I taqdimnoma
Download 63,28 Kb.
|
2. Taqdimnoma 5.4 shakl. A.R.Rahimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Attestatsiya ishi tartib raqami - _________ I. TAQDIMNOMA
- II. TAQDIM ETILAYOTGAN SHAXS HAQIDA ASOSIY MA`LUMOTLAR
5.4-a-shakl Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti M A ‘ L U M O T N O M A Rahimov Ashraf Rasul o‘g‘liga 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini berish haqida Attestatsiya ishi tartib raqami - _________ I. TAQDIMNOMA Rahimov Ashraf Rasul o‘g‘li 2022 yil 21 yanvardan institut rektori buyrug‘i bilan “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi (2022 yil 21 yanvardagi №59/K sonli buyruq) lavozimiga tayinlandi hamda 2022 yilning 1 iyulidan tanlov natijalari asosida “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi dotsenti lavozimiga tayinlangan (2022 yil 30 iyundagi №471/K sonli buyruq). Taqdimnoma 2023-yil 30-yanvarda ko‘rib chiqilganda, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 51 kishidan iborat kengashining 50 nafar a’zosi quyidagicha ovoz berishdi: 50 kishi tarafdor, qarshilar yo`q, (2023-yil 30-yanvar 7-sonli bayonnoma). II. TAQDIM ETILAYOTGAN SHAXS HAQIDA ASOSIY MA`LUMOTLAR
2006-2010 yy. - Qarshi muxandislik iqtisodiyot istituti talabasi 2010-2011 yy. - Hisorak suv omboridan foydalanish boshqarmasi To‘g‘on bo‘limi texnigi. 2011-2012 yy. - Hisorak suv omboridan foydalanish boshqarmasi To‘g‘on bo‘limi 1 toifali muxandis-gidrologi. 2012-2014 yy. - Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti magistri. 2014-2020 yy. - Qarshi muxandislik iqtisodiyot istituti gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish kafedrasi assistenti. 2020-2021 yy. - Qarshi muxandislik iqtisodiyot istituti Gidravlika va gidroinshootlar kafedrasi tayanch doktoranti. 2022 - y.x.v - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti gidravlika va gidroinshootlar kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi.
A.R.Rahimov tomonidan olib borayotgan dars jarayonlari tahlil qilinganda darsda zamonaviy o‘qitish usullaridan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib kelmoqda. A.R.Rahimov tomonidan bakalavr talabalari uchun tayyorlangan va chop etilgan amaliy mashg‘ulotlar, mustaqil ishlarni bajarishga oid o‘quv-uslubiy ishlari talabalarga chuqur bilim berishda va samarali mashg‘ulotlar olib borishda keng qo‘llanilib, o‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda. U institutda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, o‘qitadigan fanlaridan o‘quv-uslubiy dasturlar va majmualar tayyorlashda faol ishtirok etib kelmoqda. A.R.Rahimov institut professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlarni va talabalarni axborot texnologiyalari bilan muntazam shug‘ullantirish, dars va darsdan keyin fan to‘garaklari va tadbirlariga o‘qituvchi va talabalarni jalb qilish, guruhlar, kurslar, fakultetlar o‘rtasida turli qiziqarli davra suhbatlarini o‘tkazib ulardan iqtidorli talabalarni saralab olib ular bilan alohida ishlab kelmoqda. A.R.Rahimov dars jarayonidan har bir mavzu bo‘yicha taqdimot, tarqatma materiallardan foydalangan holda amaliy mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Shuningdek “Ochiq o'zanlar gidravlikasi”, “Umumiy va yer osti gidravlikasi” fanlari bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma va qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari majmualari chop ettirgan. A.R.Rahimov “Ta’lim to‘g‘risidagi” qonunda belgilab berilgan vazifalarni hayotga tadbiq etishda, hususan, respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda faol mehnat qilish bilan birga o‘quv-uslubiy jarayonni tashkil etish, ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, ilmiy-uslubiy jarayonini tashkil etish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot uzviyligini ta’minlash borasida fidokorona mehnat qilib kelmoqda. O‘tkazilgan sotsiologik so‘rovlar, A.R.Rahimov o‘z kasbini sevadigan, hurmatga sazovor va yuqori saviyali pedagog ekanligini ko‘rsatdi va ishi ijobiy baholangan. A.R.Rahimov pedagogik faoliyat bilan birga jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etadi. U institut miqyosida o‘tkaziladigan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan: 2022 yil 24 mart kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Muhandislik-texnikasi fakultetida “Islom tinchlik dini” mavzusida Abu Ubayda Ibn al-Jarroh ziyoratgohi diniy xodimi Lutfullo Raupov ishtirokidagi davra suhbati tashkil qildi; 2022 yil 18 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Muhandislik-texnikasi fakultetida “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalari o‘rtasida “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda futbol musobaqasi tashkil qildi;
A.R.Rahimov ishtirokida 2019-2020 yillarga mo‘ljallangan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan “Oq suv-Zarafshon irrigatsiya” MCHJ o‘rtasida tuzilgan “Irrigatsiya va melioratsiya tizimidagi inshootlarni loyihalashda takomillashgan gidravlik usullarni takomillashtirish” to‘g‘risidagi № GTI/47-19-sonli xo‘jalik shartnomasini bajarish bo‘yicha Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining 2019 yil 19 sentyabrdagi № 919/M - sonli buyrug‘i asosida xo‘jalik shartnomasi bajarilgan. A.R.Rahimov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining “Tayanch doktorantura, maqsadli tayanch doktorantura, doktorantura, stajyor tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilishni tashkil qilish tо‘g‘risida”gi 2022 yil 11 noyabrdagi 519/M-sonli buyrug‘i asosida komissiya a’zosi. A.R.Rahimov Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektorining “Ixtisoslik bо‘yicha malakaviy imtihon qabul qilish tо‘g‘risida”gi 2022 yil 07 noyabrdagi 505/M -sonli buyrug‘i asosida komissiya a’zosi. 8. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor R.A.Eshonqulov va “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi mudiri t.f.d. prof S.S.Eshevlar tomonidan talabgor A.R.Rahimov uning yuksak ma’naviy dunyoqarashi, bilim saviyasining yuqoriligi, ilmiy-pedagogik qobiliyati bilan institut jamoasi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega ekanligi uchun ijobiy tavsifnomalar berilgan bo‘lib, dotsent ilmiy unvonga loyiq deb topilgan. Download 63,28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling