Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Download 1.86 Mb.
bet167/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Jamg‘armaning asosiy vazifalari:
        1. davlatning Jamg‘armaga yo‘naltiriladigan moliyaviy mablag‘larini jamlash;


        2. iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan g‘oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;


        3. strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarni, birinchi navbatda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;


        4. yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnik jihatdan qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish sur’at va hajmlarini oshirishga yo‘naltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini ta’minlash;


        5. yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga mo‘ljallangan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va uskunalarni sotib olishga mablag‘larni maqsadli yo‘naltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish.


        6. birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini shakllantirish bo‘yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini moliyalashtirish;


        7. kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu jumladan keyinchalik Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplash yo‘li bilan moliyalashtirish;


        8. respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmog‘iga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yo‘laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo‘l bilan chiqishni ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni


moliyalashtirish;


        1. davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lashni moliyalashtirish;


        2. xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qo‘shma moliyalashtirilishini tashkil etishni ta’minlash.


Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Jamg‘arma quyidagi funksiyalarni bajaradi:


        1. navbatdagi yil uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy va pulkredit ko‘rsatkichlari, Davlat byudjeti hamda Davlat investitsiya dasturining asosiy parametrlari bilan bog‘liq holda Jamg‘arma mablag‘larining kelib tushish va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengashga taqdim etadi;


        2. kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini tuziladigan shartnomalar asosida kreditlaydi;


        3. davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin


521
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — boquvchi o‘rtacha oylik ish haqining 0,5 foiziga oshiriladi.


Har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin etimlarga) tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha pensiyalarini oshirish eng kam oylik ish haqining o‘n baravari miqdori doirasida har ikkala ota-onaning ish haqi umumiy miqdoridan amalga oshiriladi. Bunda har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin etimlarga) tayinlanadigan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi, ya’ni pensiya tayinlash va talab etiladigandan ortiq staj uchun pensiyani oshirish har ikkala otaonaning umumiy ish staji miqdori bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdori har ikkala ota-onaning umumiy ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi miqdoridan ko‘p bo‘lsa, u holda, chin yetim maqomini saqlab qolgan holda, murojaat etganning xohishi bo‘yicha ota-onadan birining ish staji va ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblangan pensiyaning eng ko‘p miqdori tayinlanadi.
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash va pensionerlarning farovonligini qo‘shimcha mablag‘lar bilan ta’minlash maqsadida 2004-yil 2-dekabr kuni “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Bu qonunga binoan quyidagilar belgilangan:
        1. 2005-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimiga qo‘shimcha ravishda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi joriy etildi;


        2. 2005-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqami fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi;


        3. fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya hisob raqamiga majburiy har oylik badallar jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘i summasidan tegishli ravishda chiqarib tashlangan holda xodimning hisoblangan ish haqi (daromad)ning 2018-yilda ikki (2019-yilning 1-yanvaridan boshlab 0,1) foizi miqdorida o‘tkaziladi;


544


Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling