Aholining bo’sh vaqti va uning sariflanishi Bandlik yoki aholini ish bilan taʼminlash


Download 244.01 Kb.
bet7/8
Sana15.02.2023
Hajmi244.01 Kb.
#1201968
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Aholining bo

5.Tartibga solish muvofiqlashtirishga turdosh vazifa bo’lib, ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini tanlangan doirada tutib turish zarurati bilan bog’liq. U ishlab chiqarish jarayonlarining samarali bo’lishga sharoit yaratadi.
6.Reglamentatsiya vazifasi. U hokimiyat kuchi bilan ishlab chiqarish tizimida jarayonlarning kechishi, mehnat va dam olish rejimi, huquq va burchlar tizimi va h.k larning muayyan tartibga amal qilishini ta’minlashga qaratilgan.
7.Rag’batlantirish (ishtiyoq uyg’otish) vazifasi. Jamoa va har bir shaxs, ayniqsa rivojlanishning dastlabki bosqichlarida ishlab chiqarish faoliyatining rag’batlantirishiga (motivatsiyasiga) ehtiyot sezadilar. Tajriba ko’rsatadiki, rag’batlar (moyillar) to’g’ri hisobga olinganda yuqori mehnat unumdorligiga erishish mumkin. Rag’batlar, odatda moddiy va ma’naviy turlarga bo’linadi. Har ikkisi uyg’unlashda ta’sir kuchi oshadi.
8.Nazorat qilish vazifasi. Nazorat-bu natijalarni qo’yilgan maqsadlar bilan taqqoslashdir. U jamoa faoliyatining muayyan ma’naviy-psixologik iqlimini saqlashga, mehnat reglamentiga amal qilishga qaratilgan bo’lib, ma’naviy-psixologik iqlimga ta’sir etadi. Ayrim shaxslarning intizomsizligi, ish tartibini buzishi, mahsulot sifatini pasaytirishi jamoada sarosima, tanglik, ishonchsizlik va shu kabilarni keltirib chiqaradi. O’z navbatida, ma’naviy-psixologik iqlim mehnat va uning samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi.
9.Tarbiyalash vazifasi. Jamoaga rahbarlik faqat yuqori mehnat unumdorligiga erishish va sifatli mahsulot ishlab chiqarilishini ta’minlashdangina iborat bo’lmay, jamoada uyushqoqlik bilan mehnat qilishga va yashashga qodir, yuksak mehnat ahloqiga ega xodimlarni tarbiyalashni ham ko’zda tutadi.

Mehnat jamoasi
Oʻz mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan xodimlarning barchasi. Odatda, maʼmuri-yatning mansabdor shaxslarm, shuningdek, Mehnat jamoasi tashkil etgan ayrim jamoat tashkilotlari, mas, mehnat nizolari komissiyasi ham Mehnat jamoasi tarkibiga kiradi. Mehnat jamoasi mehnat huquqining subʼyekti sifatida butun korxona hamda uning tarkibiy boʻlinmalarida faoliyat koʻrsatadi. Mehnat jamoasi turli tashkiliyhuquqiy shakldagi korxonalar va mul-kchilikning turli shakllariga qarab farqlanadi. Mehnat jamoasi bilan ish beruvchi oʻrtasidagi munosabatlar, ijtimoiy taraqqiyot,mehnat muhofazasi, mehnatga haq toʻlash, korxona foydasini taqsimlashda xodimlarning ishtirok etishi amaldagi qonunchilik, shuningdek, korxona ustavi va ekamoa shartnomasi bilan tartibga solinadi. Mehnat jamoasining asosiy vakolatlari: ish beruvchi bilan jamoa shartnomasi tuzish haqida qaror qabul qilish; jamoa shartnomasini tuzish yuzasidan muzokaralar olib borib, uni tayyorlash va muhokama qilishda ishtirok etish, jamoa shartnomasining bajarilishini nazorat qilish; mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etuvchi hamda huquklarini himoya qiluvchi vakillik organlarini belgilash; ichki mehnat tartibi qoidalarini tasdiqlash; davlat korxonalari aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilganda aksiyalarni sotib olish; mehnat nizolari komissiyasi orqali nizolarni hal qilishda ishtirok etish va xodimlarning vakillik organlari orqali ularning huquklarini himoya qilish; korxonada ichki hujjatlar qabul qilishda ishtirok etish va h.k. Mehnat jamoasiga beriladigan vakolatlar doirasi birinchi galda jamoa shartnomasida belgilanadi. Mehnat jamoasining qonunchilikda belgilangan vakolatlari keng demokratik asosda amalga oshiriladi.


Download 244.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling