Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet164/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

21.5. Yo‘l jamg‘armasi

O‘zbekiston Respublikasi geografik joylashuviga muvofiq, okean va dengiz bandargohlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun kamida ikkita mustaqil mamlakatning davlat chegarasini bosib o‘tishi lozim. Bunday holat, o‘z navbatida, dengiz transportini tashkil etish va undan foydalanishga imkoniyat bermaydi, albatta. Bu narsa bizda havo yo‘li tarnsporti, temir yo‘l tarnsporti, quvur transporti va eng asosiysi avtomobil yo‘l transportini boshqa davlatlardagi (Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh va bir qator Fors hamda Arab mamlakatlari)ga qaraganda jadal va tez rivojlantirishni obyektiv zarurat qilib qo‘yadi. Ushbuni teran his etgan mamlakatimiz rahbariyati mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarni qurish, qayta ta’mirlash, rekonstruksiya qilish chora-tadbirlariga katta ahamiyat berib kelmoqda.


O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida tranzit transport tashuvlari chorrahasida joylashuvi bevosita avtomobil yo‘llarini muttasil yangilanishini va davr talabiga mos rivojlanishini talab etgan.
Mamlakatimizda Respublika yo‘l jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq 1993-yilda tashkil etilgan. Jamg‘arma umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirishga safarbar etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21- avgustdagi 361-son Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-sonli qaroriga ko‘ra Respublika yo‘l jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksiga bo‘ysundirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul qilingan PQ-4086 son Qaroriga ko‘ra 2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo‘llari davlat Qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o‘tkazildi. Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qurilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil yo‘llaridan foydalanish va saqlash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan foydalanish korxonalari, yo‘llardan muntazam foydalanish korxonalari, ko‘priklardan foydalanish korxonalari, Respublika yo‘l jamg‘armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasini saqlash funksiyalarini Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi hamda boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini 9 birlikdan iborat etib belgilagan holda Respublika yo‘l jamg‘armasini yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ijrochi organ sifatida belgilandi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga 2019-yil 1-yanvardan keyin tushadigan majburiy ajratmalar summasi to‘liq miqdorda Pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan bo‘ldi hamda ushbu to‘lovlar bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar Pensiya jamg‘armasidan to‘lanilishi belgilandi. Respublika yo‘l jamg‘armasining (xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus hisobraqamidan tashqari) 2018-yil yakuni bo‘yicha qoldiq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o‘tkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi respublika
        1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg‘arma mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;


        2. Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.


        3. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Jamg‘armaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.





Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling