4- mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni
tashkil qilishda Xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanishning ahamiyati.
Reja:
1. Xalq pedagogikasini o‘rganishning asosiy manbalari.
2.
Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar, Xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlari.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Davlat o‘quv dasturiga muvofiq Xalq
pedagogikasi manbalaridan foydalanishda rejalashtirishning ahamiyati.
Tayanch so‘z va iboralar: xalq og‘zaki ijodi,
urf-odatlar, an’analar,
marosim, amaliy san’at va hunarmandchilik, milliy musiqa, milliy o‘yinlar,
diniy ta’limot, Davlat o‘quv dasturi, rejalashtirish.
1. Xalq pedagogikasini o‘rganishning asosiy manbalari.
Etnopedagogika fanining asoschilaridan biri G.N.Volkovning quyidagi ta’rifi
xalq pedagogikasi manbalari haqida yorqin tasavvur uyg‘onishiga yordam beradi:
«Xalq pedagogikasi - xalq og‘zaki ijodida,
urf-odatlarida,
marosimlarda,
bolalar
o‘yinlari va o‘yinchoqlarida va hokazolarda saqlanib qolgan pedagogik ma’lumotlar
va tarbiya tajribasining majmuasidir».
1
O‘zbek xalq pedagogikasi o‘z tarbiya borasidagi
tajribalarini quyidagi
manbalarda aks ettiradi:
1.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi (folklori).
2.
Milliy urf-odatlar, an’analar va marosimlar.
3.
Xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlari.
4.
Diniy ta’limotlar.
5.
Xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi.
6.
Milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati.
7.
Tasviriy san’at.
8.
Tarixiy yodgorliklar va milliy me’morchilik.
9.
Xalq raqs san’ati (xoreografiyasi).
10.
O‘rta Osiyo va o‘zbek xalqi mutafakkirlarining asarlari
1
Полков Г.Н. Этнопедагогика.- T.: Фан, 2000.