Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan


Boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya


Download 1.86 Mb.
bet169/272
Sana15.09.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1678657
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   272
Bog'liq
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org

Boquvchisini yo‘qotganligi uchun pensiya vafot etgan shaxsning qaramog‘ida bo‘lgan va uning mehnatga layoqatsiz oila a’zolariga tayinlanadi.
Vafot etgan boquvchining qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolari boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi olish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda farzandlarga va yoshidan va mehnat qobiliyatidan qat’iy nazar, ota va onadan biri yoki er (xotin) yoxud buva, buvi, aka-uka yoki opa-singil, agar u vafot etgan boquvchining bolalari, aka-ukalari, opa-singillari yoki nabiralarini, ishlovchilarga bolaga qarash uchun ish haqi saqlanmagan ta’tilda bo‘lish huquqini beradigan yoshga to‘lgunga qadar boqish bilan mashg‘ul bo‘lsa va ishlamasa pensiya ular boquvchining qaramog‘ida turganturmaganidan qat’iy nazar tayinlanadi. Marhumning qaramog‘ida turmagan ota-onasi va eri (xotini) ham, keyinchalik kun kechirish uchun zarur mablag‘ manbaidan mahrum bo‘lib qolsalar, pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Quyidagilar oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari hisoblanadilar:
541
qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoniga muvofiq eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov qo‘shib hisoblanadi.
Nogironlik bo‘yicha pensiya mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatda yo‘qotilganda tayinlanadi. Bu pensiyaning miqdori mehnat qobiliyatining yo‘qotilish darajasiga (nogironlik guruhiga), nogironlik sabablariga, mehnat staji va ish haqining darajasiga bog‘liq.
Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi (2011-yil 1- yanvardan keyin nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan, takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi tayinlanmaydi va to‘lanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslardan tashqari. Istiqbolda mamlakatimizda III guruh nogironlari uchun ham nogironlik pensiyalarini tayinlash rejalashtirilmoqda). Sog‘lig‘ini yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek‚ nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to‘g‘risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’iy nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar qonunchilikda belgilangan ish stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga to‘lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to‘xtatilganidan keyin nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’iy nazar tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga o‘tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100
540
Turli ijtimoiy ta’minot fondlari va ulardan to‘lanmalarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularning ba’zilarining manbai zarur mahsulot bo‘lsa, boshqalariniki esa qo‘shimcha mahsulotdir. Masalan, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgandagi nafaqa to‘lanmalari, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar, nogironlarni o‘qitish va ishga joylashtirish xarajatlari, ishsizlarni qayta o‘qitish xarajatlarining manbai bo‘lib zarur mahsulot hisoblanadi. Bu to‘lanmalarning yo‘nalishi vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotgan paytda yoki ishsizlik davrida xodimga zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni berish bilan belgilanadi. Bu to‘lanmalar ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Pensiya to‘lanmalariga nisbatan vaziyat (holat) boshqacha. Bu to‘lanmalar mehnatga qobiliyatsizlarga to‘lanmalardir. Mehnat faoliyati boshlangunga qadar mamlakatning har bir yosh avlodi ham zaruriy mahsulot (ota-onalarning mehnat haqi to‘lovlari shaklida) va ham qo‘shimcha mahsulot (ijtimoiy iste’mol fondlaridan xizmatlar va imtiyozlar shaklida) hisobidan saqlanadi. Mehnat faoliyati boshlanganidan to pensiyaga chiqqunga qadar (35-40 yil ichida) bu avlod oshib boruvchi hajmlarda ijtimoiy mahsulotni (zaruriy va qo‘shimcha) yaratadi. Jamg‘armaga yo‘naltirilgan qo‘shimcha mahsulotning qismi ancha oshadi. Buning natijasida milliy boylikning hajmi tez o‘sadi. Demak, ko‘rinib turibdiki, har bir yangi avlod o‘zining navbatdagi avlodiga o‘zining oldingi ajdodlaridan olgan milliy boylikka nisbatan kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi. Ana shu asosda har bir yangi avlod o‘z mehnati bilan yalpi mahsulotni ishlab chiqarishni oshiradi. Bunda moddiy boylik ishlab chiqarish sohasi xodimlarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga foydalaniladigan zaruriy mahsulotning ham hajmi va ishlab chiqarishni rivojlantirishga hamda ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishga, shu jumladan, jamiyatning mehnatga qobiliyatsiz a’zolarini ta’minlashga yo‘naltirilayotgan qo‘shimcha mahsulotning hajmi ham o‘sadi.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda pensiya to‘lanmalari ko‘p yillar davomida, asosan, mehnatkashlarning ish haqlaridan ajratmalar yordamida shakllantiriladigan pensiya jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu yerda pensiya jamg‘armalari zaruriy mahsulotning rezervlashtirilgan qismidan iborat bo‘lib, uni xodim qarilik yoki nogironlik bo‘yicha pensiyaga chiqqandan so‘ng, ola boshlaydi.
Mamlakatimizda qariganda, kasalligida, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda moddiy ta’minlash huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq ijtimoiy ta’minotning turli shakllari bilan kafolatlangan. Mehnatkashlar o‘zlarining ish haqlaridan 0,1% (2019-yil 1- yanvaridan boshlab) miqdorida o‘zlarining kelgusi jamg‘ariladigan pensiyalariga ajratmalarni o‘tkazadilar (2019-yil 1-yanvardan boshlab 2018-yilda mehnatkashlarning ish haqlaridan ushlab qolinadigan 8% yagona ijtimoiy sug‘urta fondiga, ya’ni Pensiya jamg‘armasiga o‘tkaziladigan majburiy ajratma bekor qilindi). Kelgusi davrning pensionerlari uchun pensiya jamg‘armasi davlat mablag‘lari hisobidan ham oldindan shakllantirilmaydi. Mehnatga qobiliyatsizlarni ta’minlash uchun fondlar YaIM va MDni taqsimlash jarayonida har yili ajratiladi va ulardan foydalaniladi.
Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo‘shimcha mahsulotni yaratmaganligi va ularning mehnat faoliyati davrlarida pensiya jamg‘armasi ular uchun shakllantirilganligi tufayli har yili shakllantirilishi lozim bo‘lgan pensiya jamg‘armalarining manbai ishlayotgan avlodning qo‘shimcha mehnati evaziga yaratilgan YaIM va MD qismi, ya’ni qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning o‘ziga xos bo‘lgan muhim xususiyati uni vujudga keltirishning (yaratishning, qurishning, tuzishning) prinsiplaridir. Ular quyidagilardan iborat:

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling