Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan
Download 1.86 Mb.
|
Aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta-fayllar.org
16.4. Davlat byudjeti defitsiti68 va uni moliyalashtirish
Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat byudjetining sog‘lom (normal) faoliyat ko‘rsatishi unga tegishli bo‘lgan daromadlar va xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqiqatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti shu miqdordagi daromadlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda bu xarajatlarni to‘la amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari miqdorlarining o‘zaro tengligi davlat byudjetining muvozanatlashtirilganligidan (balanslashtirilganligidan) dalolat beradi. Amaliyotda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari hajmlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda davlat byudjetiningdaromadlari uning xarajatlaridan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bunday davlat byudjeti profitsitli davlat byudjeti deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa davlat byudjetining xarajatlari uning daromadlaridan ko‘proq bo‘ladi. Shunga muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daromadlaridan ko‘p bo‘lishi davlat byudjeti defitsiti deyiladi. Boshqa hollar teng bo‘lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital qo‘yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi; favqulodda hodisalar yuz berishi; iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning yemirilishi; moliya-kredit tizimlarining yyetarli darajada samarali emasligi; hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni yyetarli darajada nazorat qilolmasligi; ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi; tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi; davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)ning oqilona emasligi; mamlakat miqyosida mavjud bo‘lmagan mablag‘lar hisobidan yashashga intilish; harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi; real ichki imkoniyatni yyetarli darajada hisobga olmagan holda boshqa mamlakatlarga yordam berilishi; davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishga rag‘batlantiruvchi sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va yyetarli darajada samarali bo‘lmagan davlat byudjeti mexanizmining mavjudligi; boshqa sabablar. Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan strategik yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishini taqozo etadi: davlat byudjeti defitsitining mavjudligini matematik yo‘l bilan hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i o‘rniga “kasalligi” kuchayadi; 361
Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ular, bir vaqtning o‘zida, talabning bozor mexanizmi orqali ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi yoki uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Soliqlarning miqdori (hajmi) mehnatga haq to‘lash darajasini aniqlashga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki ular soliq to‘lovlarining tarkibiga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab chiqarish quvvatlarini sotish yoki ulardan foydalanish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi nisbat ham soliqlarga bog‘liq. Soliqlar va ularning funksiyalari bazis munosabatlarini o‘zida aks ettiradi. Ulardan davlat soliq mexanizmini tashkil etadigan turli xildagi vositalar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq imtiyozlari va shunga o‘xshashlar) orqali soliq siyosatini yurgizishda foydalanadi. Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: soliq subyekti – qonun bo‘yicha soliqni to‘lovchi shaxs (yuridik yoki jismoniy); soliq obyekti – mavjudligi egasini soliqqa tortishga asos bo‘ladigan predmet (mol-mulk, yer va boshqalar); soliq manbai – hisobidan soliq to‘lanadigan daromad (ish haqi, foyda, foiz va boshqalar); soliqqa tortish birligi – soliq obyektini o‘lchash birligi (masalan, yer solig‘i bo‘yicha yerning bir gektari); soliq stavkasi – soliqqa tortish birligiga nisbatan o‘rnatilgan soliqning miqdori. Amaliyotda soliqlar regressiv, proportsional va progressiv stavkalar yordamida yig‘ib olinadi. Regressiv usulda (soliqlarni undirishning regressiv stavkasida) daromadning o‘sib borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlarning bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressiv usulda hisoblanadi. Proporsional soliqlarda (soliqlarni undirishning proporsional stavkasida) daromadning miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan holda ular bir xil stavkada undiriladi. Progressiv soliqlarda (soliqlarni undirishning progressiv stavkasida) esa 384
Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling