Aholini muhofaza qilishda jamoa va shaxsiy muhofaza vositalaridan foydalanish


Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish


Download 134.32 Kb.
bet34/34
Sana11.10.2023
Hajmi134.32 Kb.
#1698041
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
AHOLINI MUHOFAZA QILISHDA JAMOA VA SHAXSIY MUHOFAZA VOSITALARIDAN FOYDALANISH.

Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish.

2. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgandagi zararni kamaytirish.
3.Tinchlik davrida va harbiy harakatlar vaqtida ob’ektlar, birlashmalar, iqtisodiyot tarmoqlari ishlashi barqarorligini oshirish.
4. Tabiiy ofat hududlarida qutqaruv ishlarini o‘tkazish uchun kerakli sharoitni yaratishga qaratilgan bo‘lishi.
YUqorida qayd etilgan me’yorlarning, hamda quyidagi talablarning O‘zbekiston hududida fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarini loyihalash va o‘tkazishda bajarilishi kerak.
1. Tinchlik davri sharoitida imorat va inshootlarni loyihalashda “Zilzilaviy hududlarda imorat va inshootlar qurilishi” hamda “Qo‘shimcha ishlov hududlarida va cho‘kadigan erlarda imoratlar va inshootlar qurilishi” talablariga rioya qilinishi kerak.
2. Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarining hajmi va mazmuni fuqaro muhofazasidagi shaharlarning guruhlariga va iqtisodiyot ob’ektlarining toifalariga qarab, ishlab chiqarishdagi ehtimoli bor yirik avariyalar, halokatlar hamda tabiiy ofatlar ko‘lamini hisobga olib belgilanadi.
3. Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlari tinchlik davrida oldindan ishlab chiqarilishi va o‘tkazilishi kerak. Xususiyati jihatidan oldindan amalga oshirish iloji bo‘lmagan tadbirlar maxsus vaqtda mumkin qadar qisqa muddatda o‘tkazilishi kerak.
Ishlab chiqilgan tadbirlarning hajmi va o‘tkazilish muddati O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi rejasida belgilab qo‘yiladi.
Muhandislik-texnik tadbirlarning mohiyati, asosan yirik shaharlardagi sanoat va aholi zichligini cheklashga, aholini muhofaza qilishga, moddiy resurslar saqlanishiga borib taqaladi. Buning esa shu shahar va ob’ektlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga o‘z vaqtida tayyorlab qo‘yish uchun muhim ahamiyati bor.
Muhandislik-texnik tadbirlari biror ob’ektni loyihalash, qurishda, ekspluatatsiya qilish, yopish kabi har bir bosqichda o‘tkaziladi. Fuqaro muhofazasi bo‘yicha ekspertiza ishini Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari o‘tkazadilar.
Muhandislik muhofazasi – bu tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, aholini va hududlarni muhofaza qilishga, mamlakat iqtisodiyotiga etadigan zararni kamaytirishga qaratilgan fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarning majmuidir.
Aholi punktlarini rejalashtirishdagi talablar: yong‘in xavfini kamaytirish, evakuatsiya tadbirlarini tez o‘tkazish shartlariga rioya qilish, FVDT kuchlari kiritilishi uchun sharoitni ta’minlash, iqtisodiyot ob’ektlari vayron bo‘lishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan.
Buning uchun me’yorlarda:
-shahar hududini 250 gektardan katta bo‘lmagan mikrotumanlarga bo‘lish, ular bir-biridan kamida 100 m. ajratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak;
-ko‘kalamzor maydonlar va qatorlar ekish;
-shahardan tashqari zonaga kamida ikki yo‘nalishda chiqish yo‘li bo‘lishini hisobga olib, shahar atrofida yo‘l tarmog‘i qurish (yo‘llarning kengligi eng baland imorat balandligiga qo‘shimcha yana 15 metrga teng bo‘lishi kerak);
-avtotransport va temir yo‘l platformalarini birlashtirib qurish;
-shahardan tashqari zonani rivojlantirishni nazarda tutish.
O‘zbekiston Respublikasi muhandislik-texnik tadbirlarining QMQ-93 ning talablari
Kimyoviy xavfli ob’ektlarga tutash, chegarasi ichida kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) solingan idishlar buzilib qolsa, bu moddalar muhofazalanmagan kishilarni shikastlashga olib keladigan konsentratsiyada tarqalishi ehtimoli bo‘lgan hudud ehtimol bo‘lgan xavfli kimyoviy zararlanish zonasini tashkil etadi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni saqlash uchun bazis omborlari shahardan tashqari zonada, aholi punktlaridan uzoqda, qattiq vayronalik hamda halokatli suv bosish ehtimoli bor hududlardan tashqarida qurish mo‘ljallanishi kerak.
YAngi qurilayotgan va qurilishi tavsiya etilayotgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va yong‘in-portlash xavfi bor moddalar ishlab chiqaradigan yoki ishlatadigan korxonalarda idishlar va kommunikatsiyalarni shikastlanishdan muhofaza qilish (past tayanchlarga o‘rnatish, tuproq ostiga yotqizish yoki tuproq tortib o‘rash), shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va yong‘in-portlash xavfi bor suyuqliklar to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar (er ostida saqlash, chiqarib yuborish uchun o‘zi yopiluvchi klapani bor tagliklar, avariya idishlari, yo‘nalgan tashlamali tutgichlar va omborlar) nazarda tutilishi kerak.
Muhim mudofaa ahamiyatiga ega ob’ekt va ishlab chiqarishlarni, moddiy va oziq-ovqat rezervlari davlat bazalarini, taqsimot sovitgichlarini, strategik material va xom ashyo omborlarini texnik jihatdan iloji bor va iqtisodiy maqbul joylardagi kon kavlamalariga joylashtirish tavsiya etiladi.
Toifalangan shaharlar va ob’ektlar aholisini joriy ta’minlash mollarini saqlashga mo‘ljallangan yangi bazalar, omborlar, taqsimot sovitgichlari va boshqa omborxonalar qurish Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda viloyat hokimliklari belgilaydigan me’yorlarda shunday moddar zahirasini saqlash uchun etarli omborxona sig‘imlariga bo‘lgan talabdan oshmaydigan hajmda amalga oshirilishi kerak.
Mavjud bo‘lgan, qurilayotgan va qurilishi mo‘ljallanayotgan yirik suv omborlarining halokatli suv bosish ehtiomli bor hududlarida zararli kimyoviy moddalar chiqaradigan toifalangan yangi sanoat korxonalari va ob’ektlari qurish, materiallar va oziq-ovqat davlat zahira bazalari va omborlari, viloyat va respublika ahamiyatiga molik aeroport va boshqa ob’ektlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavjud shaharlarda yangi turar joylarni suv bosmaydigan hududlarda qurish kerak. Halokatli suv bosish hududining chegaralari, chuqurligi va boshqa ko‘rsatgichlari bosimli frontning qisman (chala) buzilish lahzasi bilan suv omborining suv tutib turish yuzasi me’yorda bo‘lgan lahza to‘g‘ri kelib qolish ehtimolidan kelib chiqib aniqlanadi. Pansionatlar, sanatoriylar, istirohat shaharchalari, mehnatkashlarning qisqa va uzoq vaqt dam olish ob’ektlari hamda boshqa sog‘lomlashtirish muassasalari ehtimol bo‘lgan vayronaliklarni hisobga olib, halokatli suv bosish hududlaridan tashqarida joylashtirilishi kerak.
Iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirishdagi talablar.
Eng avvalo, sanoat korxonalariga taalluqli bo‘lib, bu korxonalar (mazkur shahar aholisiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liklaridan tashqari) aholisi 250 ming kishi va undan ortiq bo‘lgan toifalangan shaharlarning katta vayronaliklar ehtimoli bor hududlarida joylashtirmasliklari kerak.
Ehtimoli bo‘lgan halokatli suv bosish hududining katta-kichikligini asoslovchi hujjatlar (texnik-iqtisodiy asoslari, texnik-iqtisodiy ishlab chiqarish) tayyorlanayotganda hamda aholini va iqtisodiyot ob’ektlarini muhofaza qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ishlab chiqadigan muhandislik tadbirlari sxemasi asosida, shuningdek aholi punktlari, ob’ektlar, imoratlar va inshootlar qurish uchun maydonlar tanlash asosida aniqlanishi kerak.
Toifalangan shaharlardagi iqtisodiyot ob’ektlarini qayta ta’mirlash va kengaytirish Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Tez yonadigan va yonilg‘i suyuqliklar (neft, benzin, moy va h.k.) ni qayta ishlash korxonalarini, shuningdek shu suyuqliklar saqlanadigan bazis omboxonalarni toifalangan shaharlardagi va ob’ektlardagi turar joy hududlariga va sanoat korxonalariga nisbatan er yuzasi qiyaligi bo‘ylab pastroqda, shuningdek magistral avtomobil yo‘llari va temir yo‘llari bo‘ylab, idishlar buzilsa, yonilg‘i suyuqliklarni xavfsiz joylarga oqizib yuborish imkoniyatini hisobga olib joylashtirish kerak bo‘ladi.
Daryolar bo‘yida quriladigan neft va neft mahsulotlari omborlari aholi punktlariga, gidroelektrstansiyalar va gidrotexnika inshootlariga, temir yo‘l ko‘priklariga, suv o‘tkazgich stansiyalariga nisbatan daryo oqimi bo‘ylab pastroqda, kamida 100 metr oraliqda joylashtirilishi kerak.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar, yong‘in-portlash xavfi bor moddalar ishlab chiqaradigan yoki ishlatadigan korxonalarda oraliq omborlardagi va texnologik idishlardagi bunday moddalar zahirasini ishlab chiqarish uchun kerakli minimum miqdorgacha iloji boricha maksimal darajada kamaytirishga batamom tayyor turish nazarda tutilishi kerak.
Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari
Respublikamizda qabul qilingan “Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi”gi Qonunning 11-moddasida “Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarningfavqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari”da muhofaza-himoya inshootlari, zaruratga qarab, oldindan barpo etilishini ta’minlashlari hamda ularni doimo shay holatda saqlab turishlari lozim, deb ta’kidlangan (muhofaza inshootlarining tavsifi, ulardan foydalanish yo‘llari va h.k. larga oldingi boblarda to‘xtalib batafsil o‘tilingan).


Nazorat savollari.
1. Fuqaro muhofazasi va FVDT tuzilamalariga misollar keltiring
2. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz
3. Iqtisodiyot ob’ektlarini joylashtirishdagi talablarga nimalar kiradi
4. Fuqaro muhofazasida ishlatiladigan muhofaza inshootlari qanday bo’lishi ker
Download 134.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling