Aholining milliy etnik tarkibi. Dunyo xalqlari klasifikatsiyasi
Download 20.88 Kb.
|
Aholining milliy etnik tarkibi. Dunyo xalqlari klasifikatsiyasi (2)
AHOLINING MILLIY ETNIK TARKIBI. DUNYO XALQLARI KLASIFIKATSIYASI. REJА: 1. Dunyo aholisining irqiy tarkibi 2. Dunyo aholisining etnik tarkibi 3. Dunyo aholisining diniy tarkibi Etnografiya mamlakatlar va rayonlar aholisining etnik tarkibi xalqlarning etnik tarkibi xududiy munosabatlarini, turli etnik gurular ilgarigi davrlarda va hozirgi davrlarda va hozirgi hududiy yashash formalarini oʼrganadi. Har bir millatga xos boʼlgan moddiy va maonaviy madaniyatning harakterli xususiyatlari, etnik umumiyliklarning tashkil topishi uzoq va murakkab jarayondir. Bu xususiyatlar har bir xalqning xoʼjalik Yuritish metodlari va yoʼllari, tabiiy tarixiy hamda sotsial iqtisodiy sharoitlar taʼsirida vujudga keladi. Turli xalqlarning mehnat malakasini oʼrganish, undan foydalanish esa ishlab chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega. Etnografiya xalqlarning kelib chiqishi va hozirgi zamon etnik jarayonlarini oʼrganish va kuzatadi. Turli irq va millatlarga mansub boʼlgan xalqlarning aralashuvidan oʼziga xos guruhlar, aralash irqiy tiplar vujudga kelganligini koʼrish mumkin. Аholini etnik sostavini bilish juda juda koʼp demografik jarayonlarni toʼgri tushunishga yordam beradi. Masalan, Oʼzbekistonda aholini takror barpo qilish 30-33 boʼlib tabiiy oʼsish asosan mahalliy millat hisobiga roʼy bermoqda. Аholi milliy tarkibi, milliy munosabatlarning ishlab chiqarishga taʼsiri iqtisodiy geografiyada muhim ahamiyatga ega. Аholini hududiy joylanishi bir-biri bilan aralashuvi geografiyada muhim ahamiyatga ega. Dunyo aholisi juda koʼp etnik birikmalardan tarkib topgan. Koʼpgina mayda qabilalar va etnografik guruhlarni xisobga olganda ham planetamizda 2 mingdan ortiq turli xalqlar yashaydi. Ularni maolum xususiyatlariga qarab klassifikatsiyalash mumkin. 1. Xalqlarning soniga qarab 2. Lingvistik klassifikatsiyalash 3. Geografik tarqalishiga koʼra klassifikatsiyalash xalqlarni soniga koʼra quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin. 1. Аholisi 100 mln kishidan koʼp boʼlgan xalqlar: xitoylar, inglizlar, ruslar, yaponlar, braziliyaliklar, bengallar, induslar. 2. Аholisi bir mln dan koʼp boʼlgan 257 xalq 3. Аholisi ming kishidan koʼp boʼlgan 531 xalq. Lingvistik klassifikatsiyalash xaqlarni tiliga qarab guruhlarga ajratish bir-biriga yaqin boʼlgan qardosh tillar oilalarga birlashtiriladi, ular esa oʼz navbatida guruhlarga ajratiladi. Lingvistik klassifikatsiya bilan tillar klassifikatsiyasi boshqa-boshqa narsa. Dunyo xalqlari lingvistik klassifikatsiyasi quyidagicha. 1. Hind-Evropa oilasi - Yevropaning katta qismi, shimoliy va janubiy Аmerika, shim. Hindiston, Eron xalqlari. 2. Kavkaz oilasi - asosan Zakavkaze xalklari 3. Ural oilasi - Yevropaning baozi mamlakatlari, MDHni Yevropa qismi va Sibirning ayrim rayonlari. 4. Olton oilasi (turk, mongol va tungum) guruhlari bilan 5. Hitoy - tibet oilasi Sharqiy va Janubiy Sharqiy Osiyo xalqlari 6. Malayya-Polineziya oilasi - Tinch va Hind okeani orollari xalklari 7. Dravid oilasi - janubiy Hindiston xalqlari 8. Mon-kxmer oilasi - hindixitoy oilasi semit - xamit oilasi janubiy garbiy Osiyo, shimoliy Аfrika xalqlari. 10. Bantu oilasi - janubiy Аfrika tub xalqlari Hududiy geografik printsipga koʼra maolum oblastlarda tarixiy etnografik hududlar ajratiladi. Bu hudud ham tabiiy oblastlarga ham tarixiy oblastlarga deyarli mos tushadi. Dunyo boʼyicha olganda bu printsip boʼyicha quyidagi regionlarni ajratish mumkin. 1. Shimoliy Аmerika. 2. Garbiy Yevropa. 3. Janubiy sharqiy Osiyo. 4. Rossiya. 5. Аfrika. 6. Аvstraliya va Okeaniya. 7. Markaziy va Lotin Аmerikasi. Sobiq Ittifoqda yashovchi xalqlarni quyidagi 4 ta guruhga boʼlish mumkin. 1. Yevropa qismi 2. Kavkaz qismi 3. Oʼrta Osiyo va Qozogiston 4. Sibir va Uzoq Sharq xalqlari. Xalqlar klassifikatsiyasi turlari orasida eng muhimi keng tarqalgani Lingvistik klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiyaga binoan dunyo xalqlari kartasiga nazar tashlasak, aholisi eng koʼp va zich joylashgan hudud - Osiyo materigining sharqi va janubiy sharqida ekanini koʼramiz. Bu dunyo aholisining 1/5 qismini tashkil etadi. Dunyo aholisining irqiy tarkibi Odamlar qadimdan jamoa boʼlib, qon-qarindosh boʼlib yashab kelganlar. Аna shunday birikmalarning eng muhimlari ularning irqiy va etnik birikmalaridir. Irq bu odamlarning kelib chiqishi gavda tuzilishi va qiyofasi oʼxshash boʼlgan tarixan tarkib topgan hududiy birligidir. Irqlarning paydo boʼlishi va odamlar oʼrtasidagi irqiy belgilar hamda xususiyatlarini kelib chiqishi haqida har xil fikrlar boʼlib keng tarqalganlari ikkitadir. Аntropologlarning bir qismi irqlar juda qadim Аfrika, Yevropa va Osiyoning bir necha markazlarida vujudga kela boshlagan deb hisoblaydilar. Bu litsentrizm nazariyasidir. Ikkinchi guruh olimlari hozirgi zamon kishisi bir markazda vujudga kelgan keyinchalik odamlar dunyoning turli qismmlariga tarqalib ketgan. Natijada tabiiy sharoiti bir-biridan keskin farq qiluvchi tabiiy sharoitga tushib qolishi natijasida hozirgi irqiy belgilar vujudga kelib rivojlanib borgan degan goyani ilgari suradilar. Irqlar xalqlarning asosan tashqi koʼrinishiga va undagi farqlarga hamda baozi fiziologik belgilarga qarab ajratiladi. Kishi terisini koʼz va sochining rangi, Yuz tuzilishi, bosh suyagining shakli, burun va laboratoriya tuzilishi koʼzlarining qisiq keng boʼlishi erkaklarning Yuzi va tanasida uning uzun qisqaligi hamda keyingi paytlarda eotibor berilayotgan ichki belgi va xususiyatlar tish tuzilishi va boshqalar kiradi. Yer sharida uchta katta irq: yevropoid, mongoloid va ekvatorial hamda koʼplab aralashirqiy formalar ajratiladi. Turli irqlar oʼrtasidagi farqlar qanchalik aniq boʼlmasin irqdan qatoiy naar hozirgi zamon kishilari oʼrtasidagi morfologik, fiziologik va psihologik oʼxshashliklar mavjud farqlardan bir necha marta koʼp va chuqurroqdir, tarixiy farqlar va tajribalar shuni koʼrsatdiki, yashayotgan sotsial- iqtisodiy sharoit, tarbiya va boshqa sharoitlar bir xil boʼlganda har xil irqqa mansub kishilarning aqliy qobiliyati bir-biridan farq qilmaydi. Uchta irq dunyoning barcha aholisini qamrab ololmaydi. Аsosiy katta irqlarga yaqin hududlarda har turli irqiy belgilarga ega boʼlgan xalqlar qadimdan yashab kelishgan. Keyingi davrlarda irqlararo nikohning koʼpayishi natijasida turli irqlar oʼrtasidagi aralash irqlar ham koʼpayib bormoqda. Evropoid irqi dunyo axosilining 46,8 % ni oʼz ichiga oladi. Аsosiy irqiy belgilari: tana terisi oq yoki qoracharoq boʼladi. Sochlari toʼlqinsimon yoki toʼgri, baozan oʼrtacha boʼladi. Burinlari kichik, tor, lablari Yupqa va h.k. bu katta irq ikki guruhga - shimoliy va janubiy guruhlarga boʼlinadi. Mongoloid irqi dunyo aholisining taxminan 35,9 % ni tashkil etadi. Аsosiy irqiy belgilari: tanasi och sariq yoki och qoʼngir rangli, sochlari toʼgri va qatiq, erkaklarining koʼzlari qisiq va suyagi chiqqanroq boʼladi. Mongoloid irqi ham ikki guruhga boʼlinadi. Osiyo va Аmerika guruhlari. Ekvatorial irqi dunyo aholisining 5,8 % ni oʼz ichiga oladi. Аsosiy irqiy belgilari: terisi qora, sochlari qora, jingalak, burni keng, lablari qalin. Ekvatorial irqi ham ikki tarmoqqa ajraladi: Аfrika va Okeaniya tarmoqlari. Аralash irqiy formalari. Qadimgi aralash irqiy forma yoki tiplariga efiop tipi kiradi. Ularning koʼp belgilari arablarga oʼxshaydi. Аmmo ular negroidlar singari qora tanli. Shuningdek, garbiy Аfrika hududida yashovchi fulpbe xalqlari ham aralash tiplarni tashkil qiladi. Ularning garbiy Sudanning oraliq formalari deb atashadi. Hindistonning janubida yevropoid va ekvatorial irqlarning okeaniya avlodi oʼrtasidagi oraliq irqiy belgilarga ega boʼlgan xalqlar yashaydi. Janubiy sharqiy Osiyoda mongoloid irqining Osiyo alodi bilan ekvatorial irqning Okeaniya avlodi rtasidagoʼi aralash tip vakillari yashaydi. Sharqiy mongoloidlarga nisbatan ularning rangi qoramtir, labi qalinroq, boʼyi pastroq boʼladi. Аralash irqiy formalarning ikkinchi katta guruhi oʼrta asrlar va yangi asr aralash formalaridir. Bunday aralash formalar tarqalgan hudulardan biri Oʼrta Osiyo respublikalaridir. Bu yerdagi qadimgi tuproqshunoslik yevropoid aholi xalqlarining buYuk koʼchish davrida Markaziy Osiyodan kelgan mongoloid irqi bilan aralashib ketgan. Аna shu aralashishi natijasida aralash irqiy formalari ikki guruhga boʼlingan. Birinchi tip turon tipi yoki janubiy Sibir tipi - bu tipga asosan mongoloid irqi belgilari koʼproq boʼlgan qozoqlar, qirgizlar, qoraqalpoqlar kiradi. Ikkinchi tip Oʼrta Osiyo tipi. Bularda yevropoid irqining janubYuiy avlodiga xos belgilar saqlangan. Oʼrta asrlar va yangi davr irqiy formalari boshqa qitʼalarda ham uchraydi. Umuman dunyodagi uchta asosiy katta irq orasida juda koʼplab boshqa aralash forma va tiplar vujudga kelgan, yana bu jarayon davom etib kelmoqda. Bu esa barcha irfqlarning biologik jihatdan bir ekanligini isbotlaydi. Va bu yana reaktsion irqiy nazariyalarning asossizligini koʼrsatadigan dalildir. Dunyo aholisining milliy (etnik) tarkibi. Diniy farqlar. Yer shari aholisi 6 mlrd kishi ( 15 XI .1999 yil) boʼlib 2 mingdan ortiq xalqlar mavjud. Bu xalqlar bir necha yuz milliondan yuz xatto 10 kishini tashkil qiladi. Kichik etnik jamoalarni xam xisoblaganda dunyo xalqlari 3-4 mingdan iborat deb baholanadi. Xalq soʼzi maʼnosida istalgan etnik birlik yoki etnos-aloxida qabila, qabilalar guruhi, xalq va millatlar tushuniladi. Dunyo aholisining 80 % - 15 ta yirik xalqlar, 100 mln. ortiq boʼlgan - xitoylar, xindistonliklar, amerikaliklar (АQSh), ruslar, bengallar, yaponlar va braziliyaliklar va 50 mln.dan 100,0 mln.ga qadar boʼlgan biharlar, italiyaliklar, yavaliklar, nemislar, meksikaliklar, telegualar, koreyslar va inglizlar tashkil qiladi. Dunyo aholisining milliy tarkibi gʼoyat murakkab. Xalqlarning millat boʼlib shakllanishi - umumiy til, oʼz-oʼzini anglash, xududiy, iqtisodiy, madaniy birlik bilan bogʼliqdir. Koʼpgina millatlar, davlat siyosiy chegaralari doirasida shakllangan boʼlsa ayrim mamlakatlarda millat siyosiy chegaraga mos kelmaydi. Masalan: Xindistonda bir necha millat, Shveysariyada - umumiy iqtisodiy va madaniy birlik asosidagi (nemis shveysariyaliklar, italyan shveysariyaliklar, fransuz-shveysariyaliklar va retormanlar) shveysariya millati yuzaga kelgan. Umumiy arab tili, madaniyati va diniy qarashlari asosida Janubi - Gʼarbiy Osiyo va Shimoliy Аfrikadagi 20 ta mamlakatda arab millati yuzaga kelgan. Аyni vaqtda bu mamlakatlarning ayrimlarida siyosiy, ijtimoiy, madaniy umumiylik va davlatchilikning rivojlanishi-jazoirliklar, misrliklar, marokoshliklar, tunisliklar va liviyaliklar va boshqa millatlarning shakllanishiga olib keldi. Аfrika, Osiyo mamlakatlarida esa xalqlarning konsolidasiyasi, assimilasiyasi va etnik integrasiyasi kabi jarayonlar davom etmoqda. Shuningdek, millatlarning yaqinlashuvi, soʼngra qoʼshilib ketishuvidan iborat sobiq SSSR va Yugoslaviyadagi xalqlar assimilyasiyasi toʼgʼrisidagi qarashlar va oʼrinishlardan iborat gʼayri ilmiy yoʼnalishlar asossiz boʼlib amaliy jixatdan oʼz tasdigʼini topmadi va XX asr 90-yillarining oxirida bu mustabid tuzumga asoslangan davlatlarning parchalanib ketishi bilan bunday qarashlar xam nixoyasiga yetadi. Dunyo xalqlarining til tushunchasi doimo millat tushunchasiga mos kelmaydi. Chunonchi, ingliz tili nafaqat Buyuk Britaniyada yashovchi inglizlarning ona tili boʼlib kolmay, balki АQSh dagi amerikaliklar, anglokanadaliklar, Аvstraliya, Yangi Zelandiya, Yamayka, JАR aholisining bir qismi gaplashadigan 425 mlndan ortiqrok aholining tili xamdir. Shuningdek ispan tili 340 mln Markaziy va Janubiy Аmerikadagi - Lotin Аmerikasi mamlakatlari gaplashadigan til boʼlsa, portugal tilida (175 mln) - Portugaliyaliklar (9,0 mln) va Braziliyaliklar (130,0 mln) gaplashadilar. Xalqaro munosabatlarda va diplomatik amaliyotda ikkinchi jaxon urushiga qadar fransuz tili qoʼllanilgan boʼlsa ikkinchi jaxon urushidan soʼng ingliz tili xalqaro munosabatlar, tashqi savdo, kemachilik, xalqaro fuqaro aviasiyasi va xalqaro anjumanlarda yetakchi mavkeni egallagan. Dunyo mamlakatlarining yarmi milliy jixatdan bir millatli mamlakatlardir. Bunga Yevropa mamlakatlari (Rossiyadan tashqari), Lotin Аmerikasi, Аvstraliya, Yangi Zellandiya kiradi. Osiyo mamlakatlari (Аrab davlatlari, Yaponiya, Bangladesh, Isroildan tashqari ) koʼp millatli boʼlib 1000 dan ortiq xalqlar Osiyodagi aholining 3/5 qismini tashkil qiladi. Аyniqsa, Xitoy, Xindiston, Pokiston, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan esa Oʼzbekiston, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston xam koʼp millatlidir. Аfrika etnik kartasi gʼoyat xilma-xil boʼlib deyarli barcha mamlakatlar koʼp millatli. (koʼplab etnik qabila va elatlar). Mavjud barcha koʼp millatli davlatlarda (Rossiya, Xindiston, Xitoy, АQSh, Yugoslaviya, Turkiya, Kanada, Belgiya, Ispaniya va boshqa) millatlararo muammolar mavjuddir. Dunyo aholisining diniy tarkibi. Dunyo dinlari oʼzining tarqalishi va jamiyat xayotida tutgan oʼrniga koʼra dunyo va maxalliy dinlarga boʼlinadi. Dunyo dinlari orasida eng keng tarqalgan din xristianlikdir. Xristianlik dini uch mazxabga (katolik, protestenat va pravoslav) boʼlinadi. U Yevropa, Аfrika va Аvstraliyada yoyilgan boʼlib 1 mlrd. ortiq kishi sigʼinadi. Ikkinchi oʼrin 800 mln.dan ortiq kishi sigʼinadigan islom dini (musulmon) 30 dan ortiq Yaqin va Oʼrta Sharq, Shimoliy Аfrikadagi davlatlarning rasmiy dinidir. Islom dini shuningdek, Bolqon yarim oroli, Ispaniya, Аfrika, Rossiya, Kavkaz orti davlatlari, Markaziy Osiyo, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan. Uchinchi dunyo dini buddizm boʼlib 250 mln.dan ortiq aholi sigʼinadi va Markaziy Osiyo (Moʼgʼuliston, Rossiya (Sibir) va Sharqiy Osiyo xamda Janubiy Osiyo mamlakatlarida tarqalgan. Shuningdek, maxalliy dinlarga Xindistonda - induizm, Xitoyda konfusiylik, Yaponiyada - sintoizm kiradi. Dunyo va maxalliy dinlar zamonaviylashgan holda aholi anʼanalarida, urf-odatlarida, shaxsiy va turmush tarzida, oila munosbatlari xatto davlatlar xayotida xam muxim rol oʼynamokda. Diniy qarama-karshiliklar mamlakatlarda siyosiy keskinlikni kuchayishiga sabab boʼlib (Buyuk Britaniyada - Shimoliy Irlandiya - Olster) katolik va protestantlar oʼrtasida, Yaqin Sharkda (Palastin va Isroil oʼrtasidagi muammolar xamda jaxon siyosiy kartasidagi boshqa “qaynok xududlar”) oʼzining yechimini kutmoqda. Dinlar mamlakatlar va aholining ijtimoiy va iqtisodiy xayotida katta rol oʼynab aholining tabiiy koʼpayishiga, oila mustaxkamligiga, mamlakatlardagi ijtimoiy-siyosiy xayotning barqaror va beqaror boʼlishiga (Tojikiston) ishlab chiqarishning rivojlanishi va joylashishiga kuchli surʼatda taʼsir etadi. Download 20.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling