Aholini uy joy bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Reja


Moliya vazirligi davlat budjeti hisobidan subsidiyalar to‘lash va ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash


Download 133.59 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi133.59 Kb.
#1121791
1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document

Moliya vazirligi davlat budjeti hisobidan subsidiyalar to‘lash va ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash

Joriy yilda respublikamizda 54 ming oilalarni uy-joy bilan ta’minlash uchun davlat Ipoteka dasturi doirasida jami 45 mingta yoki o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘p uy qurish va aholiga yangi tartibdagi ipoteka kreditlarini ajratish rejalashtirilgan.
Xususan, Prezidentning 2019-yil 28-noyabrdagi «Ipoteka kredit mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan aholi uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 25-martda «Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» qaror qabul qilingan. Shunga ko‘ra, Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar to‘lash tizimi joriy etildi.
Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarorining 7-bandi ijrosi bo‘yicha vazirlikning mutaxassislari tomonidan «Uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy ta’minot tizimi» ishlab chiqildi.
Dasturiy ta’minot, yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya qilish masalalari to‘liq yakunlanib, bugungi kunda aholidan ariza qabul qilish va ularni baholash to‘g‘ridan-to‘g‘ri tizim orqali amalga oshirilmoqda.
Shunga ko‘ra, fuqarolar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yil davomida bir marta mustaqil ravishda ariza to‘ldiradi.
Ushbu ariza to‘ldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida quyida keltirilgan mas’ul tashkilotlarga, ya’ni tibbiyot birlashmasi, ichki ishlar bo‘limi, moliya bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi, tuman (shahar) hokimligi hamda ishtirok etuvchi tijorat banklariga belgilangan tartibda baholash uchun elektron tarzda yuboriladi.

Komissiya ikki ish kuni mobaynida talabgorlarni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar va mas’ul tashkilotlarning baholash natijalarini o‘rganib chiqib, subsidiya berish yoki rad etish to‘g‘risida xabarnoma beradi.


Hozirda elektron arizalarning 9 584 tasi mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganish jarayonida, 6 142 tasi subsidiya tayinlash komissiyasiga kiritilgan, shundan:
- 3 762 tasi komissiya tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida;
- 1 360 ta arizalar tegishli mezon talablariga javob bermaganligi sababli rad etilgan;
- 1 020 ta ariza bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 martdagi «Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF–6186-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonda belgilanganidek, ko‘p kvartirali uy-joylar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarning qishloq joylarida (shaharlarga va tuman ma’muriy markazlarga tutash hududlarda) quriladi. Bu kvartiralar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar, shuningdek xotin-qizlar sotib olingan uy-joylarga davlat uy-joy fondidagi turar joylarniijaraga berish tartibiga muvofiq joylashtiriladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6186-son Farmoni bilan 2021-yil 1- iyundan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to‘lashning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi.
Farmon bilan tasdiqlangan maqsadli parametrlar doirasida 2021-yilda yangi tartib doirasida 33 114 ta uy-joy uchun, jumladan shaharlarda – 17 354 ta kvartira, qishloqlarda – 9 260 ta kvartira va 6 500 ta yakka tartibdagi uy-joylar uchun ipoteka kreditlari ajratiladi.
Shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va daromadi yuqori bo‘lmagan 23 460 nafar fuqaroga Davlat budjetidan 960,4 mlrd. so‘m subsidiya ajratish belgilangan.
Hozirda Moliya vazirligi tomonidan yangi tartib doirasida aholiga ipoteka kreditlari ajratish maqsadida tijorat banklariga 2020–2021-yillarda jami 2 968 mlrd. so‘m (2020-yilda 1 778 mlrd. so‘m va 2021-yilda 1 190 mlrd. so‘m) resurslar joylashtirildi. Ushbu resurslar hisobidan tijorat banklari tomonidan 2021 yil 1 aprel holatiga aholiga jami 2533 mlrd. so‘mlik (2020-yilda 1 746 mlrd. so‘m va 2021-yilda 787 mlrd. so‘m) ipoteka kreditlari berildi.
Ushbu resurslar hisobidan tijorat banklari tomonidan 2021-yil 19-aprel holatiga 12 138 nafar fuqaroga jami 2 638 mlrd. so‘mlik (2020-yilda 1 747 mlrd. so‘m va 2021 yilda 891 mlrd. so‘m) ipoteka kreditlari ajratildi.
2021-yil uchun uy-joyning hisoblangan qiymati – qishloq joylarida 280,0 mln. so‘m, shaharlarda 364,0 mln. so‘m, Toshkent shahrida 399,0 mln.so‘m, bir qarz oluvchiga ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori qishloq joylarida 238 mln. so‘m, shaharlarda 309,4 mln. so‘m, Toshkent shahrida 339,1 mln. so‘m, dastlabki badalning bir qismi uchun subsidiyalarning eng ko‘p miqdori – qishloq joylarida 28,0 mln. so‘m, shaharlarda 36,4 mln. so‘m, Toshkent shahrida 39,9 mln. so‘m qilib belgilab berilgan edi.
2020–2021-yillarda shaharlarda va qishloq joylarda daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ularning ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 3 750 nafar oilalarga Davlat budjetidan 126 mlrd. so‘mlik subsidiyalar to‘lab berildi.
Davlat budjetidan yangi tartib doirasida daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga 2020-yil dasturi doirasida 2021-yilda 3 226 ta oilalar uchun 60 mlrd.so‘m subsidiya to‘langan bo‘lib, boshlang‘ich badal uchun 14 mlrd.so‘m, foiz to‘lovi uchun 46 mlrd.so‘m mablag‘lar to‘lab berilgan.
Shundan, birgina joriy yilda 583 nafar oilalarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining bir qismini qoplash uchun 14 mlrd. so‘m va 755 nafar oilalarga ipoteka krediti foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 11 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Shuningdek, Prezident Farmonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ijtimoiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, kompensatsiya, subsidiyalar va davlat tomonidan taqdim etiladigan boshqa imtiyozlarni adolatli taqsimlash hamda ulardan samarali foydalanish maqsadida hududlarda senatorlar, deputatlar va jamoat faollari ishtirokida «Xalqparvar» komissiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.
«Xalqparvar» komissiyalariga mahalliy hokimliklar hamda mas’ul davlat idoralarining uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar ro‘yxatini shakllantirish faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish hamda mazkur sohada byurokratiya, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarning oldini olishga qaratilgan aniq choralarni amalga oshiradi.



Download 133.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling