Aholining ko’pchiligini musulmonlar tashkil etadigan mamlakatlar: Geografik va etnomadaniy tavsiflar
Xalqaro diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari
Download 132 Kb.
|
Musulmon dunyosining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi
Xalqaro diniy ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari.
“ixvon al-muslimin” (musulmon birodarlari) XX asrdagi milliy ozodlik harakati bilan hamohang tarzda ajnabiy bosqinchilar e’tiqod qiluvchi din egalariga qarshi qaratilgan diniy ekstremistk harakatlar ham vujudga keldi. Masalan, dunyodagi eng katta kuch sifatida vujudga kelgan ekstremistik harakat “Al-ixvon al-muslimiyn” (Musulmon birodarlari) tashkiloti ham milliy ozodlik harakatidan so’ng vujudga keldi. U xalq ommasi, ayniqsa, yoshlar orasida islom fundamentalizimini keng tashviqot qildi. “Alloh – maqsadimiz, payg’ambar – etakchimiz, qur’on – Konstituttsiyamiz, jihod – buyuk orzuimiz” shiori asosida faoliyat yuritadi. “Vahobiylik” mafkurasi asosida Misrda paydo bo’lgan mazkur oqimni Misrning Mahmudiya qishlog’ida 1906 yilda to’g’ilgan va 1926 yilda Qohiraga o’qishga kelib pedagogika bilim yurtini bitirgan, Ismoiliya qishlog’iga ishga yuborilgan Hasan al-Banno tashkil etadi. 1928 yilda bu erda ilk bor kichik bir tashkilot tuzadi. Tashkilot a’zolari ovqatlanish joylarida, masjidlarda, choyxonalarda tashviqot ishlarini olib boradilar. Tashkilotga islom dini uchun jonimni ham ayamayman deb qasam ichganlargina a’zo qilib olinar edi. Ushbu tashkilot ilk davrlaridan kambag’allarga yordam berish, bepul maktab ochish va tibbiy yordam ko’rsatish ishlari bilan shug’ullanadi. Bunday tadbirlar tashkilot a’zolarining ko’payishiga va uning omma orasida obro’sining yanada oshishiga olib keladi. Al – Banna Qohirada eng obro’li kishilar bilan tanishgan edi. Qohirada maktablar ochishga muyassar bo’ladi. U maorif vaziridan maktablardan dunyoviy fanlar yo’q qilinishi talab qila boshlaydi. Tashkilotda qurollari otryadi tashkil etidi. Tashkilotning qo’li bilan Qohira politsiyasining boshlig’i va bosh ministr otib o’ldiriladi. 1946-1948 yillarga kelib tashkilot bo’limlari 102 tadan 300 tagacha ko’payib katta siyosiy kuchga aylanadi. Tashkilotning harbiy otryadlari 1948 yildagi Falastin – Isroil urushida Misr qo’shinlari bilan yonma-yon turib jang qiladi. 1952 yilda Misrda Jamol Abdul Nosir rahbarligida “Ozod ofitsserlar” tashkiloti hokimiyat tepasiga keladi. Ikkala tashkilot o’rtasida iliq munosabatlar o’rnatiladi. “Musulmon birodarlari” tashkilotining yangi rahbari Xudaybiya Jamol Nosirdan islom fundamentalizmini tez hayotga tadbiq etilishi hamda Misrda islom davlati bo’lishi kerakligi masalasida referendum o’tkazishni talab qiladi. Nosir bunga rozi bo’lmaydi. 1954 yilda mamlakat Xudaybiyarahbariga suiqasd tashkilotchilari tomonidan osib o’ldiriladi. Tashkilot faoliyati ta’qiqlanadi. 1970 yillda hokimiyat tepasiga Anvar Saodatnig kelishi tashkilotning qayta jonlanishiga olib keladi. 1971 yilda Misr konstitutsiyasiga ko’ra Islom davlati dini deb e’lon qilinadi. Shariat qonunchilikning asosiy manbai deb belgilanadi. 1978 yilda shariatga zid ish olib boruvchi mansabdor shaxslarning davlat organlariga tosh otadiganlarni jazolash to’g’risida qonun qabul qilinadi. Anvar Saodat davrida Misrning 1971 yilgi tashqi qarzi. 1,7 mlrd dollardan 1981 yilga kelib 20 mlrddollarga etadi. Ishsizlar soni ishga yaroqli aholining 12 foizini tashkil etadi. Tabaqalanish kuchaydi. “Musulmon birodarlari” tashkiloti haqiqiy islom jamiyatigina bunday inqirozdan chiqish mumkin deb hisoblaydi. Natijada Anvar Saodat “Dinda siyosat, siyosatda esa din bo’lmaydi” deyishga majbur bo’ldi. 1981 yil oktyabr oyida Anvar Saodat otib o’ldirildi. Husanni Muborak boshchiligidagi hukumat esa “Musulmon birodarlari” tashkilotiga nisbatan bosiq yo’l tutdi. Hozir ham bu tashkilot katta ta’sir kuchiga ega. 1979-1989 yillarda tashkilot o’zining faol harakatini ko’proq xorijda amalga oshirdi. Jumladan, 1979-82 yillar ichida “birodarlar” ning Suriyadagi bo’linmasi tomonidan harbiy bilim yurtlari kursantlari , harbiy xizmatga chaqiruv joylarida sodir etilgan terrorchilik harakatlari natijasida 200 dan ziyod kishi nobud bo’ldi. Ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda “Musulmon birodarlari” ning mintaqaviy bo’linmalari Bahrayn, Misr, Iordaniya, Yaman, Qatar, Quvayt, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Pokiston, Saudiya Arabiston, Sudan, Suriya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsariya, AQSh, Frantsiya va Germaniya kabi mamlakatlarda faoliyat yuritmoqda. Tashkilot jangarilari maxsus lagerlarda terrorchilik amaliyotini tayyorlash va o’tkazishda zarur bo’lishi mumkin bo’lgan xufiya ishlash asoslari, avtomashina haydash, shopografik xarita bo’yicha joy topish, quroldan foydalanish, qo’l jangi va qo’poruvchilikni amalga oshirish bo’yicha mashg’ulotni o’taydilar. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, faol harakat qiluvchi “birodarlar”ning soni Misrda 5 mingacha, Suriyada 2 ming, Iordaniyada 10 mingga yaqin. Agar mafkuraviy jihatdan “birodar”larga yaqin turuvchi Islom tiklanish partiyasi a’zolarini hisoblaganda hamda Iroqda 3 mingdan 5 minggacha kishini tashkil qiladi. 1990 yillarda “Musulmon birodarlar” tashkiloti Misr davlat byudjetining asosiy manbalardan biri bo’lgan sayyohlikka zarba berish orqali iqtisodiy barqarorlikni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Masalan, 1996 yil 18 aprelda Qohirada 18 nafar sayyoh, 1997 yil 17 noyabrda esa Luksorda 58 nafar turli davlat fuqarolari otib tashlandi. Oqibatda, sayyohlarning ommaviy tarzda mamlakatni tark etishi natijasida mamlakatning turizmdan ko’radigan foydasi jiddiy zarar ko’rdi. 1960 yilning o’rtalarida Jazoirda “Islom birodarlari” harakati shakllandi va tashkiloti tuzildi. Bu tashkilot xukmron partiya-Milliy ozodlik fronti siyosatiga ochiqdan – ochiq qarshi chiqa boshladi. Hukumat siyosatidagi xatolar tashkilotning ta’sir kuchini yanada kengaytirdi. Tashkilot mamlakatda hayotning barcha sohalariga shariat normalariga asoslanish zarurligini talab qila boshladilar. 1982-83 yillada ular Jazoir konstituttsiyasiga qarshi bayonot berdilar. “Islom birodarlari” saylovda g’alaba qozongach, ularning hokimiyat egalariga yo’l qo’yilmadi. Tashkilot faoliyati ta’qiqlandi. Tashkilot guruhlari terrorchilikni avj oldirdilar. 100 mingga yaqin aholi bu harakatning qurboniga aylandi. "XAMAS" - "Harakat al-muqavama al-islomiya" ("Islom qarshilik harakati") . Mazkur tashkilotga 1987 yil Falastinda shayx Ahmad Yosin tomonidan asos solingan. Yosin dastlab 1979 yilda Erondagi islom inqilobi ta’sirida radikal g’oyalarni o’ziga shior qilib olgan "Mujohidlar shuhrati" nomli tashkilot tuzadi. "XAMAS" ning siyosatini ifodalovchi "Alloh yo’li" nomli hujjatda barcha islom davlatlariga zulm va adovat tarqatilayotgani, buning oldini olishga va Falastinning barcha hududida islom davlati barpo ztishga esa faqat jihod yo’li bilan erishish mumkinligi ta’kidlanadi. Bugungi kunda XAMAS ijtimoiy-siyosiy sohada ochik faoliyat yurituvchi va terrorchilik amaliyotlarini amalga oshiruvchi maxfiy jangovar tizimlardan iborat ikki qanotga ega. Ijtimoiy-siyosiy tizim tarkibidagi bo’linmalar xayriya ishlari hamda masjid va ommaviy axborot vositalari orqali radikal islom g’oyalarini targ’ib qilish hamda jamoat muassasalarida tashkilotga yangi a’zolarni yollash bilan shug’ullanadi. Jangovar tuzilma asosini maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, boshqalardan qora kombinezon va "Allohu akbar" deb yozilgan peshonabog’ ajratib turuvchi 300-500 jangaridan iborat guruh tashkil etsa-da, bir necha ming kishidan iborat yordamchi guruhlar mavjudligini ta’kidlash zarur. "XAMAS" jangarilari amalga oshiradigan terrorchilik harakatlar Isroil askarlariga hujum uyushtirish, jamoat joylarida minalashtirilgan avtomibllardan hamda terrorchi-kamikadzelardan foydalanish orqali bomba portlatish va yahudiylar yashaydigan hududlarni raketalar bilan o’qqa tutishga asoslangan. Keyingi yillarda "XAMAS" o’zining terrorchilik faoliyatida ko’proq terrorchi-kamikadzelardan foydalanishga intilmoqda. Asosan o’smirlar va ayollar ishtirokida shunday usul bilan 2002 yilda 46 ta va 2003 yilda 17 marta terrorchilik harakatini amalga oshirgan.Ushbu tashkilot qo’llayotgan terrorchi-kamikadzelardan foydalanish usuli boshqa diniy ekstremistik tashkilotlar uchun tajriba manbai sifatida xizmat qilmoqda. "Hizbulloh" ("Alloh partiyasi") - 1982 yilda Livanda shayx Muhammad Husayn Fadallo boshchiligida shia dindorlari tomonidan asos solingan. Tashkilotning mafkuraviy asoslari 1985 yilda e’lon qilingan deklaratsiyada o’z ifodasini topgan.Unda jihod yo’li bilan yahudiy, frantsuz va amerikaliklarni Livandan siqib chiqarish hamda ozod qilingan hududda islom davlatini tuzish g’oyalari ilgari surilgan hamda AQSh bilan Isroil tashkilotining asosiy dushmani sifatida baholangan. Isroil armiyasining Livanga bostirib kirishi natijasida ko’plab tinch aholining qurbon bo’lishi va "Hizbulloh" ning isroilliklarga qarshi kurashda faol ishtirok etishi tashkilotning ommaviylashuvi va ko’plab livanliklarning unga a’zo bo’lishiga sabab bo’ldi. 1992 yilda tashkilot tuzilmasida jiddiy o’zgarishlar amalga oshiriladi. Xususan, uning harbiy qanoti - "Islom qarshilik harakati" mustaqil tashkilot sifatida ajralib chiqdi. Shuningdek, maktab, shifoxonalar ochish kabi ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish va ochiq siyosiy faoliyatni kuchaytirishga alohida e’tibor berila boshlandi. Alohida batalon va maxsus guruhlarga bo’lingan, boshqa tuzilmalar a’zolaridan tashqi jixatlari bilan ajralib turadigan 4000-5000ga yaqin jangarilar guruhining mavjudligi tashkilotning bugungi kunda ham etarli jangovar kuchlarga egaligini ko’rsatadi. "Hizbulloh" ning harbiy tizimida turli davrlarda Jazoir, Saudiya, Afg’oniston, Quvayt, Sudan, Bosniya va Gertsagovinadan kelgan jangarilar tayyorgalikdan o’tishgan. "Hizbulloh" 1980-1990 yillarda AQSh va Isroilga nisbatan eng ko’p terrorchilik harakatini amalga oshirgan tashkilot hisoblanadi. Dastlab tashkilot jangarilari samolyotlarni garovga olish, fuqarolarni o’g’irlash usullarini keng qo’llagan bo’lsa, keyinchalik ular ko’proq portlovchi moddalar ortilgan avtomashinalar va terrorchi-kamekadzelar yordamida qo’poruvchilik harakatlarini amalga oshirganlar. 1993 yil 23 oktyabrda Bayrutda tashkilotning ikki a’zosi portlovchi moddalar ortilgan yuk avtomashinalarini harbiy kazarmalarga yo’naltirishi natijasida ro’y bergan portlash oqibatida AQShning 240, Frantsiyaning 58 harbiy xizmatchisi halok bo’lgan va bir necha yuz kishi yarador bo’lgan edi. 1994 yil 18 iyulda Argentina poytaxtida joylashgan Yahudiy madaniyati markazi binosida terrorchi-kamekadzening o’zini portlatib yuborishi natijasida 86 kishi halok bo’lgan edi. “Al-Qoida” (“Asos”) – rahbariyati g’oyaviy jihatdan Muhammad ib Abdul-Vahhob va Sayid o’z qutblarning asarlarida bayon qilingan tamoyillarga asoslanishini e’tirof qilgan holda, amalda musulmon davlatlaridagi dunyoviy hukumatlarni ag’darib tashlab va shariatga asoslangan islomiy davlat qurishdek asosiy maqsadni ko’zlaydi. Manbalarda “Al qoida”ning harbiy lagerlari 2001 yilga qadar Afg’oniston, Pokiston, Somali, Sudan, Yaman, Bangladesh kabi qator davlatlarning tog’li hududlarida, shuningdek: Chechiniston hatto, bittasi AQShning florida shtatida faoliyat ko’rsatgani qayd etilgan. Taxminlarga ko’ra, hozirgi kunda tashkilotning yashirin guruhlari 33tadan 88tagacha mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan bo’lishi, jangarilarning soni esa 3000-7000 kishini tashkil etishi mumkin. 1996 yilda AQSh ning Sudan hukumati taz’yiqi ostida “Al-qoida” ni asosiy jangovar kuchlari Afg’onistonning “Tolibon” harakati nazoratidagi hududlarga ko’chib o’tdi. Aynan shu erda. 1998 yil fevralida “Al-qoida” etakchiligida “al-Jamoa al-Islomiyya”, “al-johid” Misr “Jamaati ulame Pokiston”, “Kashmir qo’zg’alonchilik harakati” (Hindiston), “Jihod” (Bangladesh) va “Tolibon” harakati vakillari “Yahudiy va salbchilarga qarshi xalqaro islom fronti” uyushmasi tuzilganini e’lon qildilar. Ushbu uyushma nomidan Usama bin Laden AQSh boshchiligidagi G’arb dunyosiga jihod e’lon qildi. Jumladan, 1998 yil 25 iyunda “al-Qoida” jangarilari Saudiyaning Daxran shahrida yonida joylashgan AQSh harbiy Havo kuchlarining bazasi oldida amalga oshirgan portlash natijasida 19 kishi haloq bo’lib,300 dan ziyod kishi tan jarohati oldi. Shu yilning 7 avgustida esa “al-Qoida” jangarilari bir vaqtning o’zida AQShning Tanzaniya va Keniyadagi elchixonalari oldida bomba ortilgan mashinalarni portlatishi oqibatida 242 kishi halok bo’ldi va 5000 ga yaqin kishi jarohatlandi. 2001 yil 11-sentyabrda amalga oshirilgan terrorchilik harakati AQSh va jaxon iqtisodiyotiga bevosita 135 mlr, bilvosita 2 trln dollor zarar etkazgan. Xulosa qilib aytganda, yuqorida ko’rsatib o’tilgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar nafaqat musulmon mamlakatlari xavfsizligiga tahdid solmoqda, balki umumbashariyat hayoti uchun katta xavfga aylanmoqda. Diniy-ekstremistik tashkilotlar faoliyati, shuningdek, musulmon bo’lmagan mamlakatlar aholisi o’rtasida islomni "yovuzlik saltanati" va tahdid manbai sifatida qabul qilishiga zamin yaratmoqda. Keltirilgan misollar diniy ekstremizm va terrorizmning tobora keng miqyos va mudhish qiyofa kasb etayotganini tasdiqlaydi. Bu unga qarshi kurashda dunyo mamlakatlari tajribasining ahamyati beqiyos ekanini ko’rsatadi. Diniy ekstremizm va terorizmga qarshi kurash olib borayotgan ko’pgina musulmon mamlakatlari bot-bot Misr Arab Respublikasi tajribasiga murojaat qilmoqdalar.(Xo’sh, Misr tajribasi nima?) Misr Arab Respublikasi hukumatining diniy ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi bevosita va bilvosita qarshilik ko’rsatish usullarini o’z ichiga oladi. Bevosita qarshilik ko’rsatish o’z ichiga huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ko’riladigan choralarni oladi. Bilvosita choralarga hukumatning rasmiy diniy muassasalarni o’z tasarrufiga og’dirishga, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradigan dastak va tizimlar kiradi. Bevosita qarshilik ko’rsatishda so’nggi yillarda mamlakatda qabul qilingan aksilterrorchilik qonunlarining huquqiy asosidan keng foydalaniladi.Bilvosita qarshilik usullariga, shuningdek, islom muxolifatining mutadil qismini faollashtirib, zo’ravonlikka qarshi kurashda diniy arbob va muassasalarning ahamiyatini oshirish orqali radikal islomchilarni “jilovlab” turish kiradi. Misr jangarilik holatlarining oldini olish maqsadida repressiya choralarni qo’llash bilan birga huquqiy choralardan ham samarali foydalanadi.Shu o’rinda Misr qonunchiligi diniy asosda partiyalar tashkil etishni taqiqlashini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, davlat qonuniy ravishda qurol saqlaganlar, zo’ravonlikni targ’ib etuvchilar, radikal islomni moliyaviy qo’llab-quvvatlovchilarga nisbatan qattiq ma’muriy-jinoiy choralarni qo’llaydi. 1990 yillarda zo’rlik va terror harakatining kuchayishi Misr hukumatini “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida”gi qonun kabi bir qator yangi huquqiy hujjatlarini qabul qilishga majbur qildi. Bunday maxsus qonunning qabul qilishini xavfsizlik idoralariga ko’proq erkinlik berish va ular olib borayotgan faoliyatning samaradorligini ta’minlash bilan bog’liq edi. Hukumat diniy muxolifatga parlament saylovlarida ishtirok etish, o’z gazetalarini nashr etish OAV da o’z ovoziga ega bo’lishga yo’l qo’yib berdi. U islom jangarilari bilan Al-Azhar shayxlari o’rtasidagi televizion bahslarni moliyaviy ta’minladi. Ma’mun-mohiyati va tanqidiy yondashuvlardan qat’iy nazar, televidenieda diniy dasturlar namoyish qilinishiga, gazetalarda maqolalar chop etilishiga imkoniyat berildi. Biroq radikal islom tashkilotlarning xorijda yashayotgan etakchilari mavjud tuzumni kuchsiz deb bilar, uni qulatish uchun mamlakat ichida ham ozgina qo’zg’alish bo’lsa kifoya deb hisoblar edi.Shu sababli radikal islom guruhlari mamlakat ichida ham, tashqarida ham terrorchilik harakatlari sodir etishning yuqori sur’atini saqlab qolishga intildilar. Misr terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirish, radikal islom tashkilotlari va guruhlarini yo’q qilish orqali mamlakatda barqarorlikni ta’minlashga intilmoqda. Xususan, 1995 yilda Misrning xavfsizlik idoralari tomonidan “Al-jamoa al Islomiya” tashkilotining 20 ortiq, “Al-jihod al-Islomiya” tashkilotining ikkita, “At-Takfir val-Jihod” va “At-Tavaqquf vat Tabyin” tashkilotlarining bittadan guruhi fosh qilingan edi.Maxsus ishlab chiqilgan ilmiy dasturga ko’ra, Misr hukumati diniy ekstremizm va terrorizm bilan ham ichki, ham tashqi jabhada kurash olib bora boshladi. Ichki frontda bu kurash davlat tomonidan ishsizlik, kam ta’minlangan oilalarning yashash darajasining pastligi, savodsizlik, uy-joy etishmasligi kabi muammolarni echishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirishni ko’zda tutadi. Hukumat Misrning qoloq tumanlari va viloyatlarini rivojlantirishga qaratilgan va ustuvor yo’nalishlarni o’z ichiga oladigan aniq dastur ishlab chiqishni o’z oldida vazifa qilib qo’ydi. Misr hukumati umumilliy strategiyaga binoan diniy va siyosiy zo’ravonlikka chek qo’ymoqda. Bu dasturning asosiy maqsadi - diniy radikalizmning ijtimoiy-iqtisodiy zaminini yo’q qilish va yoshlarga tayanishdan mahrum etishdan iborat bo’lib, siyosiy, axborot, diniy, madaniy va yoshlar muassasalarining har tomonlama va o’zaro hamkorlikdagi ta’sirini kuchaytirishga asoslangan. Davlat o’rta va oliy o’quv yurtlariga alohida e’tibor berish, diniy dasturlar va fanlarning o’qitilishini qattiq nazorat qilish orqali islom tashkilotlarining universitetlar, talabalar va kasaba uyushmalari ichidagi ta’sirini jiddiy kamaytirishga erishdi. Terrorchi tashkilotlar a’zolarining mutlaq ko’pchiligini jamiyatdagi o’rni va mavqeini aniq belgilab ololmagan (marginallashgan) ijtimoiy qatlamlarga mansub 16-30 yashar yoshlar tashkil qiladi. Shuning uchun ham, dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida aholining qashshoqlashuviga terorizmni oziqlantiruvchi omillardan biri sifatida qaralmoqda va uni keltirib chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga alohida e’tibor berilmoqda. Ekstremistik g’oyalarning yoyilishining oldini olishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilmoqla. Shu nuqtai nazardan Misr hukumati va rahbariyati ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligini pasaytirishga va 70 foizi qashshoqlikda yashayotgan aholining ahvolini yaxshilashga qaratilgan bir qator dasturlar va tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, davlat aholi uchun asosiy non, un, shakar, o’simlik yog’i va shu kabi oziq-ovqat mahsulotlari, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, oylik maoshga qo’shimcha to’lovlar hamda suvdan bepul foydalanish kabilarni dotatsiyalash (davlat tomonidan moliyaviy ko’maklashish)da davom etmoqda. Shuningdek, Misr hukumati uy-joy, oliy ma’lumot olish, dori-darmonlarga ham o’rtacha narxni saqlab turishga harakat qilmoqda. Imtiyozli tibbiy xizmat va dori-darmon bilan ta’minlash, bepul maktab ta’limi kabilarni o’z ichiga olgan ijtimoiy dotatsiya va imtiyozlar tizimi ham rivojlantirilib borilmoqda. Umuman olganda, ko’rilgan bu choralar nisbatan bo’lsa-da, ijtimoiy adolatni va mamlakat aholisining quyi tabaqasiga yashash uchun zaruriy mablag’ning eng kam miqdorini ta’minlashga qaratilgan. Download 132 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling