4- mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda Xalq pedagogikasi manbalaridan foydalanishning ahamiyati. Reja


Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008 -82-бет


Download 385.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.01.2023
Hajmi385.73 Kb.
#1116944
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4- mavzu Xalq pedagogikasi

2
Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. Т.: Маънавият, 2008 -82-бет. 


insonning fe’l-atvori, odobining ko‘zgusi ekanligi ta’kidlangan. «Alpomish» 
dostonida chiltonlar Alpomishga shunday maslahat berishadi: 
Xudoyim beribdi insonga kalom, 
Bemavrid ish qilib topmagin alam, 
Yaxshi ham, yomon ham shundan bilinar, 
Kim bo‘lsa oldidan o‘tma besalom. 
Birgina salomlashish va hol-ahvol so‘rash odobi va odati orqali xalqimizga xos 
bo‘lgan insonni sevish va ardoqlash hissining ustunligini ko‘rishimiz mumkin. 
Darhaqiqat, xalq pandnomasi farzandning tug‘ilishidan boshlab oila, birinchi 
navbatda, ota-ona bajarishi lozim bo‘lgan hayotiy va xalqchil odatlar, udumlar, 
rasm-rusumlar, an’analarga nihoyatda boy. Bolaning ilk bor sochini va timog‘ini 
olish, tishi chiqishi, atak-chechak bo‘lishi, birinchi so‘zni aytishi, o‘tirishga 
o‘rganishi, birinchi qadam bosishi, kiyim kiya boshlashi, o‘simliklar va hayvonot 
olami bilan birinchi tanishishi, tarbiyachi qo‘liga berish, maktabga ilk qadam 
qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab axloqiy tarbiya, xulq-odobga oid udumlar, odatlar, 
rasm-rusumlar shular jumlasidandir. Masalan, bolani beshikka belashdan oldin, 
beshik atrofidan, tagidan non, qoshiq, pichoq o‘tkazilgan. Bu shu xonadon ma’mur 
va to‘q bo‘lsin, pichog‘i moy ustida, qoshig‘i kosada tursin, shu bilan birga xonadon 
farzandlarga to‘lsin degan ramziy ma’noni anglatgan, onaga juft nonni tishlatish esa 
ona va bolaning rizqli-nasibali bo‘lishini bildirgan. Ma’lumki, o‘zbeklarda non 
azaldan qadrlanib, e’zozlanib kelinadi, nonga ehtirom bolalarga yoshlikdan 
o‘rgatiladi. Ularga nonning ushog‘ini yerdan yig‘ib olish, oyoq osti qilmaslik 
zarurligi uqtiriladi. Xalqimizga xos bo‘lgan non bilan bog‘liq quyidagi urf-odatlar 
ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi: 
• 
Dasturxon boshida nonni oila boshlig
1
i ushatadi. 
• 
Endigina atak-chechak yura boshlagan go‘dakning oyoqlari orasi- dan 
«yurgan yo‘lidan rizq-nasibasi unsin», deb non dumalatiladi. 
• 
Mehmonga borayotgan odam albatta, hech bo‘lmaganda ikkita nonni 
qo‘ltig‘iga qistirib, yo‘l oladi. Mezbonning uyida ham dasturxon- ga eng avvalo
non qo‘yiladi. Qaytishda ham mehmon qo‘liga albatta, bir juft non tutqaziladi. 
• 
Azaldan chaqaloq beshikka belanayotganda «boshi omon bo‘lsin, nondek 
aziz bo‘lsin», deb boshi ostiga bir burda non qo‘yiladi. 
• 
Beshikka belangan bolaning onasiga yog‘ surtilgan non tishlatiladi. 
Bolalardan biri shu nonni olib qochadi. Ortidan boshqa bolalar quvib yetishadi va 
«o‘lja»ni o‘rtada baham ko‘rishadi. 
• 
Uzoq safarga, jangu jadallarga ketayotgan yigitlarga oy borib, omon qaytsin 
degan maqsadda albatta bitta nonni tishlatib, devorga osib qo‘yishgan. 
• 
Og‘ir jinoyatlarda gumon qilingan kimsalarga o‘z aybsizligini isbotlash 
uchun «Gapim yolg‘on bo‘lsa, non ursin», - deb non bilan qasam ichirilgan. 
• 
Vaqti bemahalda, qorong‘ida yo‘lga chiqqan yo‘lovchi «non hamroh boftsin, 
yomon ko‘zdan, ins-jinsdan asrasin», - deya doimo yonida non olib yurgan. 
• 
«Nondek aziz bo‘lgin»,- deb momolarimiz duo qilishadi. 


Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim an’anaviy tartiblardan biri - 
ustozlarning shogirdlarga fotiha berish marosimidir. Bu marosim barcha kasblarda 
deyarli bir xil o‘tgan. Shogirdlikka, odatda bolani yoshlikdan (8-10, ayrim paytlarda 
6-7 yoshlarda) ota-onasi muayyan ustaga topshirib: «Go‘shti sizniki, suyagi 
bizniki», degan ibora bilan, ya’ni butun taqdiri ustoz qo‘lida, nima qilsa ixtiyori 
o‘zida, deb qoldiradi. Yigit kasbini o‘rganib, o‘zi mustaqil ravishda mahsulot 
tayyorlash darajasiga yetganda ota-onasi (yetim bo‘lsa, ustaning o‘zi) fotiha 
ziyofatini o‘tkazish shart bo‘lgan. Masalan, etikdo‘z yoki mahsido‘z shogird 
ustalikni to‘liq egallab olganligini isbotlash uchun bir juft poyabzalni tikib bozorga 
chiqaradi. Bozorda etikdo‘zlar kalantari (oqsoqoli) uning mahsulotini tekshiradi, 
yaxshi, bozorbop bo‘lsa, fotiha olishga ruxsat beradi, aks holda haydab yuboradi. 
Fotiha berish marosimiga katta ustalar kalantar boshchiligida taklif qilinadi. 
Ziyofatga kasb rahbarlari bilan domla ham chaqiriladi. Gap - gashtak tarzida 
o‘tkaziladigan o‘tirishlarda dasturxonga shirinliklar, meva-chevalar qo‘yiladi, issiq 
ovqatlar tortiladi. Key in kalantar yangi sarpolar kiygan shogirdni davraga chaqirib, 
ustasiga va shogirdiga shunday murojaat qiladi: «Usta, siz shogirdingizni boqdingiz, 
kiyintir- dingiz, non, tuz va pul berdingiz, shunga rozimisiz?» «Roziman!» - deb 
javob beradi usta. Keyin shogirddan so‘raydi: «Ustaga xizmat qilding, xizmatingga 
rozimisan?» «Roziman!» Shundan keyin usta-shogird o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tadi. 
Shogird ustasiga qarab: «Ko‘p xizmatingizni qildim, ko‘p tuzingizni yedim, usta 
rozi bo‘ling!» Usta unga javoban: «Urdik, so‘kdik, koyidik, sen ham rozi bo‘l», - 
deydi. Ba’zan ayrim ustalar imtihonga o‘xshash savol-javoblar o‘tkazgan. Marosim 
yakunida shogirdga ustalikka fotiha beriladi, shogird o‘z ustasiga, kalantarga, 
imkoniyati bo‘lsa hurmatli katta ustalarga ham sarpo kiygizadi. Ayrim kasblarda 
usta o‘z shogirdlariga ba’zi ish qurollarini hadya qiladi.

Download 385.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling