Amaliy mash g`ulot 1 Turli XIL usulda xar XIL mahsulotlar ishlab chiqish uchun,ishlab chiqarish jarayonlarining moddiy balansini hisoblashni o’rganish


Download 52.11 Kb.
bet1/3
Sana05.10.2023
Hajmi52.11 Kb.
#1692868
  1   2   3
Bog'liq
AMALIY 1


Amaliy mash g`ulot 1
Turli xil usulda xar xil mahsulotlar ishlab chiqish uchun,ishlab chiqarish jarayonlarining moddiy balansini hisoblashni o’rganish.
MODDIY BALANS HISOBI O’RGANISH
Materialning moddiy yoki texnologik balansi deb foydalanilgan
(kiritilgan) material, ishlab chiqarilgan mahsulot va shuningdek qo'shimcha hosil
bo'lgan moddalar miqdorini hisoblash tushuniladi.
Hisob-kitoblarning natijalari grafiklar, tenglamalar, jadval yoki diagrammalar
ko'rinishida beriladi. Ishlab chiqarishga berilgan xom-ashyoning miqdori tayyorlangan
mahsulot miqdoriga teng bo'lishi kerak. Bularni hisoblash uchun stexiometrik
tenglamalardan foydalanilgan holda, ishlab chiqarishning alohida bosqichlari va
qo'shimcha jarayonlar hisobga olinadi.
Material balansi tuzish ishlab chiqarishning ratsional sxemasini tuzishda, mahsulot
chiqishining nisbiy miqdorlarini belgilashda, uning iqtisodiy ko'rsatkichlari,
tegishli jarayonlarning mukammallik darajasini aniqlashga imkon beradi.
Material balansini tuzishda xom-ashyoning, tayyor mahsulotning va yarim tayyor
mahsulotlarning tarkibini bilish, ba'zan esa ularning ba'zi bir fizik-kimyoviy
xossalarini tashqi ta'sir natijasida o'zgarishlarini bilish talab etiladi.
Agar ishlab chiqarishga berilgan xom-ashyo miqdori tayyor mahsulot miqdori
va qo'shimcha hosil bo'lgan moddalar miqdoriga teng bo'lmasa, u holda bu farq, ya'ni
“bog'lanmaganlik” qaytadan hisoblanadi. Uning miqdori ham material balans
jadvalida aks etishi kerak. “Bog'lanmaganlik” hisobini esa imkon darajasida
minimal miqdorga yetkazish kerak.
Elementning tabiiy izotoplar tarkibidagi atomi o`rtacha massasining uglerod atomi 12C massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng kattalik kimyoviy elementning nisbiy atom massasi Ar deyiladi.
Ar (H) = 1,674 ∙ 10-27 kg / 1/12 ∙ 1,993 ∙ 10-26 = 1,0079
Ar (O) = 2,667 ∙ 10-26 kg / 1/12 ∙ 1,993 ∙ 10-26 = 15,9994
Moddaning tabiiy izotoplar tarkibidagi molekulasi o`rtacha massasining uglerod atomi 12C massasining 1/12 qismiga nisbatiga teng kattalik moddaning nisbiy molekulyar massasi Mr deyiladi.
Mr (H2O) = 2 ∙ 1,0097 + 1 ∙ 15,9994 = 2,01594 + 15,9994 = 18,01534.
Mol - bu berilgan moddaning 0,012 kg uglerod izotopi 12C da nechta atom bo`lsa, tarkibida shuncha struktura birliklar (molekula, atom, ion, elektron) bo`ladigan miqdoridir.
NA = 0,012 kg/mol / 1,993 ∙ 10-26kg = 6,02 ∙ 1023 1/mol
Bu son Avagadro soni deyiladi va istalgan moddaning bir molidagi struktura birliklari sonini ko`rsatadi.
Molyar massa–modda massasining moddaning moqdoriga nisbatiga teng kattalik. U M harfi bilan belgilanadi, uning o`lchovi kg/mol yoki g/mol.
m = nM (1. 1) , n = m/M (1. 2) , M = m/n (1. 3) formulalardan modda muayyan miqdorining massasini hisoblab topish, yoki moddaning ma`lum massasidagi mollar sonini aniqlash, yoki moddaning molyar massasini oson topish mumkin.

.

Download 52.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling