I taqdimnoma


Download 63.28 Kb.
bet3/3
Sana07.02.2023
Hajmi63.28 Kb.
#1175977
1   2   3
Bog'liq
2. Taqdimnoma 5.4 shakl. A.R.Rahimov

O‘quv-uslubiy ishlari



  1. Bazarov O.Sh., Eshev S.S., Xazratov A.N., Raximov A.R., Latipov Sh.A.. Методическое пособие для выполнения лабораторных работ по механики жидкостей и газов, Каршинский инженерно-экономический институт, 2022. 41 с. № 3. 22.10.2022 yil.

  2. Bazarov O.Sh., Xazratov A.N., Rahimov A.R., Ochiq o‘zanlardagi gidravlik jarayonlar, “Ochiq o‘zanlar gidravlikasi” fanidan kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy qo‘llanma / Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., 2022 y., 22 bet. № 3. 22.10.2022 yil.

  3. Rahimov A.R., Xazratov A.N., M.B. Zaripov., N. Raimova., D. Dilshodova. «Umumiy va yer osti gidravlikasi» fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun mo‘ljallangan. Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., 2022 y., 25 bet. № 3. 22.10.2022 yil.

  4. Rahimov A.R., Xazratov A.N., M.B. Zaripov., N. Raimova., D. Dilshodova. «Umumiy va yer osti gidravlikasi» fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun mo‘ljallangan.Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Qarshi sh., 2022 y., 25 bet. № 3. 22.10.2022 yil.

  5. Rahimov A.R., Xazratov A.N., Nazarov O.O., Bobomurodov F.F.. “Umumiy va yer osti gidravlikasi” fanidan ma’ruza matnlari to‘plami (1-qism). Qarshi. 2022.- 143 bet. № 3. 22.10.2022 yil



IV. KASBIY FAOLIYATINI BAHOLASH MA`LUMOTLARI

A.R.Rahimov tomonidan o‘tkaziladigan ma’ruzalar vazifalarning yuklatilishi va boshqalar uning kasbiy saviyasining yuqori ekanligini ko‘rsatgan holda, shu kunning siyosiy-iqtisodiy, madaniy voqealarini eslatishi, auditoriyani o‘ziga jalb etishi, tarqatma materiallardan va o‘z-o‘zini tekshirish savollaridan foydalanishi, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashi, shuningdek taqdimot materiallari orqali mavzu bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumot berishi, adabiyotlar ro‘yxatida internet uchun elektron manzillarining berilishi, mustaqil bajarish uchun uyga berilgan vazifalarining yuklatilishi va boshqalar uning kasbiy saviyasining yuqori ekanligin ko‘rsatadi.


Amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini zamonaviy interaktiv pedagogik uslublar asosida olib boradi. Ma’ruzalar bilan institutda, respublikada va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda qatnashgan va ma’ruzalari konferensiya to‘plamlarida chop etilgan.
2015 yil yanvar-fevral oylarida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash instituti” milliy tadqiqot universiteti huzuridagi tarmoq markazida “Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlov kursidan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Google Scholar (Google Akademiyasi) ilmiy portalida uning maqolalalaridan 114 ta iqtiboslar keltirilgan, h-index qiymati 5 ga i-index 4 ga teng hisoblanadi.
(https://scholar.google.com/citations?user=exuxzb8AAAAJ&hl=ru).
Scopus ilmiy portalida uning maqolalalaridan 69 ta iqtiboslar keltirilgan, h-index qiymati 3 ga teng hisoblanadi.
(https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57219266072)
A.R.Rahimovning ilmiy - pedagogik faoliyatining natijalari haqidagi hisoboti va reyting ko‘rsatgichlariga ko‘ra faoliyati ijobiy baholangan. Xususan:
A.R.Rahimov amaliy mashg‘ulotlarni yuqori ilmiy-uslubiy saviyada o‘tadi. Tinglovchilar uning mashg‘ulotlarida katta qiziqish va faollik bilan ishtirok etadi. Shogirdlariga nisbatan xushmuomala bo‘lish bilan birga u tinglovchilarning o‘zlashtirishiga talabchanlik bilan yondashadi. U doimo o‘z ustida ishlab, o‘zining kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratadi.
U reja bo‘yicha muntazam ochiq darslar olib boradi va kafedradagi professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan ochiq darslarda ham faol ishtirok etadi. Institut rahbariyati tomonidan tuzilgan komissiya A.R.Rahimov tomonidan o‘tkazilgan barcha ochiq amaliy mashg‘ulotlar “Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi majlislarida ko‘rib chiqilganda yuqori saviyada o‘tilgan va namunali deb baholangan.
A.R.Rahimovning tashkilotchilik salohiyati uning ilmiy-tadqiqot ishini himoya qilgandan keyin yaqqol namoyon bo‘ldi. U o‘zining boy tajribasi va ilmiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, kafedrada pedagogik, uslubiy va ilmiy sohalarning muntazam rivojlanishi, jamoa a‘zolarining pedagogik ilmiy mahoratini kuchaytirish borasida ham bir qator ijobiy ishlarni bajarib kelmoqda. Institut jamoasi va rahbariyat uni yuksak, ma’naviy dunyoqarashiga ega bo‘lgan, qat’iyatli, talabchan mutaxassis puxta bilimga ega kamtarin inson sifatida hurmat qiladi.
“Gidravlika va gidroinshootlar” kafedrasi yig‘ilishi va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Kengashi A.R.Rahimovning nomzodini 9 yillik ilmiy-pedagogik ish staji, shuningdek ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlaridagi samarali faoliyati tashkilotchi va o‘z kasbining yetuk mutaxassisi ekanligini hisobga olib, uni 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi boo‘yicha dotsent ilmiy unvonini berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi ga tavsiya etadi.
Kengash raisi O.SH. Bazarov
Kengash ilmiy kotibi N.M. Boymurodova
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i: Q.A.Diyorov
2023 yil “___” ________



Download 63.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling