Talabalari uchun soliq va soliq
Download 145.94 Kb.
|
javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 1 .2 023 Savol l arga javob yozing Tala b an i ng F .I.Sh __ _
TALABALARI UCHUN SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH FANIDAN TOPSHIRIQ Topshiriqni topshirishni oxirgi muddati 17.11.2023 Savollarga javob yozing Talabaning F.I.Sh ________________________________________________ Soliqlar, yig‘imlarning mohiyati va turlari. Yig'im deganda byudjet tizimiga Soliq kodeksida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan majburiy to'lov tushuniladi, bu yig'imning to'lanishi uni to'lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo'ladi. Soliq bu – ushbu Kodeksda belgilangan, O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga yoki davlat maqsadli jamg'armasiga to'lanadigan majburiy beg'araz to'lovlardir. Ya'ni, Soliq kodeksi bo'yicha yig'im va soliq tushunchalarining farqi shundaki, yig'im ma'lum bir majburiy to'lov evaziga uni to'lovchiga muayyan huquqlarni, harakatlarni yoki ruxsat etuvchi hujjatlarni berishni nazarda tutsa, soliq esa aksincha, majburiy beg'araz to'lov hisoblanib, bunda soliqni to'lovchi shaxsga yig'im singari. 2.Soliq elementlarining mohiyati va ahamiyati. Soliq elementlarining tarkibi. Soliqqa tortish tizimining asosiy bo’g’ini hisoblangan soliq elementlari soliq solishda ifodalanadigan asosiy tushunchalar bo’lib, ular soliq to’lovchilar va davlat byudjeti o’rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon bo’ladi. Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni to’liq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham huddi shunday soliqqa oid iqtisodiy xodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushuncha hisoblanadi. Soliq elementlari tushunchasi soliq solish tizimining muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning o’zi ham kichik tizimni tashkil etadi, ya’ni soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holatdagi harakatini bildiradi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qo’yilgan taqdirdagina ushbu soliqlar belgilangan deb hisoblanadi. Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 1) soliq solish ob’ekti; 2) soliq bazasi; 3) soliq stavkasi; 4) soliq davri; 5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 7) soliqni to’lash tartibi. Download 145.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling