Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish


Download 24.46 Kb.
bet1/3
Sana25.03.2023
Hajmi24.46 Kb.
#1295564
  1   2   3
Bog'liq
11 mavzu


Ekstremizm – bu ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga, hokimiyatni zoʻrlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini oʻzlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodaci. Ekstremistik faoliyat ham koʻrsatilgan harakatlarni rejalashtirish, tashkillashtirish, tayyorlash yoki sodir etish, ham ularni amalga oshirishga ommaviy chaqirishda ifodalanadi.
Qayd etish joizki, jinoyat qonunchiligida ekstremistik faoliyatning koʻrsatilgan tarkibi mustaqil jinoyat hisoblanadi, ularning har biriga sodir etilgan qilmishning ogʻirligiga muvofiq sanksiyalar nazarda tutilgan: masalan JKning 155-moddasi (terrorizm), JKning 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatish), JKning 159-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) va hokazo.
Qabul qilingan Qonun jinoyat-huquqiy kvalifikatsiyaga daхl qilmaydi, u terrorizmni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini belgilagan. Unga quyidagilar kiradi:

  • tushuntirish ishlarini olib borish, huquqiy tarbiya va ta’limni tashkil etish, ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, tegishli adabiyotlarni ishlab chiqish va h.k. yoʻli bilan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;


  • ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi rasmiy ogohlantirish - ekstremistik faoliyat belgilarini oʻz ichiga olgan, tayyorlanayotgan gʻayriqonuniy harakatlar toʻgʻrisida yetarlicha va avvaldan tasdiqlangan ma’lumotlar mavjud boʻlgan hamda javobgarlikka tortish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Uni chiqarishning aniq asoslari koʻrsatilgan holda mansabdor shaхslar va jismoniy shaхslar nomiga yozma shaklda yoʻllanadi. Olingan ogohlantirishdan norozi boʻlgan taqdirda, tegishli vakolatli davlat organining yuqori turuvchi mansabdor shaхsiga (pastroqqa qarang) yoki sudga shikoyat qilish mumkin.

  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling