionerlar; -yosh bolali oilalar; -yosh oilalar; - yosh kelin-kuyovlar. Har qanday tuzum va jamiyatda aholining ayni toifalari u yoki bu darajada uchraydi. Ammo bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya o‘z-o‘zidan va tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan zamon talablariga javob 37 beradigan asbob va uskunalar bilan almashtirishga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Kimdir oldingi ishidan ajralishi, uni o‘zgartirishga majbur bo‘lishi ham zamonning zayli hisoblanadi.
II bob: Jamiyatda ijtimoiy himoya
2.1 Jamiyatda ijtimoiy himoya
Demak, jamiyatda ijtimoiy himoyaga muhtojlar safi o‘zgarib, ya’ni kamayib-ko‘payib turishi ham – tabiiy jarayon sifatida kechadi. Ijtimoiy himoya tizimining amal qilishi nuqtai nazaridan, 2007-yilning alohida ajralib turadigan bir jihati borki, bu ham bo‘lsa, bu yilning maxsus tarzda "Ijtimoiy himoya yili" deb nomlanishidir. Dastur ko‘lamini to‘laroq ko‘z oldimizga keltirish va u asosida amalga oshirilgan ishlarning ahamiyatini teranroq tasavvur etish uchun uning qismlari haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tish joiz. «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturining birinchi qismi amaldagi ijtimoiy himoya tizimining samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan yangi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar tayyorlash hamda amaldagilariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, aholining nochor qatlamiga yordam ko‘rsatishda differensiyalashgan yondashuvni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, uch yo‘nalishdagi vazifalarni bajarishni ko‘zda tutgan edi: 1) yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; 2) amaldagi qonun hujjatlariga va normativ hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; 3) «Ijtimoiy himoya yili» Dasturining vazifalari va uni amalga oshirish to‘g‘risida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda 2007 yildan boshlab ijtimoiy himoya tizimining huquqiy asoslari tubdan yangilana boshlandi. Bu vazifalarning ijrosi bo‘yicha bir necha yo‘nalishda ish olib borildi: -bir necha yangi qonun hujjatlari ishlab chiqilib, qabul qilindi, shuningdek, «Homiylik to‘g‘risida» hamda «Yod tanqisligi kasalliklarining 38 oldini olish to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi, bular ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirishga hissa bo‘lib qo‘shildi; -O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi; -ijtimoiy himoya yo‘nalishiga oid mavjud ayrim qonunlar va qonunosti hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Dasturning «Mehribonlik» uylari va ixtisoslashtirilgan maktabinternatlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, boquvchisini yo‘qotgan bolalarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish, «Sen yolg‘iz emassan» insonparvarlik shiorini hayotga amalda tatbiq etishni ta’minlash masalalariga oid ikkinchi qismida 2010-yilgacha davom etadigan vazifalar belgilandi. Bunda mamlakatimizning barcha hududlarida dastur bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi. «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturining uchiichi qismida aholining nochor qatlamlari, ya’ni muhtoj oilalar, nogironlar va yolg‘iz keksalarni aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy muhofaza qilish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llabquvvatlashni kuchaytirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirishda mahallaning rolini oshirish masalalari ko‘zda tutildi. Bunda mahalla orqali amalga oshiriladigan ijtimoiy himoya yanada aniqlashtirildi. O‘zini-o‘zi boshqarishning milliy tizimi bo‘lgan mahallaning mavqei yanada oshirildi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar yoki oilalarni avvalo mahalla yaxshi bilishi tufayli himoyaning asosiy yo‘nalishining mahalla orqali amalga oshirilayotgani ijtimoiy adolatga erishishning muhim omili sifatida baholandi. Barkamol avlodni voyaga yetkazish ishlarini yanada jonlantirish, shuningdek, onalik va bolalik to‘g‘risida g‘amxo‘rlikni amalga joriy etish, ayollar salomatligini mustahkamlash borasidagi ishlarni takomillashtirish vazifalari dasturning to‘rtinchi qismida bayon qilingan edi. Bundan avvalgi yillardagi ishlar, xususan, "Sog‘lom avlod yili", "Ona va bola yili", "Sihatsalomatlik yili" dasturlari asosida qilingan amaliy ishlar davom ettirildi. 39 Dasturning beshinchi qismi "ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi", «Mehribonlik», «Saxovat» va «Muruvvat» uylari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va munosib baholash mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan edi. Bu sohada xizmat qilayotgan insonlar mehnati adolatli baholanishiga e’tibor qaratilgani dasturning insonparvarlik tabiatini ko‘rsatadi. Dasturning oltinchi qismi yosh avlodning hayotiy muhim manfaatlarini ta’minlash, yoshlarning professional va ma’rifiy yuksalishini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqti va sport bilan shug‘ullanishini tashkil etish, shuningdek, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga qaratildi. Dasturda belgilangan yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, yosh oilalarga uy-joy sotib olish uchun qulay imkoniyatlar yaratish, bolalar ijodiyotini rivojlantirish, bu borada turli ko‘rik va tanlovlar o‘tkazish va boshqa muhim vazifalarning amalga oshirilishi "YOshlar yili" davlat dasturini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qildi. Dasturning yettinchi qismi faxriylar va pensionerlarga yordam ko‘rsatish darajasini yanada oshirish, davlat va jamoatchilik tomonidan ularni qo‘llabquvvatlashni ta’minlash, muhtojlarga beg‘araz yordam ajratish masalalariga daxldor chora-tadbirlarni nazarda tutgan edi. Rejalashtirilgan choralar, ya’ni pensionerlarni bepul imtiyozli dori-darmonlar bilan ta’minlash, aholining ma’lum muhtoj toifalariga uy-joy kommunal xizmatlar uchun kompensatsiya to‘lash, bayramlarda insonparvarlik yordami ko‘rsatish, kam ta’minlangan keksalarni Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xiva, Termiz shaharlariga bepul sayohatga olib borish, yolg‘iz pensioner va nogironlarni telefon aloqasi bilan ta’minlash ishlari to‘la bajarildi. Davlat dasturi ijrosini ta’minlash uchun salkam 400 milliard so‘m sarflandi. Bu mablag‘ning bir qismi davlat budjetidan, qolgani esa tashkilotlar va homiylar hisobidan ajratildi. Xullas, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya siyosati fuqarolik jamiyatini barpo etishda kuchli ijtimoiy siyosatning mexanizmi sifatida iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati bo‘lib kelmoqda va shu ma’noda ijtimoiy 40 adolat va demokratiyaning talabi sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2007 yilning samarali yakunlanganligi, 2008 - yilning esa uning mantiqiy davomi sifatida "Yoshlar yili" deb nomlanishi va davlat dasturining ishlab chiqilganligi nuqtai nazaridan uning natijalarini qanday baholash mumkin? Avvalo "Ijtimoiy himoya yili" davlat dasturi istiqlol yillarida izchil amalga oshirib kelingan ijtimoiy himoya siyosatini davom ettirish imkonini berdi. Qolaversa, 2007 - yilda ijtimoiy himoyaga har qachongidan ko‘ra ko‘proq e’tibor berildi. Mamlakat xalqining butun diqqat-e’tibori shu muhim masalaga qaratildi, bu boradagi boy merosimiz o‘rganildi, shu yo‘nalish bo‘yicha milliy fazilatlarimiz ro‘yobga chiqarildi. Muhim natija shu bo‘ldiki, ijtimoiy himoya tizimi yanada qat’iylashadi, uning doimiylik tabiati mustahkamlandi. Albatta, ijtimoiy adolat va demokratiyaning qaror topishi ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishlari misolida ijtimoiy himoya tizimi bilan hamohang taraqqiy eta boradi. SHu ma’noda bu mexanizmni tahlil qilib ko‘ramiz. Odamlarning farovon hayoti aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. Uy-joy kommunal xo‘jaligi odamlarning hayot tarzini ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shuning uchun ham Respublikamizda kommunal xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini isloh qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Oxirgi o‘n yillik ichida yurtimizning kommunal xizmat ko‘rsatish tarmog‘iga talaygina sarmoyalar kiritildi, bu esa bevosita toza ichimlik suvi va tabiiy gazdan foydalanish hamda yuqori sifatli xizmatlar imkoniga keng ega bo‘lgan uy-joy xo‘jaligiga va ishlab chiqaruvchilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Hozir yurtimizda kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga, energiya va resurslarni tejashga qaratilgan bir qator sarmoya loyihalari, jumladan, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida umumiy qiymati 65,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlari suv ta’minoti tizimini takomillashtirish" loyihasi, Jahon tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida 6,3 mln. AQSH dollarlik "Buxoro va Samarqand shaharlari suv 41 ta’minoti" loyihasi, 15,6 mln. AQSH dollarlik "Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining foizsiz va imtiyozli kreditlari hisobidan gaz o‘lchagichlarni xarid qilish" loyihasi, 166,2 mln., AQSH dollarlik "Buxoro viloyati suv ta’minotini yaxshilash" loyihasi, 73,3 mln. AQSH dollarlik, "Toza suv, sanitariya va aholi sog‘lig‘i" loyihasi, 19,8 mln. AQSH dollarlik "Nukus va Urgench shahar suv ta’minotini yaxshilash" loyihasi, 12,5 mln. AQSH dollarlik "Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati ichimlik suvi ta’minoti tizimini takomillashtirish" loyihalari amalga oshirilmoqda155 . Ma’lumki, ijtimoiy adolat qishloqlarda aholi yashash joylarini rivojlantirish masalalarini hal etishni nazarda tutadi. shu ma’noda qishloq infratuzilmasi rivojini ta’minlash katta ahamiyat kasb etadi. XX asrning oxirlarida Orol mintaqasining ekologik inqirozi O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suv ta’minotining manbalari hisoblangan chuchuk suv zahiralarining 30% ga yaqini ishdan chiqishiga olib keldi. Suv havzalarining sug‘oriladigan yerlardagi zovur suvlari, yaxshi tozalanmagan sanoat va kommunal-maishiy oqova suvlarning tashlanishi natijasida daryolarning o‘rta hamda quyi oqimlari suvi tarkibida minerallar ko‘paydi, uning qattiqligi ortdi, u fenol va pestitsidlar bilan ifloslandi. Ushbu daryolar va sug‘orish kanallari suvining sizib chiqishi hisobiga yuzaga keluvchi yerosti suvlari tarkibida tuzlarning miqdori va suvning qattiqligi ortib ketdi. Natijada Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining g‘arbiy tumanlarida, shuningdek, Navoiy, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida sifati O‘zbekiston Respublikasi standartlariga javob beradigan mahalliy suv ta’minoti manbalari deyarli yo‘qolib ketdi. Bundan tashqari, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarining ayrim tumanlaridagi suvning sifati va qattiqligi yuqorida aytilgan viloyatlardagidan ham birmuncha yomondir.
2.2 Aholini ijtimoiy himoyalash va uni kafolatlash masalalarida davlatning roli
Aholini ijtimoiy himoyalash va uni kafolatlash masalalarida davlatning roli va vazifalari bo‘yicha Jahon banki iqtisodiy rivojlanish Instituti inson resurslari bo‘limining 1992- yilda tayyorlangan “Iqtisodiy o‘sish davrida ijtimoiy islohotlar o‘tkazish” (SPRITE) dasturiga ko‘ra, Markaziy YEvropa davlatlari va sobiq Ittifoqning 12 ta mustaqil davlati, shu ijtimoiy himoya (sotsial protection) va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash (sotsial safety net) Kompleks rejalari asosida qator amaliy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu dasturning negizini ijtimoiy sug‘urtalar (nafaqa sug‘urtasi, kasallik sug‘urtasi, ishsizlikdan sug‘urta, tibbiy sug‘urta, baxtsiz hodisalardan sug‘urta, oilaviy va kam ta’minlanganlar uchun nafaqa) tadbiq etish tavsiya qilingan. Bu sug‘rtalarning ba’zilari O‘zbekistonda hozirning o‘zidayoq amalga oshirilmoqda. Dunyoda hozirgi davrda aholini ijtimoiy himoya qilishda bir qator modellar mavjud. Ulardan biri Skandinaviya mamlakatlarida (Finlandiya, Shvetsiya) qo‘llanilayotgan sotsial-demokratik model bo‘lib, bunday modelga ko‘ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha ma’suliyatini o‘z zimmasiga oladi. Neoliberal modelga ko‘ra esa (AQSH) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba yushmalari bajaradilar. Neokonservativ modelga ko‘ra (Germaniya) ijtimoiy himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal budjeti asosida olib boriladi. 22 Ma’lumki, ijtimoiy himoya va ijtimoiy kafolatning muhim yo‘nalishini nafaqa bilan ta’minlash sohasidagi chora-tadbirlar tashkil etadi. Rivojlangan mamlakatlarda nafaqa yoshining chegarasi har xil belgilangan. Masalan, u Italiyada erkaklar uchun 60 yosh va ayollar uchun 50 22 Qarang: Kadomtseva S.V. sotsialnie reformi v stranax s perexodnoy ekonomikoy. – M.:IKS “Dis”, 1997. S.131 94 yosh, Fransiyada erkak va ayollar uchun bir xil – 60 yosh, AQSH, Germaniya, Shvetsiya, Kanada va Ispaniyada har ikki jins uchun 65 yoshdan qilib belgilangan. 23 Lekin ko‘pchilik Yevropa davlatlarining qonunlariga ko‘ra kishilar muddatdan oldin ham nafaqaga taqdim etiladi. Bu avvalo, mehnat sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan ishlarda ishlagan kishilarga tegishlidir. Avstraliya, Belgiya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Niderlandiyada shaxtyorlar yer osti ishlarida 15 yil ishlagan bo‘lsa, 5 yil oldin nafaqaga chiqadilar. Ispaniyada yer ostida ishlaganlar har bir yil uchun nafaqa yoshi 6 oyga qisqaradi. Ishchining mehnat qobiliyati pasayganda u qarilik nafaqasiga birmuncha barvaqt chiqish huquqiga ham ega bo‘ladi. Masalan, Niderlandiyada 15 foiz mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslarga nafaqa oxirgi daromadining 75 foizi miqdorida tayinlanadi. Bir qator mamlakatlarda esa ishchilar belgilab qo‘yilgan yoshga nisbatan erta nafaqaga chiqishlari mumkin. Ammo, bunda nafaqa miqdori birmuncha kam bo‘ladi. Masalan, AQSHda har bir yil uchun nafaqa 6.6 foizga kamaytiriladigan bo‘lsa, nafaqa yoshi 3 yilgacha pasayishi mumkin. Finlandiya va Shvetsiyada nafaqa yoshiga etmagan har bir yil uchun nafaqa puli 6 foiz kamaytirilsa, nafaqa yoshi esa 5 yilga pasayadi. 60-yillarning oxirlaridan boshlab rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda narxning o‘sishi to‘xtamayotgan sharoitda nafaqa oluvchilarning xarid qilish qoboliyatini saqlash uchun nafaqalarni muntazam qayta ko‘rib chiqish ishlari amalga oshirilgan. Bunda, ish haqi yashash qiymati ko‘rsatkichiga ko‘ra o‘tkaziladi
2.3 Ijtimoiy-siyosiy barqarorli
O‘z navbatida, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta’sirchan vositalari nimalardan iborat degan savol tug‘iladi. O‘zbekiston jamiyatida bu omillardan biri ijtimoiy himoyalashdir. Ijtimoiy himoya jamiyat negizini saqlab qolish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Unda milliy va siyosiy birlikning saqlanishidek omil mavjud. Zero, rivojlanayotgan jamiyatda barqarorlik xavfi paydo bo‘lishi tabiiy. Hozirda O‘zbekistonda jamiyat rivojlanishining muhim bosqichi davom etmoqdaki, bunda uning xavfsizligini ta’minlash ham zaruriyat hisoblanadi. Prezident Islom Karimov: “O‘zbekistonda ozod va obod Vatan taraqqiyoti uchun quydagi xavflar mavjud48”,-deb takidlagan edi. 1. Diniy aqidaparastlik. Sobiq SSSR da biryoqlama mafkura olib borilgani uchun xalq qadriyatlari toptaldi. Diniy qadriyatlar shular jumlasidan edi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, diniy xo‘rlik boshlanib, musulmonlikning nufuzli ibodati bo‘lgan haj amali ham davlat ko‘magiga 47 Qarang: Jumayev R.Z. Politicheskaya sistema Respubliki Uzbekistan: Stanovleniye i razvitiye. –T.: Sharq, 1996. C175. 76 olindi. Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi, mamlakatda salkam yigirmata konfessiyalarning faoliyat olib borishlari uchun sharoit yaratildi. Biroq bunday imkoniyatlarni tor manfaatlar doirasida foydalanish tendensiyasi hanuzgacha ko‘zga tashlanmoqda. Davlat siyosatiga aralashuvchi va uning faoliyatiga ta’sirchan usullar bilan xavf solishga intiluvchi diniy aqidaparastlik xavfi saqlanib turibdiki, bu demokratik jamiyat uchun jiddiy tahdid hisoblanadi. 2. Erishilayotgan yutuqlarni inkor etish. O‘zbekiston jamiyati dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘la boshlagan bir davrda, ayrimlarda muvafaqqiyatlarni ko‘r-ko‘rona inkor etish ruhi goh-goh namoyon bo‘lmoqda. “Demokratiya” niqobi bilan ayrim guruhlar goh zimdan, goh oshkora fuqarolarga zararli ruhiy-psixologik ta’sir o‘tkazishga urinadilar. Bundan ogoh bo‘lish talab etiladi. 3. Milliy mahdudlik. Taraqqiyotda milliylik tushunchasi muhim unsurdir. Biroq, milliylik tushunchasini tor ma’noda talqin etgan holda mahdudlashtirishga urinishlar ham yo‘q emas. Aslida, milliylik deganda ma’lum xalqning, jamiyatning o‘z qiyofasi va xususiyatlariga asosan faoliyat yuritib, o‘z madaniyati va taraqqiyoti qadriyatlarini takomilashtirish tushuniladi. Milliylikni biryoqlama bo‘rttirib, uni umuminsoniy tamoyil va qadriyatlarga qarama-qarshi qo‘yish, faqat tor milliylikning ustuvorligiga me’yordan ortiq intilish milliy mahdudlikdir. Kuchli jamiyat o‘zini-o‘zi muhofaza qilishda himoyalanishning yovvoyi shakli bo‘lgan qurollanish bilan emas, balki ta’sirchan demokratik vositalardan foydalanadi. Ijtimoiy himoyalash shu ma’noda yuqorida qayd etilgan bir qator xavflarning oldini olishda zarur funktsional vazifalarni o‘taydi. Mulkiy tabaqalanish keskin bo‘lmagan jamiyat kuchli jamiyat hisoblanadi. Kuchli jamiyat inqiroz va xavf ta’sirlaridan o‘zini-o‘zi himoya eta oladi. Ikkinchidan, har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy faolligi oshadi. Endi uni jamiyatdan “yotsirash” illati tark etadi. Fuqaroning ijtimoiy-siyosiy faolligi jamiyatning taraqqiy etishi uchun muhim omilga aylanadi. Uchinchidan, jamiyat taraqqiyoti uchun asos vujudga keladi. Bunday fundamental asosning ishonchliligi jamiyatni muhofaza qilishda ham muhim vosita hisoblanadi. To‘rtinchidan, jamiyatning barqarorligini ta’minlovchi eng ta’sirchan vosita yuzaga keladi. O‘zbekiston jamiyatida “Islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bo‘lmish aholini ijtimoiy himoya qilish haqiqatan ham asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi”.49 Bu “asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish” jamiyat siyosiy barqarorligi uchun, fikrimizcha, quyidagi omillarni belgilab bermoqda: 1. Kuchli ijtimoiy siyosat. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining yetakchi tamoyillaridan biridir. Bu g‘oyat muhim masala. Iqtisodiy tiklanish davrida istiqlol yo‘liga ishonch ko‘plab muammolarni hal etuvchi omil bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda bu ishonch aniq iqtisodiy zamin asosida hosil qilinmog‘i zarur. Aks holda islohotlarga ishonch zaiflashib qolishi mumkin. 2. Kuchli ijtimoiy siyosat eng avvalo inson uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratadi. XXI asr boshida dunyo taraqqiyoti bu masalani asosiy omil sifatida qo‘ymoqda. Jamiyatimiz bu masalani hal etishda ijtimoiy himoyalashdan unumli foydalanadi. 3. Kuchli ijtimoiy siyosat islohotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazish kafolatidir. Ayrim mamlakatlarda islohotlar taqdiri tashvishli bo‘lib qolayottgan hollar ham yo‘q emas. Shu ma’noda fuqarolarning islohotlar natijasiga ishonchini muqim oshirib borish maqbul jarayon hisoblanadi. O‘zbekiston jamiyatida turli ta’sirchan vositalar asosida islohotlarni muvaffaqiyatli yakunlashga alohida e’tibor berilmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat ana shu 49 Qarang: Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy siyosatning ustivor yo‘nalishlari. –T.: O‘zbekiston, 1993. B. 20. 78 ta’sirchan vositalardan biridir. Fuqarolarning manfaatdorligi oshib borgan sayin islohotlar jarayoni ham tezlashib boradi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat jamiyatda boshlangan yangilanish jarayonining orqaga qaytishga imkon bermaydigan ijtimoiy tayanchi bo‘lib xizmat qiladi. Bularning barchasi jamiyat ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashdagi negizlardir. Bizning kuzatishimizcha, ayrim mustaqil davlatlarda demokratik tamoyillar yaxshi tarkib topa boradi. Biroq islohotlarning muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun ta’sirchan vositalarga diqqat qilinmadi. Bundan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda avvalo fuqarolarni ijtimoiy himoyalashga e’tibor berildi va iqtisodiy siyosatda ustuvor etib belgilandi. O‘zbekiston tanlab olgan yo‘l shu ma’noda ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan iqtisod bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda ijtimoiy himoyalash aholining kam ta’minlangan tabaqalariga, bolalar, qariyalar, nogironlarni, shuningdek sog‘liqni saqlash, talim, fan, madaniyat va san’at sohalarini qo‘llab-quvatlashga qaratilgan. Negaki, O‘zbekiston uchun, ma’naviy, tarixiy va madaniy qadriyatlar, aholining axloqiy holati, yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifadir. Bu bilan “Fuqarolarning o‘zaro tenglik va hamkorligi ta’minlanadi”.50 Bunday fikrni ko‘plab xorijlik mutaxassislar ham bildirmoqdalar. Kuchli ijtimoiy siyosat oxiroqibatda tub o‘zgarishlar jarayonida bo‘lgan jamiyat uchun muhim omil sifatida namoyon bo‘ladi. Turli siyosiy harakatlarning faoliyatda bo‘lishi va rivojlanishiga ta’sirchan yordam ko‘satishi uchun imkoniyat tug‘diradi. Bunday sharoitda: - fuqarolarning siyosiy faolligi yanada oshadi; - mehnat resurslarini ijtimoiylashtirish ortadi; - mintaqaviy rivojlanish avj oladi; - ijtimoiy-siyosiy jarayonlar barqarorlashadi va h.k. 50 Qarang: Jumayev R.Z. Politicheskaya sistema Respubliki Uzbekistan: Stanovleniye i razvitiye. –T.: Sharq, 1996. C 177 79 O‘zbekistonda olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat o‘zining muayyan tajribalariga ega bo‘ldi.

IV.Xulosa


Darhaqiqat, bugungi dunyo sharoitida mintaqaviy rivojlanish zaruriyati tarzida ortmoqda. Chunki aholining ayrim mintaqalarda zich joylashishi ularni ish bilan band qilish va ijtimoiy faoliyatdagi ishtirokini ta’minlash kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu masala dasturiy asosda hal etib borilishi zarur. Ijtimoiy kafolatlar tizimining ta’sirchan holda yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun zamin hozirlashi zarur. Shu holda viloyatlarda yildan-yilga ijtimoiy o‘sish sur’ati oshib boradi. Shunday qilib, kuchli ijtimoiy siyosat muayyan mamlakat uchun katta imkoniyatlar tizimini yaratishi muqarrar. Buning uchun esa uzluksiz va tizimli ijtimoiy jarayon ta’minlanishi talab etiladi. Kuchli ijtimoiy siyosat demokratik jamiyatning tayanch nuqtasidan biri hisoblanadi. Bugungi O‘zbekistonda qariyb 28 mln. aholining 70 foizi qishloqda yashashi ma’lum. Demak yangi iqtisodiy tizimga o‘tish davrida O‘zbekiston uchun ta’sirchan ijtimoiy siyosat ishlab chiqilib, amalga oshirilmaganida jamiyat siyosiy barqarorligi haqida o‘ylash yoki so‘z yuritish mushkul bo‘lar edi. Chunki, O‘zbekistonda ishlab chiqarish mustaqillikkacha nihoyatda nochor ahvolda edi. Jamiyat siyosiy portlash arafasida bo‘lib, ba’zi kuchlar “Demokratiya” niqobi ostida o‘z manfaatlari yo‘lida harakat boshlagandi. Mana shunday qaltis vaziyatlar iskanjasida O‘zbekiston o‘z mustaqil siyosatini boshladi va ijtimoiy himoya bu siyosatning asoslaridan biri sifatida tanlab olindi. “O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritmaganda edi, yetilib turgan tartibsizliklar va xalqning kulfatiga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy inqirozlar, o‘tkir siyosiy to‘qnashuvlarning oldini olish g‘oyatda mushkul 80 bo‘lardi”.51 Bu o‘rinda ijtimoiy himoya tizimi jamiyatni qutqarishdek noyob rolni ham bajarganligini unutmaslik kerak. Mutlaqo yangi jamiyat barpo etilayotgan bir paytda ijtimoiy himoyaning natija berishi tarixan isbotlangan va asoslangan hodisadir. Prezident Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” nomli asarida “davlatchiligimizning tarixiy ildizi va asoslarini ilmiy asoslash”52 masalasini qat’iy kun tartibiga qo‘ygan edi. Masalaning bunday tarzda qo‘yilishi bugungi ijtimoiy siyosatimizga ham dahldordir. Chunki, Sharq davlatchiligi tarixan muayyan masalalarda o‘z ildizlariga ega. Jumladan, Amir Temur (1336-1405) davlatida ham fuqarolarni ijtimoiy himoyalash masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bu boradi vaqf mulki tizimidan unumli foydalanilgan.53 Unga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalar, yetim-esirlar va beva-bechoralar, so‘fiylar, din ulamolari vaqfdan kelgan mablag‘ hisobidan ijtimoiy ta’minlangan. Natijada Amir Temur davlatida keskin tanazzul emas, balki ijtimoiy taraqqiyot yuz bergan. Temur va temuriylar davlatida vaqf instituti g‘oyat darajada shakllanib, u jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Demak, O‘zbekistonning bugungi ijtimoiy himoyalash siyosati teran tarixiy ildizga ega bo‘lib, u zamonaviy demokratik tamoyillar bilan boyib bormoqda.
V.Foydalanilgan adabiyotlar
1. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining
Qonuniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston
Respublikasining 1998-yil 1-may Qonuni // O‘zbekistonning yangi
qonunlari. 18.-T.: “Adolat”, 1998. B.198-221.
2.Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T.10. –T.: “O‘zbekiston”, 2002. 429-b
3. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida (yangi tahriri),
O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprel Qonuni //
O‘zbekistonning yangi qonunlari.18.-T.: “Adolat”, 1999. B.113-130.
4. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish
to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. 2001-yil
13-fevral.
5. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T.:
“O‘zbekiston”, 1992.78-b.
6. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T.: “O‘zbekiston”, 1999.
682-b.
7. Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. –
T.: “O‘zbekiston”, 1995. 191-b.
8. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari. –T.: O‘zbekiston, 1997.
326-b.
9. Karimov I.A. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari. –T.: “Sharq”, 1998.
104-b
10. Karimov I.A. Adolatli jamiyat sari. T.: “O‘zbekiston”, 1998. 160-b
11. Karimov I.A. Vatan va xalq manfaati har narsadan ulug‘. T.:
“O‘zbekiston”, 1998. 62-b
12. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot—pirovard
maqsadimiz. T.: “O‘zbekiston”, 2002. 112-b
13. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.:
“O‘zbekiston”, 1996. 364-b
14. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T.2. –T.: “O‘zbekiston”,
1996. 380-b
15. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T.3. –T.: “O‘zbekiston”,
1996. 366-b
16. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. 4. –T.: “O‘zbekiston”, 1996.
349-b
Download 35.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling