Aholining kambag'allik darajasini statistik o'rganish Reja: 1


Download 365.3 Kb.
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi365.3 Kb.
#1282372
  1   2
Bog'liq
Aholining kambag\'allik darajasini statistik o\'rganish


Aholining kambag'allik darajasini statistik o'rganish
Reja:
1. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ijtimoiy-iqtisodiy indekatorlar tizimi.
2. Uy ho’jaliklari byudjetini statistik kuzatish.
3. Aholining sotib olish qobiliyati, minimal yashash darajasi va kambag’allik chegarasi.
4. Aholi turmush darajasini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichlari.
5. Ijtimoiy infratuzilma statistikasining ko’rsatkichlari.
Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda.
Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo‘lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o‘z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mehnat bozoridagi vaziyatni xolisona baholash, mehnatga layoqatli aholi sonini xalqaro standartlarga muvofiq aniqlash hamda mehnat resurslari balansini ishlab chiqish tartibini shakllantirishda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari hamda Mehnat vazirligining ish bilan ta'minlash masalalarini o‘rganish natijalaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Mehnat resurslari balansi ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda respublikaning jami mehnat resurslari 18,3 mln kishini tashkil etib, shundan 99,4 foizi mehnatga layoqatli aholini, qolgan qismi esa ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni tashkil qiladi.
B undan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil et¬moqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular ja¬mi mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, 2015 yil yakuniga ko‘ra aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi.
Mamlakatda kichik biznes rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samarali ishlayotganligi tufayli, aholining ishbilarmonlik qobi-liyati kengayishi, yoshlarda tadbirkorlik tashabbusi ortishi kuzatilmoqda. Bu jihatlar o‘z navbatida, istiqbolli taklif va tashabbuslarni o‘z vaqtida rag‘batlantirishga katta yo‘l ochib bermoqda. Natijada, ish bilan band aholining aksariyat qismi aynan kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa ortmoqda. KBXT rivojiga keng yo‘l ochib berilganligi aholi bandligining oshishi va daromadlari o‘sishida muhim omil bo‘lish bilan birga, iqtisodiyotni izchil rivojlantiruvchi, jamiyat barqarorligini ta'minlovchi kafolat vositalaridan biriga aylandi.
Bu makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlashga, iqtisodiyot rivojlanishiga, aholining hayot darajasi va sifati izchil o‘sishiga mustahkam zamin yaratmoqda. Daromadlar ortib borishi esa, o‘z navbatida, oilalarning moddiy ahvolini sifat jihatdan o‘zgartiryapti. Bu eng muhim, ta'bir joiz bo‘lsa, ustuvor ahamiyatga ega. Bunda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish imkonini bermoqda.
Qayd etish kerakki, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish, chuqur qayta ishlangan mahsulot hajmini ko‘paytirish, qishloqqa sanoatni olib kirishni samarali tashkil etish hududlarda ishlab chiqarish kuchlarini mutanosib ravishda joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 2015 yilda aholi bandligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida tarmoqlar tuzilmasida quyidagi manzara hosil bo‘ldi:
• sanoatda 1668,3 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 12,8 foiz;
• qishloq va o‘rmon xo‘jaligi ulushi 27,7 foiz;
• qurilishda 1248,5 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 9,6 foiz;
• transport va aloqada 710,7 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 5,4 foiz;
• savdo va umumiy ovqatlanishda 1481 ming kishi;
• ijtimoiy sohalarda 3053 ming kishi, jami bandlikdagi ulushi 23,4 foiz;
• KBXTning jami bandlikdagi ulushi 78 foizni tashkil etdi.
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni, ish bilan band bo‘lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.
Iqtisodiy faol aholi bandligini hududlar bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qiladigan bo‘lsak, bunda o‘ziga xos jihatlarni kuzatish mumkin.
Birinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi (65 %), Jizzax (63,4 %), Namangan (67,5 %), Qashqadaryo (70,1 %) va Surxondaryo (71,4 %) viloyatlarida mehnat resurslarining, ya'ni aholining iqtisodiy faollik darajasi pastligi kuzatiladi. Shuning hisobiga mazkur mintaqalarda band aholining jami mehnat resurslaridagi ulushi respublika ko‘rsatkichiga nisbatan ancha past ko‘rinishga ega. Ushbu holatlar mazkur hududlardagi demografik jarayonning murakkabligi bilan bog‘liq.

Ikkinchidan, hududlar bo‘yicha aholi va mehnat resurslarining notekis taqsimlanganligi sababli ish bilan band bo‘lganlar soniga ko‘ra viloyatlar o‘zaro farqlanadi. Jumladan, yuqorida qayd etib o‘tilganidek, respublika bo‘yicha jami ish bilan band aholining ulushi yuqori bo‘lgan hududlarni Samarqand (11,1 %), Farg‘ona (10,9 %), Qashqadaryo (9,4 %), Andijon (9,3 %), Toshkent (8,8 %) va Namangan (8,3 %) viloyatlari hamda Toshkent shahri (8,4 %)ni tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo (2,7 %), Navoiy (3,2 %), Jizzax (3,4 %) va Xorazm (5,3 %)ga teng ekanligini ko‘rish mumkin.
Uchinchidan, ishlab chiqarish kuchlari notekis joylashganligi sababli hududiy tarmoqlarda bandlik turlicha ko‘rinishga ega bo‘lib, Toshkent shahri va Toshkent, Farg‘ona, Navoiy, Samarqand hamda Buxoro viloyatlarida aholining sanoat, qurilish, transport sohalarida bandligi nisbatan yuqori. Qishloq xo‘jaligi sohasida esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yuqori deyish mumkin.
Qayd etilgan mulohazalar mamlakatimizda iqtisodiy faol aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish lozimligini ko‘rsatadi. Buning uchun esa, «Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish metodikasi»ni yanada takomillashtirgan holda «Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va istiqbol balansini ishlab chiqish metodikasi»ni ishlab chiqish hamda respublika hududlarida uni amaliyotda qo‘llanilishini joriy etish lozim.
Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balanslari quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqiladi:
aholi bandligini, birinchi navbatda, yoshlarni va mehnatga layoqat yoshiga yetgan va birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotganlar bandligini ta'minlash uchun ish o‘rinlari tashkil etish parametrlarini aniqlash;
• mehnat bozori talab va taklifi balansi va tuzilmasidagi nomutanosiblikni baholash;
• hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda mehnat bozori istiqbolini aniqlash;
• ta'lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash miqdorini aniqlash.
Ushbu metodikada quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasining mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansining namunaviy tuzilmasi. Istiqbolni belgilashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun mazkur namunaviy tuzilmada ko‘rsatkichlar nomi, ularni hisoblash algoritmi, hisobot balansi, bahoda (joriy yil) va prognoz balansi (kelgusi yil) o‘z aksini topishi kerak.
Shuningdek, namunaviy tuzilma satrlarida: mehnat resurslari soni, ya'ni iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol aholi soni turlari bo‘yicha; ishchi kuchi taklifi va unga bo‘lgan talab hamda ular o‘rtasidagi farq (balans «+» yoki «-» ) turlari bo‘yicha; toifalar kesimida aholining ishga joylashtirish darajasi bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish uchun ma'lumotlar taqdim etish sxemasi. Ushbu sxemada ma'lumotlar mazmuni (nomi)ni, ma'lumotlarni taqdim etuvchi vazirlik va idora nomini, ma'lumotni taqdim etish muddatini hamda qayerga taqdim etilayotganini aniq ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq.
Uchinchidan, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini ishlab chiqishning tashkiliy sxemasi. Sxema chora-tadbirlar nomi, amalga oshirish bosqichlari va muddatlari hamda ijro uchun mas'ul tashkilotlarni qamrab olgan holda quyidagi to‘rtta yo‘nalishda bo‘lishi lozim:
• ma'lumot bazasini shakllantirish;
• hisobot balansini ishlab chiqish;
• prognoz balansini ishlab chiqish;
• ularning amaliyotda qo‘llanilishi.
Yuqorida qayd etilgan namunaviy tuzilma va sxemalar ishlab chiqilib, tasdiqlangandan keyin respublikaning mutasaddi vazirlik va idoralari ushbu tuzilma va sxemalar asosida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansini ishlab chiqish lozim.
Shuningdek, hisobot balansidan tashqari mutasaddi vazirlik va idoralar bo‘yicha jami va hududlarning mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning kelgusi yil uchun prognoz balansi ishlab chiqilishi zarur:
• aholi sonining prognoz ko‘rsatkichlari (demografik prognozi);
• mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot balansi;
• respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy, iqtisodiyot tarmog‘ini rivojlantirish prognoz parametrlari;
• mehnat bozoriga kirayotgan ta'lim muassasalari bitiruvchilari prognoz ko‘rsatkichlari;
• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tarmoqlarida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni baholash to‘g‘ri¬sidagi ma'lumotlardan foydalaniladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yuqorida qayd etib o‘tilgan metodikani ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish orqali mehnat resurslari, bandlik va aholini, ilk marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni ishga joylashtirishni har tomonlama, sifatli va ob'yektiv tahlil qilish, ish bilan bandlik darajasini oshirish uchun zamin yaratiladi. Bu esa, an'anaga ko‘ra har yil ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta'minlash dasturi loyihalarini ishlab chiqishda foydalanish va amaliyotdagi samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi asosiy muammo va to‘siqlarni aniqlash hamda kambag‘allikka qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida 2021-2030 yillarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha milliy strategiya loyihasini ishlab chiqdi. Strategiyada mamlakatda kambag‘allik darajasi va uni o‘lchash hamda bu boradagi muammo va to‘siqlar haqida gap boradi. Jumladan, ayni paytda mamlakatda amalda bo‘lgan kambag‘allikni jon boshiga kunlik iste’mol qilinishi lozim bo‘lgan kaloriyalar qiymatiga asoslangan holda o‘lchash uslubi – oziq-ovqat kambag‘alligi darajasining o‘lchovi bo‘lib, bu uslub odatda daromad darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichning quyi qismida bo‘lgan mamlakatlar uchun qo‘llanilmasligi ta’kidlanadi. Shu sababli endilikda undan siyosatni shakllantirish jarayonidagi vosita sifatida foydalanish mumkin emasligi, bundan tashqari, ma’lumotlar to‘plash va kambag‘allik darajasini o‘lchashning amaldagi metodologiyasi xalqaro darajada taqqoslash o‘tkazish imkonini bermayotganligi aytiladi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda mamlakatga quyidagi imkoniyatlarni yaratadigan yangi yondashuvlar sinovdan o‘tkazilmoqda:
• o‘ta kambag‘allik darajasini xalqaro darajada qabul qilingan kambag‘allik chegarasi (kuniga 1,90 AQSH dollaridan kamroq mablag‘ hisobiga kun kechiradigan aholi ulushi) asosida hisoblash hamda kambag‘allik darajasini daromad darajasi o‘rtacha ko‘rsatkichning quyi qismida bo‘lgan mamlakatlar uchun belgilangan 3,20 AQSH dollariga teng bo‘lgan xalqaro kambag‘allik chegarasi darajasi asosida hisoblash; kambag‘allikning turli jihatlarini aks ettirish maqsadida, sog‘liqni saqlash, ta’lim va uy xo‘jaliklarining daromad yoki xarajatlari kesimidagi ko‘rsatkichlarni birlashtirgan ko‘p o‘lchamli kambag‘allik indeksini ishlab chiqish;
• milliy kambag‘allik darajasini mamlakat uchun minimal turmush darajasining yangi qabul qilingan o‘lchovidan foydalangan holda hisoblash.

2020 yilda hukumat tomonidan kiritilgan qat’iy karantin choralaridan so‘ng barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning yarmi pandemiyaning dastlabki bosqichida o‘z faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatdi. 2020 yil yanvar oyida YAIM prognoz qilingan 5,7 foizdan 1,6 foizga tushib ketdi; tashqi savdo, investitsiyalar va pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli darajada kamaydi. Bularning bari iqtisodiyotga va, ayniqsa, aholining kambag‘al qatlamiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadning o‘sishi barqaror bo‘lib qolgani bilan, hisob-kitoblarga ko‘ra, aholining 1,3 foizi (yoki 448 ming nafar inson) inqiroz tufayli kambag‘allik domiga tushdi. Rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kambag‘allikka qarshi kurashda sezilarli yutuqlarga erishildi. Xususan kambag‘allik darajasi 2000 yildan beri ikki barobarga kamayib, 2000 yildagi 28 foizdan 2019 yilda 11 foizga tushdi. Shu bilan birga, hududiy tengsizlik saqlanib qolmoqda va hatto yildan-yilga oshib bormoqda. Jahon banki tomonidan qabul qilingan chegara (Daromad darajasi o‘rtacha kesimning quyi qismida bo‘lgan davlatlar uchun xarid qobiliyati pariteti jon boshiga bir kunda 3,2 AQSH dollarini tashkil etadi) asosida baholanganda, 2018 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 9,5 foizni tashkil etgan. Bu hisob-kitoblar “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida olingan tadqiqot natijalariga ko‘ra o‘zini “kambag‘al”, deb hisoblaydigan uy xo‘jaliklarining o‘z-o‘zini sub’ektiv tasniflash ko‘rsatkichlariga mos keladi.


Turmush darajasi murakkab iqtisodiy kategoriya bo’lib, u biror-bir alohida ko’rsatkich bilan ifodalanmaydi. SHu sababli BMTning Statistika komissiyasi quyidagi ko’rsatkichlarni tavsiya etadi:
a) aholining demografik tavsifi (tug’ilish, vafot etish, kasal bo’lish, kelajakda ko’radigan umrining o’rtacha uzunligi);
b) sanitariya-gigiyena sharoitlari;
v) oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi;
g) uy-joy hamda uzoq muddat davomida foydalaniluvchi jihozlar (avtomobil, muzlatgich, televizor va hokazo) bilan ta’minlanganlik;
d) ta’lim va madaniyat;
e) bandlik va mehnat sharoitlari;
j) aholining daromad va xarajatlari;
z) yashash qiymati va iste’mol narxlari;
i) transport vositalari;
k) dam olish, fizkultura va sportni tashkil qilish;
l) ijtimoiy ta’minot;
m) insonning erkinligi.
Turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biri sifatida aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarilishi (A+SH dollari yoki yevroda) qo’llaniladi. Biroq faqat bu boradagi ko’rsatkichlarning o’zi turmush tarzi haqida yetarlicha ma’lumot bera olmaydi. SHu sababli undan xalqaro taqqoslashlarda juda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
Turli mamlakatlarning statistika amaliyotida aholining turmush tarzini o’rganish uchun ko’pincha quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
 nominal va real ish haqi;
 aholining nominal va real daromadlari;
 aholi xarajatlari va jamg’armalari;
 aholining uy-joy va uzoq muddat foydalaniladigan jihozlar bilan ta’minlanganligi;
 oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlarini iste’mol qilish darajasi;
bandlik va ishsizlik darajasi;
 mehnat sharoitlari ko’rsatkichlari;
 ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, turizm va dam olish ko’rsatkichlari.
Xalqaro statistikada o’rtacha ish haqi bir ishchiga emas, balki bir odam-soatga nisbatan hisoblanadi. Bu jahonning ko’p mamlakatlarida ishchilarning katta qismi to’liqsiz ish vaqti bilan band ekanligi bilan izohlanadi.
Aholining daromadlari ish haqidan tashqari boshqa manbalardan olingan barcha pul va natural ko’rinishdagi daromadlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar mansub :
1. Ish haqi shaklida bo’lmagan mashg’ulotlardan olinadigan daromadlar (choychaqa, qalam haqi, shaxsiy tomorqa xo’jaligidan olingan daromad, yakka tarzda mehnat faoliyatini yuritish tufayli olingan daromad).
2. Korxonalardan beriladigan ish haqi shaklida bo’lmagan daromad (moddiy yordam, korxonadan ketganda to’lanuvchi pul va hokazo).
3. Nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya va tovon to’lovlari.
4. Xususiy mulkdan olingan daromad (foiz, renta, dividend, ijaraga berishdan tushgan daromad va hokazo).
5. YUtuqlar, meros, sovg’a, sug’urta to’lovlari.
6. Nolegal va yashirin faoliyat tufayli olingan daromad; chet eldan olinuvchi daromad (oylik ish haqi, nafaqa, stipendiya, grantlarni o’tkazish; insonparvarlik yordami va hokazo ).
Ish haqi ham, aholining daromadlari ham ikki xil variantda aniqlanishi mumkin:
1. Nominal sifatida.
2. Real tarzda.
Nominal ish haqi va nominal daromadlar bu ko’rsatkichlarning joriy narxlarda aks ettirilishidir. Real ish haqi va real daromadlar o’z ish haqi va daromadlariga sotib olish mumkin bo’lgan moddiy ne’mat va xizmatlar summasini tavsiflaydi. Real va nominal daromad (ish haqi) o’tasida quyidagicha aloqalar mavjud:

Bu yerda: Rdar.ish.haqi- real ish haqi yoki daromad;
Ndar.ish.haqi -nominal ish haqi yoki daromad;
Jis.baxo -iste’mol narxlari indeksi.
Iste’mol narxlari indeksini hisoblash murakkab hamda muammoli vazifa hisoblanadi. Biroq uni yechish juda katta amaliy ahamiyatga ega. Ma’lumki, istalgan mamlakatda yuz minglab va millionlab iste’mol mahsulotlari va xizmat turlari mavjud. SHu sababli narxlar indeksini har bir xizmat yoki tovar uchun aniq hisoblab chiqishning iloji yo’q. Bundan kelib chiqqan holda tovar-namuna usulidan foydalanish tavsiya etiladi.
Iste’mol narxlarining jamlanma indeksi guruhlardagi narx indekslari har bir guruhning ishlab chiqarilgan jami mahsulot va xizmatlar qiymatidagi salmog’iga ko’ra solishtirish yo’li bilan aniqlanadi:

BMT ning Statistika qo’mitasi tomonidan tavsiya etilgan umumiy ko’rsatkichlardan biri daromadlar kontsentratsiyasi koeffitsiyentidir. U ko’proq “Djini indeksi” nomi bilan tanilib, taqsimlashning amaldagi chetga og’ishlari darajasini belgilaydi. Boshqacha qilib aytganda, agar biror mamlakat aholisining o’rtacha daromadi ma’lum bo’lsa, aholining ma’lum bir guruhi daromadlarini mamlakatdagi o’rtacha daromadga bo’lish yo’li bilan daromadlar kontsentratsiyasi koeffitsiyentining necha foizga oshganligini osongina hisoblash mumkin.
Aholining jamg’armalari uning daromadlari va joriy xarajatlari orasidagi farqni anglatadi. Jamg’armalar pul yoki natural ko’rinishida bo’lishi mumkin. Pul jamg’armalari aholi qo’lidagi pul mablag’larining o’sishi yoki qimmatbaho qog’ozlarga (aktsiya, obligatsiya, sertifikat va hokazo) kiritilgan mablag’larning o’sishini anglatadi. Natural ko’rinishdagi jamg’armalar aholiga tegishli bo’lgan yer maydonlari, asosiy kapital (uy-joy, xo’jalik inshootlari, transport va hokazo) va moddiy zaxiralarning ortishini anglatadi.
Aholining uy-joy sharoitlarini tavsiflashda xalqaro statistika birinchi o’rinda uy-joy egalarini ajratib ko’rsatadi. Bu maqsadda jami uy-joy fondi xususiy (undan o’z egasi foydalangan holda), ijaraga olingan va davlatga tegishli turlarga bo’linadi. Ayrim oilalar bir nechta uy-joyga ega bo’lganliklari sababli (ba’zan boshqa shahar va davlatlarda) statistikada birlamchi rezidentsiya (egasi o’z vaqtini ko’proq o’tkazuvchi joy) va ikkilamchi rezidentsiya ajratib ko’rsatiladi.
Uy-joy sifatini o’rganishda uyning qavatlari, devorlarning materiali, shiftning balandligi, maishiy-kommunal qulayliklar (elektr toki, gaz, suv, vannaxona, telefon va hokazo) bilan ta’minlanganlik darajasiga asosan guruhlashdan foydalaniladi. Xususiy uy-joy uchun unga tegishli bo’lgan yer maydoni ko’rsatiladi. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligini umumlashtirib, tavsiflash uchun belgilangan standart talablariga javob bermaydigan uy-joylarda yashovchilar soni va ularning aholi umumiy sonidagi salmog’i hamda har bir uy uchun to’g’ri keluvchi xonalar soni ko’rsatkichlari ham qo’llaniladi. Farb mamlakatlarining uy-joy bilan ta’minlash standartida bu holda har bir yashovchiga bitta xona va yana qo’shimcha ravishda umumiy xona to’g’ri kelishi ko’zda tutilgan.
Aholining uzoq muddat xizmat qiluvchi turli jihozlar bilan ta’minlanishiga kelganda esa, xalqaro statistikada bunday jihozlarning har 100 ta oilaga yoki har 1000 kishiga to’g’ri kelishi hisobga olinadi. Bu avtomobil, muzlatgich, sovutgich, televizor, telefon, kir yuvish mashinasi, changyutgich va hokazolarga tegishlidir.
Aholi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining eng zarur turlari iste’mol qilishini tavsiflash jami aholi, shuningdek turli ijtimoiy-kasbiy guruh a’zolarining go’sht, sut, baliq, tuxum, non va boshqa mahsulotlarni aholi jon boshiga o’rtacha yillik iste’molini aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishda faqatgina miqdorga emas, sifatga ham e’tibor beriladi. Bu maqsadda iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining kaloriyalilik darajasi, shuningdek, oqsil, uglevod va vitaminlar bilan ta’minlanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Biroq xalqaro statistika amaliyotida bunday ko’rsatkichlar zarur axborotlarning yetishmasligi sababli kamdan-kam hollardagina ishlatiladi.
Aholining madaniyati va ma’lumoti darajasini o’rganish uchun BMT Statistika qo’mitasi quyidagi bir qator ko’rsatkichlarni tavsiya qiladi:
a) savodsizlar soni va ularning “savodlilik yoshi” dan (bu yosh har bir mamlakat uchun muayyan sharoitlar asosida alohida belgilanadi) katta yoshdagilar sonidagi salmog’i.



Download 365.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling