Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari Mundаrijа Kirish I bоb. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi hаqidа umumiy tushunchаlаr va о’zigа xоs xususiyаtlаri
II.bоb. Aholini ijtimoiy himoyalash va bu jarayonning asosiy ko’rinishlari
Download 57.51 Kb.
|
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari Mundàrijà Kirish I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari
- 50 million AQSh dollari
II.bоb. Aholini ijtimoiy himoyalash va bu jarayonning asosiy ko’rinishlari
2.1. Aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi. Prezident farmoyishi bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa olish jarayonini soddalashtirish rejalashtirilgan. 2030 yilda davlat byudjetining ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan xarajatlari YAIMga nisbatan 1,5%ga yetkaziladi. Ijtimoiy himoya sohasida yagona mas’ul organ tuziladi. O‘zbekiton prezidenti «2021−2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishni imzoladi, deya xabar berdi Moliya vazirligi matbuot xizmati. Hujjat bilan 2021−2030 yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi va strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzildi. Hujjat loyihasi Moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan edi va muhokamaga o‘tgan yil kuzda qo‘yilgan edi. Hujjatga muvofiq, Aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasida ijtimoiy himoya sohasida ijtimoiy yordam va xizmatlarning bazaviy kafolatlari belgilanadi. Bunga quyidagi chora-tadbirlar kiradi: asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, ta’lim, parvarish va boshqa zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar olishga imkoniyati bo‘lmagan bolalarga ko‘maklashish; kasallik, ishsizlik, onalik va nogironlik kabi holatlar tufayli o‘zini o‘zi ta’minlash masalalarini to‘liq hal qila olmaydigan mehnatga layoqatli fuqarolarni kafolatlangan daromadlar bilan ta’minlash; keksa yoshdagi fuqarolarni kafolatlangan daromad bilan ta’minlash. Jahon tajribasi amaliyotlarida qabul qilingani kabi onalikni himoya qilish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalarini ijtimoiy sug‘urta tizimiga kiritish hamda Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish masalasi o‘rganiladi. Konsepsiya bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun ariza beruvchilarning muhtojlik darajasini aniqlash jarayonlarini soddalashtirish hamda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va to‘lash jarayonlarini tezlashtirish rejalashtirilgan. Bu kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish maqsadida amalga oshiriladi, deyiladi hujjatda. Bundan tashqari, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun berilayotgan subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimi joriy etiladi. Aholiga ko‘rsatiladigan jtimoiy xizmatlarni individual ijtimoiy moslashuv dasturlari orqali taqdim etish tizimi ishlab chiqiladi. Farmoyishga ko‘ra, aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan yagona organ belgilanadi. Chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, boshpanasiz qolgan, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan oilalar va shaxslarni mulk huquqi berilmagan holda joylashtirish uchun mahalliy hokimliklar tomonidan uy-joylarni sotib olish tartibi joriy etiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maktabgacha ta’limni uyda berish modeli joriy etiladi. 2025 yilga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi negizida tuman (shahar)lar miqyosida Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etiladi. 2030 yilda Davlat byudjetining aholini ijtimoiy himoyasiga xarajatlari ichki yalpi mahsulotga nisbatan 1,5 foizga yetkaziladi. 2030 yilgacha aholini ijtimoiy himoya Milliy strategiyasi loyihasini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNISEF, BMT Taraqqiyot Dasturi va Jahon bankining yetakchi mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhi qatnashdi. Ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy strategiyaning qabul qilinishi BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari kambag‘allikni kamaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda ayollar, erkaklar, shu jumladan yoshlar va nogironlarni to‘liq, foydali va munosib ish bilan ta’minlashga erishishga yordam berishi kutilmoqda. 2.2 . O'zbekistonda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi turli idoralar orasida tarqalgan. Bu holat ko'pincha ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchilar oilaning ehtiyojlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishi va qiyinchiliklarni engish uchun nima zarurligini bilishiga to'sqinlik qiladi. Ana shunday muammolarning oldini olish va aholining ijtimoiy himoyasini takomillashtirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi YUNISEF bilan birgalikda ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha loyihani boshladi. Loyiha dastlab oilaning ajralishi, kambag'allik, zo'ravonlik va chetlatib qo'yishning oldini olish uchun hamjamiyatlarga asoslangan ijtimoiy xizmatlarni rejalashtirish, amalga oshirish, etkazib berish va monitoring qilish bo'yicha eng yaxshi xalqaro tajribani qo'llagan holda Toshkent shahrining Olmazor tumanida va Toshkent viloyatining Angren shahrida sinovdan o'tkaziladi. Ishlarni boshqarish (keys menejment)ga asoslangan yaxlit ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatishni maqsad qilgan ushbu loyiha doirasida hamjamiyat ijtimoiy xodimlari hozirgi kunda ko'plab vazirlik va idoralar tomonidan ko'rsatiladigan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xizmatlarini muvofiqlashtiradigan bog'lovchi vosita bo'ladi. Loyiha ehtiyojlarni hisobga oladigan va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xizmatlarining odamlar ehtiyojlariga mos ravishda ishlab chiqilishini ta'minlaydigan tizim ishini ta'minlaydi. Sinov loyihasining natijalari ijtimoiy himoya sohasini isloh qilish dasturining asosi bo'lib, xususan, himoyani kompleks ta'minlash uchun institutsional bazani ishlab chiqish uchun qo'llaniladi. "Kuchli ijtimoiy himoya tizimi, kamsitishga qarshi, inson huquqlariga asoslangan va inklyuziv yondashuv asosida ishlaydigan yuqori malakali ijtimoiy xodimlar bilan birgalikda, O'zbekistondagi eng zaif odamlar, guruhlar va oilalar hayotida ijobiy o'zgarishlarga olib keladi,"- dedi YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbarining o'rinbosari Joffri Idjumba. Keys menejment oilani har tomonlama qo'llab-quvvatlash uchun ehtiyojlarning yaxlit ko'rinishini va boshqa xizmatlar bilan bog'lanishni ta'minlaydi. Ko'pincha, bolalar va oilalar duch keladigan turli xil muammolarni hal qilish uchun davlat ijtimoiy yordam, nogironligi bo'lgan insonlarga yordam, kiyim-kechak, oziq-ovqat, o'quv anjomlari bilan qo'llab-quvvatlash, jamoat ishlarini o'tkazish kabi xizmatlarni taqdim etadi. Biroq O'zbekistonda ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi turli idoralar orasida tarqalgan bo'lib, ko'pincha ijtimoiy xizmat ko'rsatuvchilar oilaning ehtiyojlari to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lishi va qiyinchiliklarni engish uchun nima zarurligini bilishining imkoniyati bo'lmaydi. Sinov tariqasidagi loyiha tuman va hamjamiyat darajalaridagi xizmat ko'rsatuvchilarga kundalik ishlarida ijtimoiy ish ko'nikmalari va kasbiy odob-axloq qoidalarini qo'llash imkoniyatini beradi. SHuningdek, u barcha uchun ijtimoiy himoya dasturlarini yanada yaxshiroq rejalashtirish va amalga oshirish uchun axborot boshqaruvi integrallashgan tizimini va yo'naltiruvchi mexanizmlarni yaratadi. "Loyihaning muhim jihatlaridan biri aholi muammolari echimiga mas'ul vazirlik va idoralarni jalb qilish, har bir muammoni o'z egasiga yo'naltirishdir. Ishni bu tarzda olib borish mahallalarda fuqarolar muammolari tezkorlik bilan manzilli bartaraf etilishiga, aholini ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirishga olib keladi", - dedi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirining birinchi o'rinbosari Gulnora Maxmudova. "Biz xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatishga tayyor ekanligimizni bildiramiz,"- deya qo'shimcha qildi u. Sinov loyiha doirasidagi faoliyat inklyuziv, ehtiyojlarga asoslangan va individual xizmatlardan foydalanishlari uchun aholining eng kam ta'minlangan, yordamga muhtoj qatlamlari, nogironligi bo'lgan insonlar, bolali oilalar va ayollar singari eng zaif qatlamlarini qamrab oladi. Mazkur loyiha O'zbekistonda ijtimoiy himoyani takomillashtirish bo'yicha BMTning qo'shma dasturi doirasida amalga oshirilyapti. Aholining kam ta'minlangan va zaif qatlamlarini ijtimoiy yordam tizimiga kiritish va ularning mehnat bozoridagi ishtirokini kengaytirish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Jahon banki ishtirokida "Аholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini mustahkamlash" loyihasini amalga oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasi va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o'rtasida 2019 yil 19 iyuldagi 6446-UZ-sonli 50 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag'larini ajratish uchun moliyalashtirish shartnomasi imzolandi. Loyiha Jahon banki vitse-prezidentining 2019 yil 18-19 iyul kunlari O'zbekistonga tashrifi chog'ida kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha "Yo'l xaritasi" hamda XTU/XTB bilan 2020-21 yillar uchun hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Loyihani amalga oshirish muddati 5 yildan iborat. (2020-2024). Loyiha qashshoq oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz a'zolari, aholi bandligiga ko'maklashish markazlarida (ABKM) ro'yxatdan o'tgan ishsizlar va boshlang'ich tadbirkorlarga ko’maklashishga qaratilgan. Download 57.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling