Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


-BOB. IJTIMOIY TA’MINOT 22.1. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va prinsiplari


Download 1.86 Mb.
bet168/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

22-BOB. IJTIMOIY TA’MINOT



22.1. Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va prinsiplari

Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo‘yicha, kasal, nogiron yoki boquvchisini yo‘qotganda, bolalarni tarbiyalash uchun va qonunda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda har bir kishining ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jarayonida fuqarolarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun milliy daromadning bir qismi hisobidan pul mablag‘larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana shunday keng ma’noda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va ta’minotni tashkil etishga bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyat barcha a’zolarining tegishli tarzda ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi.


Pulli pensiya va nafaqa to‘lovlari ijtimoiy ta’minot bo‘yicha xarajatlarning asosiy ko‘rinishlari hisoblanadi.
Pensiya – bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va boquvchisining yo‘qotilganligi munosabati bilan (bog‘liq ravishda) fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun ma’lum pul summalarining davrma-davr to‘lanmalaridan iborat. Pensiyaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
        1. Yoshga doir (qarilik) pensiya(si) (ba’zi xorijiy davlatlarda qarilik pensiyasi deyiladi, bizning qonunchiligimizda yoshga doir pensiya deyilgan);


        2. nogironlik pensiyasi;


        3. xizmat qilgan yillari uchun pensiya (qonunchiligimizda uch xil pensiya tizimi qayd etilgan, bu holat pensiyaga ustamalar sifatida yoki muddatidan oldin pensiyaga chiqish bo‘yicha imtiyozli pensiyaga chiqish ro‘yxatlari bo‘yicha keltirilgan kasb egalarini pensiyasi sifatida qayd etiladi, xorijda bunday nomdagi pensiyalar mavjud, bizda bu pensiyalarimizning tarkibida yuritiladi);


        4. boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya.


        5. Fuqarolarning ayrim toifalari uchun ijtimoiy pensiyalar deb ataladigan pensiyalar ham to‘lanadi (bizda bu ko‘proq ijtimoiy nafaqalar deb yuritilmoqda, ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda bundan nomlanadigan pensiyalar mavjud).


Yuqoridagilarni hisobga olib, ularni quyidagicha ham ifodalash ham mumkin:


        1. Yoshga doir (qarilik) pensiya(si);


        2. nogironlik pensiyasi;


        3. boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya.


Ba’zi mamlakatlarda pensiyalarning xizmat qilgan yillari uchun pensiyalar va ijtimoiy pensiyalar ko‘rinishlari ham mavjud. Bizning mamlakatimizda xizmat qilgan yillar uchun pensiyalar qonunchiligimizda qayd etilgan pensiyalarning tarkibiy qismi hisoblanadi, ijtimoiy pensiyalar tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar ko‘rinishiga ega va ushbu nafaqalar bugungi kunda davlat byudjeti hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.


Nafaqalarning quyidagi asosiy ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin:
        1. vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganligi uchun;


        2. homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha;


        3. farzand tug‘ilganda;


        4. bola parvarishi bo‘yicha;


        5. muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga;


        6. ishsizlik bo‘yicha;


        7. ta’ziya holatlari bo‘yicha.


Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi shakllari ham amal qiladi:


        1. kasbiy-texnikaviy o‘qitish;


        2. ishsizlarni qayta o‘qitish;


        3. nogironlarni qayta o‘qitish va ishga joylash;


        4. qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga qobiliyatsizlarni tekinga saqlash;


        5. nogironlarni protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va atomobillar bilan ta’minlash;


        6. uyga yordamning ko‘p ko‘rinishlarini tashkil qilish va boshqalar.


Ijtimoiy ta’minot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to‘liq yo‘qotgan shaxs xususida davlat va jamiyat g‘amxo‘rligi, insonparvarlikning namoyon bo‘lish shaklidir. Mehnat faoliyatining to‘xtatilishi munosabati bilan insonning moddiy ahvoli yomonlashganda, o‘z mehnat qobiliyati yo‘qotilganligi inson ongiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bir paytda ijtimoiy nogironlik pensiyasi tayinlanishi uchun zarur ish stajiga ega bo‘lgan bo‘lsa, umumiy kasallik yoki ish bilan bog‘liq bo‘lmagan mayiblanish oqibatida vafot etgan boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanadi.


Boshqa mamlakatlardan ko‘chib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oilalariga, basharti, boquvchi O‘zbekiston Respublikasida ishlamagan bo‘lsa, pensiyalar quyidagi hollarda tayinlanadi:
        1. boshqa mamlakatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olgan oilalarga – boquvchisining ish stajidan qat’iy nazar;


        2. pensiya olmagan oilalarga – basharti, boquvchi ishlash to‘xtatilgan kunga qadar tegishli stajga ega bo‘lgan bo‘lsa, mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan taqdirda esa – boquvchining ish stajidan qat’iy nazar.


Umumiy kasallik oqibatida vafot etgan hamda nogironlik pensiyasini tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolariga pensiya boquvchining bor stajiga mutanosib ravishdagi miqdorda tayinlanadi.


Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan pensiya pensioner yangi nikohdan o‘tganida ham saqlanib qoladi. Oilaning pensiya olish huquqiga ega bo‘lgan barcha a’zolariga bitta umumiy pensiya tayinlanadi. Oila a’zosining talabi bilan uning pensiyadagi ulushi ajratilib, alohida to‘lanadi. Pensiyadan ulush ajratib berish pensiyani bo‘lish to‘g‘risida ariza tushgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz a’zosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida, har ikkala ota-onasini yo‘qotgan bolalarga (chin etimlarga) boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolg‘iz onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda pensiyaning tayanch miqdori belgilanadi.
Pensiya miqdorini hisoblash tartibi yoshga doir pensiyalarni hisoblash tartibi bilan bir hil.
543
        1. bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 16 yoshdan katta bo‘lsa ham 16 yoshga to‘lmasdan nogiron bo‘lib qolgan bo‘lsalar. Bunda aka-ukalar, opasingillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa;


        2. ota, ona, o‘gay ota, o‘gay ona, xotin, er, basharti, ular umumbelgilangan pensiya yoshiga to‘lgan yoki nogiron bo‘lsalar;


        3. yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa;


        4. buva va buvi — agar qonunga muvofiq ularni boqishi shart bo‘lgan kishilar bo‘lmasa.


O‘quvchilar 18 yoshga to‘lgunga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga egadirlar. Boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga etmagan farzandlar, ular farzandlikka olinganlarida ham bu huquqni saqlab qoladilar. O‘gay o‘g‘il va o‘gay qiz, agar ular ota-onalaridan aliment olmagan bo‘lsalar, haqiqiy farzandlar singari pensiya olish huquqiga egadirlar. O‘gay ota va o‘gay ona, agar vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) 18 yoshga to‘lgunga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan yoki boqqan bo‘lsalar, haqiqiy ota va ona singari pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. Bedarak yo‘qolganlarning oilalariga ham, agar boquvchining bedarak yo‘qolganligi belgilangan tartibda tasdiqlangan bo‘lsa, vafot etganlar oilalariga taalluqli hamma qoidalari tegishli ravishda ushbu oilalarga ham joriy qilinadi.


Ko‘rsatib o‘tilgan oila a’zolari, agar ular marhumning to‘liq boquvida bo‘lgan yoki undan yordam olib turgan bo‘lsalar, bu yordam ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa, marhumning qaramog‘ida turgan deb hisoblanadilar. Marhumning biron turdagi pensiya olayotgan oila a’zolari, agar marhumning yordami ular uchun doimiy va asosiy kun kechirish mablag‘ining manbai hisoblangan bo‘lsa — boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasiga o‘tish huquqiga egadirlar.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinganlik oqibatida vafot etgan boquvchining oilasiga, shuningdek marhum pensionerning oilasiga pensiya boquvchining ish stajidan qat’iy nazar tayinlanadi. Boquvchi vafot etgan kunga qadar unga
542
ta’minot davlat va jamiyat tomonidan uning unutilmaganligini va o‘z holiga tashlab qo‘yilmaganligini ko‘rsatadi.
“Ijtimoiy ta’minot” kategoriyasining mazmuniga oid iqtisodchilar o‘rtasida yagona fikr mavjud emas. Mualliflarning ba’zi birlari “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng ma’noda talqin qilib, uning tarkibiga ona va bolani, fuqarolarni qarilik chog‘ida va mehnat qobiliyatini yo‘qotganda tekin ta’minlanishi, davolash va tibbiy xizmatlarning tekinligi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar majmuining barchasini kiritadilar. Boshqa bir toifadagi mualliflar “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug‘urta”ni yagona tartibdagi iqtisodiy kategoriyalar sifatida ko‘rib chiqadilar. Uchinchi guruh mualliflari “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini tor ma’noda tasavvur qilib, ijtimoiy sug‘urta bilan qamrab olinmaydigan ta’minotning turlarinigina uning tarkibidan iborat deb hisoblaydilar. Va nihoyat, to‘rtinchi guruhga kiruvchi mualliflar ham mavjudki, ularning fikricha, mehnatga qobiliyatsizlikni ta’minlashning turli shakllari va ko‘rinishlari, shu jumladan, ijtimoiy sug‘urtani ham qamrab oluvchi yagona “ijtimoiy ta’minot” tushunchasi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning mehnat qilish, dam olish, sog‘ligini muhofaza qilish huquqlariga, qariganda, kasal bo‘lganda, mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki to‘liq yo‘qotganda va boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot, uy-joyga egalik qilish,ma’lumot olish, madaniyat yutuqlaridan foydalarish huquqlariga, davlat va jamoatchilik ishlarini boshqarish huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi. Shu munosabat bilan va “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng talqin qilish pozitsiyasidan nafaqat tekin tibbiy xizmat ko‘rsatish va davolash, balki Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan tekin bilim olish, madaniyat yutuqlaridan foydalanish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan bahramand bo‘lish kabilarni ham uning tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Chunki bu huquqlarning har biri fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutib, Konstitutsiyada ko‘zda tutilgan tegishli tadbirlar va mablag‘lar bilan ta’minlanadi. Masalan, qarilik chog‘ida, kasallik paytida va mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, shuningdek‚ boquvchisidan mahrum bo‘lgandagi moddiy jihatdan ta’minlanish huquqi ijtimoiy ta’minotning turli shakllari orqali amalga oshiriladi. Sog‘liqni muhofaza qilish huquqini ta’minlash, ya’ni tekin tibbiy xizmat ko‘rsatish va davolanish bo‘yicha maxsus shakllar ko‘zda tutilgan. Boshqacha qilib aytganda, fuqarolarning turli ehtiyojlari ularni qondirishning o‘ziga xos bo‘lgan o‘z shakllariga egadir. Shularga muvofiq ravishda pul mablag‘lari fondlari ham shakllantiriladi. Bulardan ko‘rinib turibdiki, “ijtimoiy ta’minot” tushunchasini bundan ham kengroq tarzda talqin qilish o‘zining yyetarli darajadagi asosiga ega emas.
Bir vaqtning o‘zida, “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug‘urta”ni parallel ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy kategoriyalar sifatida talqin qiladigan, ijtimoiy ta’minotga davlat byudjetining to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma (transfert)lari hisobidan amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug‘urtaga esa faqat ijtimoiy sug‘urta fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi, deb hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin emas.
Ijtimoiy ta’minotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazma (transfert)lar hisobidan Davlat byudjetidan, Pensiya jamg‘armasidan va ijtimoiy sug‘urta fondidan qilinadigan xarajatlarning yo‘nalishlarida prinsipial xarakterdagi farqlar yo‘q. Bir vaqtning o‘zida ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet ajratmalari, ham Pensiya jamg‘armasi va Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari hisobidan qarilik (yoshga doir), nogironlik, ishlagan yillari uchun, boquvchisini yo‘qotgandagi pensiyalar, farzand tug‘ilganda, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanishi mumkin. Bu yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning kontingentiga nisbatan bo‘ladi, xolos. Pensiya va Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armalari mablag‘laridan ishchi va xizmatchilar, ilmiy xodimlar, bevosita byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bojxona organlari va boshqa bir necha toifadagi boshliqlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar ta’minlanadi.
Shuning uchun ham ijtimoiy sug‘urtani ijtimoiy ta’minotga bog‘liq bo‘lmagan holda parallel ravishda mavjud bo‘lgan, mustaqil kategoriya deb hisoblashga asos mavjud emas. Aksincha, ijtimoiy sug‘urta yaxlit butunning bir qismi sifatida ijtimoiy ta’minotga tegishli bo‘lib, uning shakllaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda ayrim iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to‘lovlarini birga qo‘shgan holda) shakllantirishning manbaini qo‘shimcha mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy iste’mol fondlarini zaruriy mahsulot bilan bog‘laydi.
foizidan kam bo‘lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy miqdorlari belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi fuqarolarning yoshiga doir pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash uchun talab qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to‘liq yili uchun nogironlik pensiyalarning bazaviy miqdorlari I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo‘yicha pensiya tayinlangan kunda qonunchilikda nazarda tutilgan ish staji mavjud bo‘lganda oshiriladi.
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo‘lmagan umumiy kasallik oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib miqdorda tayinlanadi va uning miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan hamda II guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr mobaynida o‘rnatiladi.

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling