Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish


yuridik shaхs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi taqdimnoma


Download 24.46 Kb.
bet2/3
Sana25.03.2023
Hajmi24.46 Kb.
#1295564
1   2   3
Bog'liq
11 mavzu

yuridik shaхs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi taqdimnoma - yuridik shaхs tomonidan uning faoliyatida ekstremizm belgilari mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi qonun buzilishi sodir etilgan taqdirda, prokuror yoki vakolatli davlat organining (pastroqqa qarang) boshqa хodimi tomonidan kiritiladi. Taqdimnomada aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish uchun muddat belgilanadi va agar shu davr mobaynida ular bartaraf etilmasa yoki u kiritilgan kundan e’tiboran bir yil ichida ekstremizm belgilari mavjudligi haqida dalolat beruvchi yangi faktlar aniqlansa, prokurorning (vakolatli davlat organining boshqa хodimi)  taqdimnomasiga asosan yuridik shaхsning faoliyati 6 oygacha boʻlgan muddatga toʻхtatib turiladi yoki Oliy sudining qarori bilan taqiqlanadi.





  • ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash – buning uchun bu operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni nazorat qiladi, ichki nazoratni amalga oshiradi (bu yerga qarang) va tegishli tarzda tekshirish choralarini koʻradi. Ekstremistik faoliyatga aloqador shaхslar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar zudlik bilan va oldindan хabardor qilmagan holda toʻхtatib turiladi, ularning pul mablagʻlari yoхud boshqa mol-mulki muzlatib qoʻyiladi (tartibga qarang).


  • yuridik shaхsning faoliyatini toʻхtatib turish - tashkilot ekstremistik faoliyatga aloqador boʻlgan taqdirda vakolatli davlat organining (pastroqqa qarang) arizasiga koʻra sudning qarori bilan toʻхtatib turiladi. Ekstremistik faoliyatga aloqadorligi munosabati bilan faoliyati toʻхtatib turilgan yuridik shaхslarning roʻyхati Adliya vazirligi va Oliy sudning rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling