Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari Mundаrijа Kirish I bоb. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi hаqidа umumiy tushunchаlаr va о’zigа xоs xususiyаtlаri


Download 142.27 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi142.27 Kb.
#1509206
1   2   3   4
Bog'liq
Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari Mundаrijа Kirish I

Kurs ishi оb’еkti: Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari bilаn tаnishtirish jаrаyоni
Kurs ishi prеdmеti: Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va turlari bilаn tаnishtirish kо’nikmаlаri
Kurs ishining аmаliy аhаmiyаti. Kurs ishi jаrаyоnidа ilgаri surilgаn fikrlаrdаn, yоndаshuvlаrdаn hаmdа sаmаrаdоrligini tа’minlоvchi Kurs ishi nаtijаlаridаn pеdаgоgik fаnlаr bо‘yichа mа’ruzаlаr tаyyоrlаsh, qо‘llаnmаlаr yаrаtish, shuningdеk mеtоdik tаvsiyаnоmаlаr yаrаtishdа, ish tаjribаlаrini оmmаlаshtirishdа sаmаrаli fоydаlаnishgа xizmаt qilаdi.
Kurs ishi ishining tаrkibiy tuzilishi vа hаjmi: ish kirish, 2 bоb, 4 bо‘lim, umumiy xulоsаlаr vа tаvsiyаlаr, fоydаlаnilgаn.


I bоb. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi hаqidа umumiy tushunchаlаr va о’zigа xоs xususiyаtlаri
1.1 Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi hаqidа umumiy tushunchаlаr
Ijtimoiy muammolar aniq bir jamiyat doirasida belgilanadi. Munosabatlarning mazmun va mohiyati madaniy-tarixiy va ijtimoiy-siyosiy sharoitlarga boғliq bo’ladi. Ijtimoiy muammo sifatida belgilangan u yoki bu hodisa o’z o’rnida madaniyat, ijtimoiy institut va jamiyatdagi munosabatlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Amaliy ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy ma’murlar va tadqiqotchilar o’z shaxsiy madaniyatiga egadirlar. Ularning reallik yoki reallikni barpo etilishi haqidagi tasavvurlari, ular tomonidan ratsionallikning e’tirof etilishi, yoki ongli va me’yoriy talablarning talqini, shuningdek ijtimoiy muammolarga nisbatan munosabati qisman odatga aylangan madaniy qadriyatlar va me’yorlarga borib taqaladi. Professional sifatida bu insonlar, aslo o’zlarining “madaniy ko’zgu”lari doirasidagina ishlashlariga haqlari yo’q, biroq tanqidiy va tahliliy yondoshuvlardan foydalangan holda qadriyatlar tizimi, ijtimoiy deviatsiya va ijtimoiy muammolarni inobatga olishga majburdirlar. Barcha toifadagi ijtimoiy ishchilarning kasbiy ixtisosligi ulardan reallikni boshdan kechirish va talqin etishning turli xil usullari haqida muntazam fikr yuritishlari va ongli munosabatda bo’lishlarini talab etadi. Ҳar qanday ijtimoiy ishchining, ijtimoiy siyosatchi yoki tadqiqotchining jiddiy vazifalaridan biri, bu nazariy va amaliy bilimlarni oshirish maqsadida izlanish va muntazam ravishda o’z dunyoqarashini kengaytirish, haqiqatning ortida nima turganligini o’rganishga nisbatan intilishidir. Faqat shu yo’l bilangina muammo yoki muammo kompleksini tushunishning yangi vositalarini egallab borish mumkin. Bu esa o’z o’rnida ijtimoiy ishda strategiyaning belgilanishiga yordam beradi. Ijtimoiy ishning alohida ijtimoiy institut sifatida shakllanishi jamiyatning tarixan rivojlanishi, ijtimoiy tuzilmaning va ijtimoiy kichik tizimlarning o’zgarishi bilan shartlangandir. Uruғdoshlik munosabatlari hukmronlik qilgan davrlarda ijtimoiy harakatlar bir-biriga qorishiq bo’lib, u ham amaliy, ham taomil xususiyatga ega bo’ldi. U hox hosilni yiғish bilan, hox to’y yoki qondoshlik intiqomi boғliq bo’lmasin odatlar insoniy faoliyatni tartibni yo’lga qo’yish, uyғunlikka erishish, betartiblik, noturғunlik hosil bo’lishining mohiyatini to’ldirib boradi. Shuning uchun ham an’anaviy madaniyat jamiyat a’zolaridan doimo yozilmagan qonun-qoidalarda e’tirof etilgan va nasliy jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq ravishda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yo’naltirilgan harakatlarni talab qiladi. Jamiyatning keyingi rivojlanishida ijtimoiylashuv va ijtimoiy ko’mak funksiyalarini oila o’z zimmasiga oladi, keyinchalik esa maxsus ijtimoiy institutlar zimmasiga o’tadi.
Shu jumladan ijtimoiy ish instituti ham. Jamiyatning shunday ijtimoiy institutga nisbatan ehtiyoji ko’pgina omillar bilan belgilanadi, ular orasida zamonaviy madaniyatlarga xos bo’lgan shaxslararo ajralganlik, begonalashib ketish, oilalarda kechayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar yuqori ko’rsatkichni ko’rsatib kelmoqda. Jamiyatning ijtimoiy ishni institut sifatida yetaklab borishga nisbatan tayyorgarligi ijtimoiy va davlat kichik tizimlari maqsadlarining davlat qonunchiligi, konstitutsiyasi va siyosatining taraqqiy etganligida aks etuvchi insoniyatning rivojlanishiga qarab yo’nalganligida namoyon bo’ladi. Inson fikri, shunday qilib, qadriyatli va me’yoriy tizimlarning ko’pqirraligi va tenghuquqliligini anglash, ratsional yordam va ko’mak ko’rsatilishiga olib keluvchi qiyin vaziyatlarni tushunish hamda hayrihox bo’lish orqali kechadi. Ijtimoiy madaniy omillar ijtimoiy ishning mohiyati va turini belgilab beradi, ijtimoiy istiqbollarni hamda ijtimoiy ish modellarining turli xil toifalarini ochib beradi. Ijtimoiy ish o’z shakllari bo’yicha serqirra bo’lib, mutaxassislar orasida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: boshqaruvchilik darajasidagi ijtimoiy ishchilar, oila bilan ishlovchi mutaxassislar, bola rivojlanishi bo’yicha mutaxassislar, individ yoki guruh bilan ishlash bo’yicha psixoterapevtik va psixologik usullarga ixtisoslashgan ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy xizmat va agentliklar, boshpana (priyutlar), internatlar ijtimoiy ishchilari, tibbiyot muassasalari tizimidagi ijtimoiy ishchilar, nogironlar bilan ishlovchi ijtimoiy ishchilar, mehnat bandligi va migratsiyasi xizmati ijtimoiy ishchilari, armiyadagi ofitser-ijtimoiy ishchilar, ijtimoiy pedagoglar – ro’yxatni davom ettirish ham mumkin […]Ijtimoiy ishchi faoliyati turlarini sanab ko’rsatamiz: moliyaviy yordam, bandlik, ko’nikmalarga o’rgatish, ruhiy soғlomlik bo’yicha jamoatchilik markazlari, oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar bilan ta’minlash, tibbiy yordam, ijtimoiy ko’mak, huquqlarining himoyalanishi, kommunal rejalashtirish, shuningdek o’zini mustaqil ravishda himoya qilolmaydigan insonlar nomidan himoyalash

1.2. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimining о’zigа xоs xususiyаtlаri


Ijtimoiy himoya — bu insonning hayoti va faol mavjudligi ehtiyojlarini qondirish, hayot sharoitining minimal darajasini kafolatlashga qaratilgan tadbirlar va muassasalar tizimidir. Bugungi kunda ijtimoiy himoya insoniylik, manzillilik, komplekslilik, shaxsning huquq va erkinliklarini ta`minlash kabi tamoyillarga asoslanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilishdan maqsad: oilalar va individlarning moddiy ehtiyojlarini ta`minlash, nafaqaxo`rlar va nogironlarni himoya qilish, oilalarni birdamligini saqlash, bolalarga sog`lom va xavfsiz voyaga yetishlari uchun zamin yaratishdan iborat. Ijtimoiy himoya tarixiy evyutsiyasiga nazar tashlasak u diniy jamoat transporti, madrasa yoki cherkovlar orqali amalga oshirilgan.
Uning ilk koʻrinishi milodiy 347-yilda Rim imperiyasida ochiq hayriya maktablarining paydo boʻlishi bilan izohlanadi. bosqichlarda Rossiya, Germaniya, AQSH, Angliya va Yevropada ijtimoiy himoya mexanizmlari va mexanizmlari yaratildi. Uzoq yillik resurslar asosida ijtimoiy himoyani amalga oshirishning zamonaviy modellari shakllandi. Ulardan iborat: Sotsial demokratik model - Bunda ijtimoiy himoyaning barcha mas'uliyatini davlat o'z zimmasiga oladi. M: Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya Neoliberal model - unga ko`ra ijtimoiy himoyaning ishtirokchilari tadbirkorlar va kasaba uyushmalari xodimlari. Bunga AQSH yoqqol misoldir. Neokonservativ model — bunda ijtimoiy himoy davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi. Germniyani misol qilish mumkin. Bundan tashqari hozirda ijtimoiy himoyaning ommaviy modellari ham mavjud: 1) Welfare — bu tizim o`z navbatida 3 ta atribut: farovonlik, ta`minot va nafaqadan tashkil topgan. 2) Medical aid. Butun dunyoda ana shu modellarning u yoki bu ko`rinishiga asoslangan ijtimoiy siyosat olib boriladi.
Ijtimoiy siyosat — bu davlat, nodavlat notijorat tashkilotlar va nohukumat jamoat birlashmalarining aholi zaruriy ehtiyojlarini qondirish uchun amalga oshirayotgan tadbirlarning maqsadga yo`naltirilganligidir. Ijtimoiy siyosat ijtimoiy totuvlik va ijtimoiy himoyaning yig`indisidan iborat. Ijtimoiy siyosatning o`ziga xos belgilari mavjud bo`lib, ular orqali dunyo mamlakatlarida yuritilayotgan ijtimoiy siyosatga baho berish mumkin.
Quyida ana shu belgilarni ko`rib chiqamiz: − Aholining pul daromadlari va tovar zaxiralari o`rtasidagi muvozanatni saqlab turish; − Fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash uchun qulay imkoniyatlarni yaratish; − Ko`rsatilayotgan xizmatlar va tovarlar sifatiga bo`lgan aholi talabini qondirish; − Aholi salomatligini mustahkamlashning moddiy bazasini kengaytirish; − Jamiyat aholisining ma`lumot va madaniy darajasining o`sishi uchun islohotlar olib borish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyaning 4 ta tashkiliy-huquqiy shakli mavjud: ijtimoiy himoya, xususiy sug`urta, korxonalar tomonidan ko`rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy sug`urta. XXI asrda bozor iqtisodiyoti sharoitida globalizatsiya jarayonlarining chuqurlashishi, inqirozlarning mamlakatlar iqtisodiyotiga keng qamrovli ta`siri natijasida davlat qarzlarining o`sishi, ishsizlikning yuqoriligi, demografik jarayonlarning keskin o`zgarishi, ekologik muammolar, dunyodagi siyosiy beqarorliklar kabi qator omillar ijtimoiy himoyaning rolini kuchayishiga olib keldi. Chunki davlatlar rivojlangani sari aholining ham talablari oshib bormoqda.
Aholini ijtimoiy himoya qilishda turli mintaqalar va davlatlarda turli tendensiyalar kuzatilmoqda. Rivojlanayotgan industrial mamlakatlarda ijtimoiy himoya tizimi kompleks ravishda olib boriladi. Bu jarayonda xususiy sug`urta kompaniyalari faol ishtirok etadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ijtimoiy himoyaning madaniyat va an`analar bilan bog`liq shakli ham uchraydi. Ya`ni qarindoshlar, qo`shnilar, oila a`zolari, hayriya tashkilotlari diniy tashkilotlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanadi va ular ijtimoiy himoyada muhim rol o`ynaydi. Ko`pincha ular mamlakatdagi ijtimoiy himoyaning eng muhim mexanizmi ekanligi bilan xarakterlanadi. Yevropaning rivojlangan mamlakatlari, Lotin Amerikasining rivojlanayotgan mamlakatlari, Afrika va Osiyoning jadal rivojlanayotgan mamlakatlarining ijtimoiy himoya tizimi bir biridan tubdan farq qiladi. Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Filippin kabi mamlakatlar ijtimoiy himoyaga YaIMning 1 yoki 2 %ini, Tunis, Janubiy Afrika, Xitoy, Janubiy Koreya, Mavritaniya, Seyshill orollari va Lotin Amerikasining ba`zi mamlakatlarida YaImning 5–20 %ini ajratadilar. Osiyo inqirozi davrida rivojlanayotgan mamlakatlar 2 xil yo`l bilan ijtimoiy himoyani amalga oshirdi. Singapur, Malayziya, Indoneziya, Filippin kabi davlatlar ijtimoiy himoyaga xarajatlarni kamaytirib asosiy yukni oilaga tashladi, Janubiy Koreya, Taivan, Tailand kabi davlatlar esa aksincha ijtimoiy himoya tizimini qo`llab-quvvatlashni kengaytirdi. Umuman olganda Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy himoya modeli g`arbnikidan bir muncha farq qiladi. Ya`ni: − Aholi ijtimoiy farovonligini ta`minlashda davlatning roli juda chegaralangan, oila, mahalliy boshqaruv organlarining roli esa muhim; − Davlat ijtimoiy himoyaga xarajatlari juda past (YaIMning 7 %, YIda esa YaIMning 34 %ini tashkil etadi) − Ijtimoiy sohaga xarajatlar tarkibi ham g`arbnikidan mutloq farq qilib, ta`limga ko`proq e`tibor beriladi. Ijtimoiy himoyaning g`arb modeli ushbu sohaga davlat xarajatlarining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qariyalarga, yolg`iz yashaydiganlarga nafaqa, sog`liqni saqlashga ko`p mablag` ajratiladi. Ayniqsa Skandinaviya mamlakatlari Finlandiya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiyada bunday xarajatlar yuqori darajada. Davlat ijtimoiy himoyani amalga oshirishda aholining barcha qatlamini qamrab oladi. Rivojlangan mamlakatlardan AQSHda esa ijtimoiy himoyaning nomarkazlashgan ko`rinishi amal qiladi. Ya`ni ijtimoiy himoya davlat siyosati emas, u turli kompaniyalar va nohukumat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalari tomonidan shtat va federal qonunchilik doirasida olib boriladi. Davlat ijtimoiy ta`minot tizimi AQShda 2 ga bo`linadi: ijtimoiy sug`urta va davlat yordami. Amerikada ijtimoiy sug`urtaning turli ko`rinishlari mavjud.
Xususan, qarilik nafaqasi, ishsizlikda yordam puli, boquvchisini yo`qotganda nafaqa, ishga layoqatsiz bo`lganda, ish joyida jarohat olganda, 65 va undan yuqori yoshlilarga tibbiy xizmatlar uchun yordam kabilar shular jumlasidandir. Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy himoya uzoq yillar davomida shakllanib, rivojlanib, o`zgarib kelmoqda. Globalizatsiya sharoitida ijtimoiy himoyaning roli yanada aktuallashadi. Chunki tezkor globalizatsiya, integratsiya jarayonida ijtimoiy muammolar chuqurlashib bormoqda. Bu esa o`z navbatida jamiyat infrastrukturasini o`zgarishiga olib kelishi va bu katta mablag`ni talab qilishi mumkin. Demak, bunday vaziyatda aholini ijtimoiy himoya qilish zarurati yuzaga kelmoqda. Tendensiyalarga nazar tashlasak, bugungi kunda dunyo mamlakatlari ijtimoiy sohani boshqarishda davlatning aralashuvini minimallashtirib, nodavlat notijorat tashkilotlar, kasaba uyushmalarining rolini kuchaytirib bormoqda.
Shuningdek, ijtimoiy sohada xizmat turlari diversifikatsiyalashib, uning tarkibi ham bir muncha o`zgarib bormoqda. Ijtimoiy himoyaning bugungi kundagi ahvoliga quyidagicha baho berish mumkin: − Rivojlangan mamlakatlarda asosan qariyalarni, yolg`iz yashovchilarni hamda ishsizlarni himoya qilinadi. Chunki bu mamlakatlarda iqtisodiyotning yuqori rivojlanganligi, aholi daromadlarining oshganligi, hayot tarzi demografik muammolarning yuzaga kelishi va tabiiy tug`ilish miqdorining keskin tushib ketganligi bilan xarakterlanadi. Paradoks shundaki, tug`ilish pastligiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda umr ko`rish yoshi yuqori hisoblanadi. Bu o`z navbatida nafaqaxo`rlarni ijtimoiy himoya qilish muddatini uzoqlashtiradi va mehnat bozorida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy faol aholiga soliq yukini og`irlashtiradi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlar nafaqa yoshini uzaytirish kabi choralarni qo`llamoqdalar. Bunday muammolarni xal qilishda rivojlangan mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimini boshqarishning murakkab dastaklaridan foydalanadilar. − Rivojlanayotgan yoki qashshoq mamlakatlarda tug`ilish yuqori bo`lganligi sababli mehnat bozoriga ishchi kuchi yetishmasligi muammolari yo`q. Lekin bu mamlakatlarda ta`lim, sog`liqni saqlash kabi ijtimoiy soha tarmoqlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda tabiiy ravishda ijtimoiy himoyaga ajratilayotgan mablag` miqdori va ijtimoiy farovonlik, barqarorlik ham keskin farq qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat organlari aholi bilan qay darajada ishlash kerakligi to‘g‘risida yuqori mezonlarni belgilab berdi. Bir yil davomida bu jarayonlar faqat quruq so‘z bo‘lib qolmasdan, balki amalda, hayotimizda ro‘y berib, jamoatchilikning fikrlashini o‘zgartiruvchi jiddiy katalizatorga aylanganining guvohi bo‘ldik. Davlat organlari aholining murojaatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishga, oddiy insonlarning muammolarini o‘rganib, ularni hal qilishga, yuzma-yuz muloqot o‘rnatishga harakat qilmoqda. Ommaviy axborot vositalaridagi keskin o‘zgarishlar yillab o‘z yechimini topmagan ayrim eski muammolarni qayta ko‘rib chiqishga va hal etishga yordam bermoqda.
Oxirgi olti oy mobaynida jamiyat hayotida bo‘lib o‘tgan yorqin hodisalar jamoatchilik e'tiborini befarq qoldirmadi (menimcha, bunday voqealar avval ham bo‘lgan, biroq ular to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari endi yoza boshladi). Hayot zarbalari bir necha ayollarni o‘z joniga qasd qilishga undadi. Dahshatlisi shuki, ayol nafaqat o‘z joniga qasd qilmoqda, balki o‘zi bilan birga farzandlarining umriga zavol bo‘lmoqda. Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida ona o‘ziga 3 yoshli hamda 7 yoshli farzandlarini bog‘lab kanalga sakragan. Berilgan xabarlardan ma'lum bo‘lishicha, u Daun sindromi bor farzandini voyaga yetkazgan. Ehtimol, jamiyatda nogironligi bor insonlarga odamlar tomonidan «bir qolipga solingan» qarashi hamda professional ijtimoiy xizmatlarning mavjud emasligi sababli (bu narsa chekka hududlar-qishloqlarda yaqqol seziladi) ona hayotning og‘ir zarbasini ko‘tara olmagandir?!..
Agar avval nogironligi bor bolalarni maxsus internatlarga joylashtirish normal holat bo‘lgan bo‘lsa, hozirda dunyo miqyosida barcha narsa inklyuziv model asosida tashkil qilinmoqda; ya'ni nogironligi bor bolalarning ijtimoiy hayotga moslashtirish o‘z oilasida, oddiy umumta'lim maktablarida, yordamchi pedagog yoki maxsus sinflar orqali inklyuziv ta'lim berish yordamida amalga oshirilmoqda. Nogironligi bor bolalarning ota-onasiga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan ijtimoiy xizmatlar, reabilitatsiya markazlari, ota-onalarning bir-biriga ko‘mak berish guruhlari yordam bermoqda. Agar yuqorida keltirib o‘tilgan ayolning hayotida ham shunday muhit bo‘lganida, bu voqeaning rivoji boshqacha bo‘lar edi.
BMT tizimidagi 10 yillik faoliyatim mobaynida Mehnat va ijtimoiy himoya qilish vazirligi bilan hamkorlikda nogironlik va ijtimoiy himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanishga to‘g‘ri keldi. O‘sha davrda me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqdik, «Muruvvat» va «Saxovat» mehribonlik uy-internatlariga bordik, ijtimoiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish haqida bosh qotirdik, reabilitatsiya individual rejasini tatbiq etish tizimini, nogironlikni belgilash hamda huquqiy tasdiqlanishini o‘rgandik, realibitatsiya masalalari (nogironlik aravachalari, stolchalari, eshitish moslamalari va boshqalar)ni ko‘rib chiqdik, mamlakatimizga oid nogironligi bor insonlarning huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyani ratifikatsiya qilish va shu yo‘nalishdagi yana boshqa ko‘p ishlarni tayyorladik. Muammolarning kelib chiqishning asosiy sabablaridan biri - yagona tizim, statistika va hisob-kitobning yo‘qligida ekanligi ma'lum bo‘ldi. Tizimli yechim nafaqat tug‘ilgandan vafot etgunga qadar muhtoj odamlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, balki ijtimoiy yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirishni ham o‘z ichiga olish kerak.
Ijtimoiy himoyaga kimlar muhtoj? Aholining «himoyaga muhtoj qatlam»i kimlar?
Qamrov nihoyatda keng.Masalan,Mehribon uylarining tarbiyalanuvchilari, shu jumladan ota-onasi mehnat migratsiyasidan yillab uyiga kelmaydigan insonlarning farzandi bo‘lgan «ijtimoiy yetimlar». O‘zining tuzalmas kasalligi bilan yakkama-yakka qolgan nogironligi bor insonlar. Adashib, qonunni buzgan o‘smirlar. Uyda qarovchisi yo‘q keksalar. Ijtimoiy realibitatsiyasiz qolgan sobiq mahbuslar. Onkologik va boshqa og‘ir dardga chalinganlar. Og‘ir vaziyatga tushgan oilalar va oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari.
Ko‘rinib turibdiki, kimlardir vaqtinchalik yordamga, kimlardir esa uzoq muddatli ko‘makka muhtoj. Shuning uchun muammolarni maqsadli hal qilishga imkon beradigan tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi shart.
Endi yechim haqida gaplashsak. Jahon tajribasi asosida fikr bildirish mumkinki, ijtimoiy himoya ikki ustun – ijtimoiy ta'minot va ijtimoiy faoliyat asosida yuzaga keladi.
1. Ijtimoiy ta'minot tizimi -hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va Pensiya jamg‘armasi tomonidan ajratiladigan pul mablag‘lari vositalari ko‘rinishidagi turli to‘lov dasturlarni o‘z ichiga oladi.
2.Ijtimoiy ish tizimi – insonlarga shaxsiy va ijtimoiy qiyinchiliklarini bartaraf etishda qo‘llab-quvvatlash, himoya qilish, tuzatish, realibitatsiya orqali yordam berishga qaratilgan kasbiy faoliyat hisoblanadi.
Ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligini ta'minlash uchun yagona muvofiqlashtiruvchi organ faoliyati kerak bo‘lib,u ijtimoiy himoya va ijtimoiy ishni samarali amalga oshirish uchun tuman tizimidan boshlab, barcha davlat tuzilmalari hamda nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Ushbu organ turli me'yoriy-huquqiy hujjatlar bazasini ishlab chiqish, turli tashkilotlar tomonidan ularning vazifalaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy ta'minot dasturining amalga oshirilishi va boshqarilishini monitoring qilish uchun mas'ul bo‘lishi lozim.
«Bu nima uchun kerak?»Aslida sabablar bir nechta:
O‘zaro muvofiqlashtirish. Mamlakatimizda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining faoliyati 2016 yil fevralida Mehnat vazirligi sifatida qayta tashkil etilishi oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilish masalasi «boquvchisini yo‘qotgan yetim»dek bo‘lib qoldi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini ijtimoiy himoya qilish va tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish masalalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga; ijtimoiy moddiy yordam berish hamda ijtimoiy nafaqa belgilash va to‘lash monitoringini yuritish vazifalari Moliya vazirligiga o‘tkazildi. Shu qatorda, yoshi bo‘yicha, yetim va nogironligi bor bolalar guruhlarga ajratilib, ularga Xalq ta'limi vazirligi mas'ul qilindi. Aholining yoshi katta nogiron qatlami esa Sog‘liqni saqlash vazirligiga taalluqli bo‘ldi.
Byudjyetning optimallashtirilishi. Bugungi kunda O‘zbekistonda davlat byudjyeti hisobidan ijtimoiy sohaga qariyb 60 foiz mablag‘ ajratilmoqda. Sog‘liqni saqlash va ta'limga oid katta xarajatlardan tashqari ushbu sohadagi xarajatlar internat muassasalari hamda ijtimoiy to‘lovlarning xarajatlarini qoplashga sarflanadi. To‘lovlarni amalga oshirishga YaIMning 7 foiz ajratilib, bu xalqaro tajriba amaliyotidagi yuqori ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga turli tashkilotlarda to‘lovlarning «murojaatlar» asosida amalga oshirish tamoyili mavjud bo‘lib, murakkab vaziyatlar tizimli o‘rganilmasdan va nazoratga olinmasdan moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bular - nogironlikka nafaqa berish, nogironligi bor farzandlar uchun olinadigan nafaqa, boquvchisini yo‘qotganlar uchun nafaqa, qarilik nafaqasi, bolalar nafaqa to‘lovi, kam ta'minlangan oilalarga beriladigan nafaqalar, tug‘ruq oldi va undan keyingi homiladorlik nafaqasi to‘lovi, ishsizlik nafaqasi kabilardir.
Xulosa qilib aytish kerakki, bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtojlarni va davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan to‘lovlarni hisob-kitob qiluvchi yagona tizim yo‘q, bu esa ajratilgan mablag‘larning sarflanish samaradorligini pasaytiradi. Shunday ekan, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni hisobga oluvchi Yagona reyestrni tashkil etish talab qilinadi, unda Pensiya jamg‘armasi, Soliq qo‘mitasi, TMEKdan nogironligi bor insonlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha dalolatnoma, yordamga muhtojlik to‘g‘risida mahalladan ro‘yxatdan o‘tganligi va shu kabi hujjatlarni davlat ma'lumotlar bazasiga joylashtirilishi lozim. Yagona axborot tizimining mavjud emasligi mablag‘larning samarasiz taqsimlanishi va yordamdan qisqa muddatda yoki maqsadsiz foydalanish xavfiga olib keladi. Ijtimoiy himoya tizimida AKT vositalarini joriy etish xarajatlarni optimallashtirish, ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish, xullas, ijtimoiy himoya tizimining sifatini oshirishga yordam beradi.
Ijtimoiy himoya qilishning ikkinchi qismiga kelsak -ijtimoiy ish tizimiga-afsuski, hozirgi kunda milliy tizimimiz o‘z rivojlanishining boshlang‘ich bosqichidadir. Ijtimoiy faoliyat haqida so‘z yuritar ekanmiz, gap «yong‘inni o‘chirish haqida emas, uning oldini olish» haqidadir. Murakkab hayotiy vaziyatlarning oldini olish juda muhimdir.
Professional ijtimoiy ish zaminida maxsus diplomga ega mutaxassislarning mehnat faoliyati, ijtimoiy xizmat tizimini yaratish, mavjud ijtimoiy xizmatlarni xalqaro standartlar nuqtai nazaridan baholash, ijtimoiy xizmatlar turlarini kengaytirish, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish standartlarini tasdiqlash, ijtimoiy xizmatchilarning malakasini oshirish kabi tadbirlar yotadi. Ushbu faoliyat «keys-menejment» tamoyili asosida qurilib, har bir murojaatchining shikoyati o‘rganiladi, yordamga muhtojlarning imkoniyat darajasi o‘rganiladi, oilasi hamda uy xo‘jaligidagi sharoitlar baholanadi, maqsadga yo‘naltirilgan harakat rejasi tuziladi, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi hamda ulardan foydalanishda qulaylik yaratish uchun birga harakat qilinadi. Asosiy maqsad qisqa muddatli chora-tadbir ko‘rish emas, balki insonni qiyin vaziyatdan qutqarib, normal hayotga qaytishini ta'minlashdir.
Kadrlar bilan ta'minlash masalasida professional kadrlar va salohiyati maslahat kengashi talab qilinib, ular ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishda huquq-tartibot organlari, tibbiyot muassasalari, mahalla qo‘mitasi, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda insonlarni qaltis vaziyatlardan chiqib ketishlariga yordam berishda hamkorlik qilish kerak. Shunisi e'tiborga loyiqki, mamlakatimizning uchta oliy ta'lim muassasasida uzoq yillar mobaynida ijtimoiy faoliyat bo‘yicha kadrlar tayyorlangan. Biroq, davlat organlarining birortasida (bolalar bilan ishlash sohasi bundan mustasno) ish o‘rni sifatida shtat birligi yaratilmagan.
Ish bilan ta'minlanish samarali tashkil qilinsa, hozirda istiqbolsiz ko‘ringan ushbu sohaning bitiruvchilari ertaga yangilangan ijtimoiy himoya tizimiga tamal toshini qo‘yishlari mumkin. Davlat tomonidan tayyorlangan va foydalanilmayotgan kerakli mutaxassislarning o‘z o‘rnini topishiga yordam berishimiz zarurligiga tanqidiy nuqtai nazar bilan qarash ijtimoiy sohani tartibga keltirish haqidagi fikrimizni tasdiqlaydi.Bizga ikki ko‘rinishdagi ijtimoiy soha xizmatchisi kerak: hujjatlarni yuritish uchun oliy ma'lumotli menejyer va uydagi nogironligi bor insonlarga xizmat ko‘rsatish, parvarishlash uchun o‘rta ma'lumotli, malakasini oshirgan hamshira.
Davlat barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga olishi kerakmi?
Vaziyatning rivojlanish istiqbolini ko‘rish juda muhim. Aksariyat xizmatlar keyinchalik fuqarolik jamiyati tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, hukumat uning siyosatini, xizmatlarga yondoshuvni belgilaydi, metodologik asosini yaratadi, ijtimoiy xizmatlar reyestrini tuzadi, ularga belgilangan standartni tasdiqlash bilan bir qatorda xalqaro donor tashkilotlari, xususiy sektor, nodavlat tashkilotlari, tashabbuskor guruh va homiylar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiradi.Keyinchalik dunyodagi aksariyat mamlakatlar singari bunday ko‘rinishdagi xizmatlar ijtimoiy buyurtma tartibi asosida ko‘rsatiladi. Ya'ni, vazirlik va hokimliklar joylarda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamga yordam ko‘rsatish tanlovlarini e'lon qilishi mumkin bo‘ladi. Ayrim MDH davlatlari, jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Belorusiyada bunday amaliyot anchadan beri qo‘llanilib kelinmoqda.
Qaysi ijtimoiy xizmatlarga bizda ehtiyoj bor?
Ayrim ijtimoiy xizmatlar bugun u yoki bu shaklda amalga oshirilmoqda, ularning samaradorligini o‘rganish lozim. Shu bilan birga ayrim xizmatlar borki, ular hali yo‘lga qo‘yilmagan. Kuzatishlarim asosida yuzaga kelgan bir qancha fikrlarni e'tiboringizga havola qilaman.
Sankt-Peterburgda bo‘lganimda uysizlarga boshpana beradigan, kechqurunlari bir nechta ovqatlanish korxonalari bilan kelishgan holda ularga issiq ovqat tarqatadigan «Nochlejka» jamoat birlashmasiga borishga muvaffaq bo‘ldim. (Kafelar boshpanasizlarga «fudshering» dasturi asosida bepul taom tayyorlashadi) «Nochlejki» xodimlari uysizlarga realibitatsiyadan o‘tishga, hujjatlarini to‘g‘rilashga, sog‘lig‘ini tiklashga, oilasiga qaytishga yordam berishadi. Aynan shu yerda xayriya qilmoqchi bo‘lganlardan kiyim-bosh qabul qilib olinadi, pul to‘planadi. Bundan tashqari e'lonlar taxtachasi mavjud bo‘lib, u yerda yaqinini yo‘qotganlar qarindoshini topish maqsadida fotosuratini osib qo‘yishadi.
Aytishlaricha, ijtimoiy xizmatchi faqat ikki oydagina ko‘chada daydib yurgan odamni odatiy hayotga qaytarishi mumkin. Undan keyin esa jarayon qiyinroq kechib, odam daydilikning barcha qora tomonlarini o‘ziga singdirib olgan bo‘ladi.
Yolg‘iz qolgan keksalar. Hayot farovonligini oshirish hamda davlatga og‘irlikni solmaslik uchun boshqa mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqqan holda qariyalar uyi sonini ko‘paytirmay, ular kunduz kuni tashrif buyuradigan Qariyalarning kunduzgi maskanini tuzish kerak. Bu yerda qariyalar kunduzi tashrif buyurishadi, ular o‘zaro muloqot qilishadi, fikr almashishadi, musiqa tinglashadi, hamshiralar ularning salomatligini tekshiradi, biroq keksalar kechki payt o‘z uylariga qaytishadi. Men bunday Markazlarga Shvetsiya va AQShda duch kelganman. Alohida toifadagi qariyalar uchun uyda parvarish etuvchi ijtimoiy xizmatchi talab qilinib, u uyni yig‘ishtiradi, taom tayyorlaydi, mijozini yuvintiradi. Bu ko‘proq farzandlari doimiy ravishda yashash uchun xorijga ketgan qariyalarga mos kelib, davlat va xususiy hamkorlikning samarali modeli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ba'zan qariyalarni issiq ovqat bilan volontyorlar ta'minlab turadi. Xarajat talab qilinmaydigan boshqa yo‘nalish, bu TAY-ChI bo‘lib, Xitoy, Singapur, AQShda qo‘llaniladi va keksalar yiqilib tushishining oldini oladi, muvozanatini ushlab tura olishini rivojlantirishga yordam beradi. Chunki qariyalar yiqilib tushsa oqibati yomon asoratga - bo‘ksa suyagining sinishi va harakat qila olmaslikka olib kelishi mumkin.
Jamiyatning dolzarb muammolaridan yana biri – nogironligi bor insonlar vaziyati. Muammoning qirralari ko‘p, uni ko‘z oldimizga keltirish uchun faqatgina ikkitasini keltirib o‘tamiz. Afsuski, nogironligi bor insonlar internatning yuqori devorlari yoki o‘z uylarida «ko‘rinmas odam» bo‘lib qolishmoqda, kamdan-kam holatlarda ularning jamiyat hayotiga aralashganini ko‘rish mumkin. Buyuk Britaniya, Avstriya, Janubiy Koreya, Isroil davlatlarida nogiron kishilarni metro, teatr, do‘kon va ko‘chalarda har qadamda uchratsa bo‘ladi. Bizda esa bu amrimahol. Buning asosiy sabablaridan biri – jamiyat hayotidagi eski qarashlar mavjudligi, shahar muhitida nogironligi bor shaxslar uchun yo‘laklarda taktil koshinlar, aravachalar uchun to‘g‘ri pandus hamda suriluvchi eshiklar, transport infratuzilmasida ovoz signalli va taymerli svetoforlar kabi shart-sharoitlarning yaratilmaganidir. Sharoitni yaxshilashga ko‘pchilik yordam bera oladi, biroq buning uchun kimdir ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan obektlarning holatini o‘rganishni boshlashi zarur.
E'tibor qaratilishi kerak bo‘lgan muhim taraf – farzandlarida nogironligi bo‘lgan oilalarga e'tibor. Bunday oilalarga kaysi mamlakatda bo‘lmasinlar, birdek qiyin. Ammo bizning yurtimizda bunday ota-onalar farzandida nogironligi bo‘lgani uchun olinadigan nafaqadan boshqa hech qanday yordam olmaydi.Farzandida nogironligi bo‘lgan oilalarda asosiy og‘irlik ona zimmasiga tushadi, ota odatda bunday oilasini tashlab ketadi. Bunday farzandlari bor ota-onalar o‘rtasida o‘zaro ko‘mak berish guruhlarining tuzilishi bunday bolalarni parvarishlashga yordam markazini yuzaga keltiradi. Yoki, Rossiyada amalga oshirilganidek, markaz tomonidan oilaga yordam uchun kelgan o‘rta ma'lumotli ijtimoiy xizmatchi oziq-ovqatlarni xarid qilishga, taom tayyorlashga, uyni yig‘ishtirishga yordam berib, hayot tarziga mazmun kiritadi.
Onaning qo‘lini haftasiga bir necha soatgina bo‘sh qoldirish orqali davlat uni qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qaltis qadamdan, farzandini internatga topshirib, umrining oxiri - o‘limigacha davlat qaramog‘ida qolishidan to‘xtatib qoladi.
Oilaviy zo‘ravonlikdan vaqtinchalik saqlovchi Krizis markazlari hayotiga oxirgi nuqta qo‘yish holatiga kelgan ayollarga boshpana vazifasini bajaradi. Bunday boshpanalar bolali yosh ayollarni qabul qilib, ularga ijtimoiy xizmatchi, psixolog, yurist yordamini ko‘rsatadi. Bunday boshpanada e'lon qilib osib qo‘yilgan yozuv va ro‘yxat bo‘lmaydi, u maxfiylikni ta'minlashi hamda ishonchli maskanga aylana olishi shart. Yaqinda Iroda ismli yosh ayol bilan tanishib qoldim. Iroda chekka qishloqlardan birida yashagan, yetim, badanida kuyish alomatlari bor. Oshxonasida gaz portlashi oqibatida alanga sintetika ko‘ylagini qoplagan va butun badanini kuydirgan. Hozir u ikkinchi guruh nogironi. Bir yil o‘tib turmush o‘rtog‘i Irodani ikki farzandi bilan birga tashlab ketgan. Qo‘lida ikki bolasi, ishsiz, pulsiz qolgan ayol o‘g‘li va qizini bolalar uyiga vaqtinchalik topshirishga majbur bo‘lgan. Iroda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Shu payt unga Samarqanddagi «Rahmdillik» tashkilotining rahbari vrach-kambustiolog Bibisora opa ruhiy ko‘mak bergan, hayotini saqlab qolgan. Irodaning ish topishiga yordamlashgan, oradan ikki oy o‘tib Iroda farzandlarini bolalar uyidan qaytarib olgan. Ayollarimiz uchun mana shunday boshpanalar ko‘proq ochilishi kerak.
Rossiya xospislari ijtimoiy faoliyat va palliativ yordam ko‘rsatishning yana bir yaxshi to‘qnashish nuqtasi bo‘lishi mumkin (palliativ yordam – davolash mumkin bo‘lmagan, oxiri o‘lim bilan yakunlanadigan kasalliklarga chalingan bemorlarning dardini yengillashtirish). Masalan, saratonga chalingan bolalar umrining so‘nggi oylarini og‘riqsiz o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi (hozirgi kunda morfiy yetishmaydi), ularga tibbiy, ijtimoiy, psixologik yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, ularning oilasiga yaqini kasallikka chalingan hamda uni yo‘qotgan paytda ko‘mak berish.
Sog‘liqni saqlash Vazirligi yaqinda e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 100 mingdan ortiq kishi onkologik kasallikka chalingan va palliativ yordam berishni rivojlantirish kimyo-terapiya kursi yordam bera olmaydigan bemorlarning ahvolini yengillashtirish bilan chambarchas bog‘langan.
Bu ro‘yxatni davom ettirish mumkin. Biroq, shuni aytish kerakki, yangi organ turli toifadagi xizmatlar ko‘rsatuvchi yetakchi markazlarni ishga tushirishi hamda tajribaga asosan uni keng tatbiq etishning milliy modelini ishlab chiqishi mumkin.
Fikrimcha, O‘zbekistonda ijtimoiy himoya qilish tizimini samarali yaratish uchun barcha sharoitlar mavjud. Davlat organlarida aniq vazifalar asosida o‘tkazilayotgan islohotlar zaminida uzilgan bo‘g‘inlarni birlashtirishga yordam beruvchi ijtimoiy xizmat ko‘rsatishning aniq rejasi hamda uslubiy islohotining aniq “manzarasini ko‘rish” juda muhim. 
Yordamga muhtojlarga ko‘mak, mehr-shafqat ko‘rsatib hamjihatlikda ularni qo‘llab-quvvatlash, eng oliy va milliy qadriyat hisoblanib, u befarq bo‘lgan insonlarni ezgu maqsad yo‘lida birlashtiradi. Shu maqsad yo‘lida birlashib, yagona kuchga aylanamiz. Muhimi, qiyin vaziyatlarga tushgan, umidsiz qolgan insonlarga ularni qo‘llab-quvvatlovchi, yordam berishga tayyor turuvchilarning borligini bildirishdi



Download 142.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling