Aholini uy joy bilan ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar Reja


Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar


Download 133.59 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2023
Hajmi133.59 Kb.
#1121791
1   2   3   4
Bog'liq
Microsoft Word Document

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar

Ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, aholining uy-joyga bo‘lgan yuqori talabini qondirish, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar taqdim etish ishlarini davom ettirish, xususiy pudrat tashkilotlarini zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishiga keng jalb etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
1. Belgilansinki, 2021 yil 10 dekabrdan boshlab bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash tartibi doirasida:
daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga Davlat byudjetidan subsidiyalar to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p me’yorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan har yili bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdori tasdiqlanadi;
subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan shaxslar ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng bo‘lgan qismini o‘z mablag‘lari hisobidan shakllantiradi;
sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qat’i nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qat’iy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi besh yil davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi;
dastlabki badal va foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan dastlabki badal summasini oshirish orqali to‘lanadi;
fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi;
Moliya vazirligining resurslari tijorat banklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ orqali joylashtiriladi;
tijorat banklariga qarz oluvchi tomonidan to‘langan dastlabki badal miqdori, uning qarz yuki ko‘rsatkichi, imtiyozli davr muddati va boshqa ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini o‘rnatish huquqi beriladi.
2. Quyidagilar:
2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022 yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratishning maqsadli ko‘rsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2022 yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng ko‘p miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qat’iy belgilangan subsidiya miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Davlat statistika qo‘mitasi 2021- yil 11- avgustda qabul qilingan “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq mustaqil ravishda o‘z faoliyatini yuritadi. Ushbu Qonunning rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qonunning amal qilishi rasmiy statistikani tayyorlovchilarga va undan foydalanuvchilarga, respondentlarga hamda ma’muriy ma’lumotlarni yetkazib beruvchilarga, shuningdek ular o‘rtasida yuzaga keladigan, rasmiy statistikani tayyorlash, tarqatish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi. 2017- yil 2- sentabrda tasdiqlangan va Davlat statistika qo‘mitasining vakolatlari, funksiyalari va tarkibini aniqlab beradigan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq Davlat statistika qo‘mitasi milliy statistika tizimini muvofiqlashtirish, monitoring va nazorat qilishga mas’ul, shuningdek ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish va tarqatish bo‘yicha asosiy organ bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqaro standartlarga mos yagona statistika uslubiyati bilan ta’minlash vazifalarini bajaradi. Rasmiy statistika to‘g‘risidagi Qonunning 14-moddasiga muvofiq davlat statistika organlari quyidagi huquqlarga ega:
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan hamda boshqa tashkilotlardan statistika kuzatuvi shakllarini olish va statistika kuzatuvi ma’lumotlaridan statistika maqsadlarida foydalanish; - statistik birliklar faoliyatining statistika kuzatuvlarini o‘tkazish va olingan birlamchi ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish; - jismoniy shaxs bo‘lgan respondentlarni statistika kuzatuvlarida ishtirok etganligi uchun rag‘batlantirishni amalga oshirish; - davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek boshqa tashkilotlardan statistika dasturlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni so‘rash hamda olish; - rasmiy statistikani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan statistika ma’lumotlarini yig‘ishga jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilikka muvofiq shartnoma asosida jalb etish; - statistika ma’lumotlarini yig‘ish, ularga ishlov berish, ularni umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlashning zamonaviy usullari va vositalaridan foydalanish hamda ularni milliy statistika tizimiga joriy etish; - statistika ma’lumotlarini taqdim etish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish va statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish; - statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralarini qonunga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida qo‘llash. 2017- yil 12- sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining F-5054-son farmoyishiga muvofiq, mamlakatdagi iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlar Xalqaro Valyuta Fondining kengaytirilgan umumiy ma’lumotlar tarqatish tizimi (k-MTUT)ga to‘g‘ri kelishi va uning doirasida muvofiqlashtirilishi kerak.



Download 133.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling