Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish to’g’risida
Download 32.29 Kb.
|
1 2
Bog'liqyusf23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
- 3-modda. Asosiy tushunchalar
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza qilish to’g’risida”gi qonun. Reja: 1.Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favquloddavaziyatlardan muxofaza qilish to’g’risidagi qonun. 2.Fuqoro muxofazasi signallarining berilishi. 3.Shaxsiy muxofazalanish vosita(ShMV)larining turlari va ularga kuyiladigan asosiy talablar. AI – 2 va undan foydalanish 4.Jamoani muxofazalash vosita(JMV)larining klassifikatsiyasi xamda ularga kuyiladigan talablar. Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 26-aprelda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 8-iyulda ma’qullangan Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. 3-modda. Asosiy tushunchalar Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar (bundan buyon matnda favqulodda vaziyatlar deb yuritiladi) — muayyan hududda odamlar qurbon bo‘lishiga, odamlarning sog‘lig‘iga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisa, tabiiy ofat yoxud boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar; Download 32.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling